S. S. Ismailova lizing asoslari


Lizing operatsiyalarida tavakkalchiliklar


Download 0.56 Mb.
bet46/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

6.2. Lizing operatsiyalarida tavakkalchiliklar

Bozor qonunlaridan samarali foydalanish, bozor tizimida takomillashish, uning afzalliklaridan foydalanish uchun hozirgi paytda rasional faoliyatning o‘zigina yetarli emas, an’anaviy shakllarni yaxshilash va tahlil qilishning yangi





  1. www.irc.org/centralasia Международная Финансовая корпорация Проект по развитию лизинга в Центральной Азии

72
uslubiyatini ishlab chiqish, marketing rejasiga tavakkalchilik ulushini kamaytirish imkonini beruvchi zaxiralarni kiritish zarur.


Tavakkalchilik deganda odatda kompaniya o‘z resurslarining bir qismini yo‘qotishi, daromadlarni to‘liq olmasligi yoki xo‘jalik faoliyati davomida qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lishi nazarda tutiladi. Lizing sohasi jarayonlar dinamikasi va kapitallar aylanishi tezligining yuqoriligi, bozor kon’yunkturasi va tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga sezuvchanligining yuqoriligi bilan ajralib turadi, bu esa mazkur biznes sohasida tavakkalchilik darajasining yuqoriligiga asosiy sabablardan biri bo‘ladi. Lizing kompaniyalari o‘z faoliyati davomida duch keluvchi tavakkalchiliklar odatda hamma uchun bir xil bo‘ladi. U yoki bu tavakkalchilikka uchramaslik ehtimoli ham deyarli bir xil. Biroq tavakkalchilik holatlaridan chiqib ketish yo‘llari turli kompaniyalar uchun turlicha bo‘ladi. Lizing kompaniyalari o‘z faoliyati davomida duch keluvchi tavakkalchiliklarni ikki guruhga – ichki va tashqi tavakkalchiliklarga bo‘lish mumkin.




Tashqi tavakkalchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • siyosiy tavakkalchiliklar, ular siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, davlatning iqtisodiy siyosati o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi moliyaviy yo‘qotishlarni aks ettiradi;




  • huquqiy tavakkalchiliklar, qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar natijasida yuzaga keluvchi yo‘qotishlarni aks ettiradi;




  • makroiqtisodiy tavakkalchiliklar, iqtisodiyotda kutilayotgan ko‘tarilish va inqirozlar, bank sohasining rivojlanish darajasi, yalpi milliy mahsulot o‘sishining pasayishi va siyosat bilan bog‘liq xo‘jalik jarayonlarida yuzaga keladi;




  • soliq tavakkalchiliklari, soliq sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlaridagi noaniqlik va ziddiyatlar.

Yuqorida sanab o‘tilgan tavakkalchiliklarni boshqarish usullari – lizing oluvchi joylashgan mamlakatdagi siyosiy ahvol va soliq qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari tahlili, kutilayotgan tavakkalchiliklarga mutanosib ravishda tavakkalchilik mukofotlarini oshirish, investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha xalqaro kelishuvlardan iborat.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling