S. S. Ismailova lizing asoslari


Lizingning banklar tomonidan moliyalashtirilishi


Download 0.56 Mb.
bet45/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

6.1. Lizingning banklar tomonidan moliyalashtirilishi Banklarda lizing faoliyatiga katta qiziqish uyg‘onishini bir qator

afzalliklar asoslab beradi:


• mintaqada ta’sir ko‘rsatish sohasi va bajaruvchi operatsiyalar doirasini kengaytirish;


• tavakkalchilik mukofoti, lizing marjasining bir qismi hisobiga kapital kiritishning eng foydali sohasi;

• moddiy ishlab chiqarish sohasini investitsiyalash hisobiga ishonchlilikni oshirish;


• lizing operatsiyasini investitsiyalash uchun kredit berishda tavakkalchiliklarni minimallashtirish;
• lizing beruvchiga taqdim etiluvchi soliq imtiyozlari banklarga boshqa faoliyat turlaridan olinuvchi daromadlarni yashirish imkonini beradi.

Banklarning lizing biznesida ishtirok etishida ikkita asosiy usul qo‘llanadi:1


• bevosita usul, bunda bank o‘z tuzilmasida maxsus bo‘lim yoki mutaxassislar guruhini yaratish yo‘li bilan lizing beruvchi sifatida ishtirok etadi;


• bilvosita usul, bunda bank mustaqil lizing kompaniyasini ta’sis etadi va lizing beruvchining kreditori sifatida ishtirok etadi.

Banklar va lizing beruvchilarning o‘zaro kredit munosabatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Banklar kafolatlangan (mijozning to‘lov layoqatini aniqlagandan so‘ng har bir operatsiya uchun alohida beriladi va muddati bo‘yicha lizing shartnomasi muddati bilan mos tushadi) kreditlar va kafolatlanmagan (qarz oluvchiga beriluvchi oddiy bank kreditlarini ifodalovchi) kreditlarni taqdim etadilar. Lizing kompaniyalarining sezilarli kredit ehtiyojlarini qondirar ekan, banklar lizingning muayyan turlari rivojlanishi va miqyosiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda amal qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 1997 - yil 29 - martda 11-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan 327-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Qoidalar”) ham banklarning lizing operatsiyalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.




1 Лещенко М.И. Основы лизинга – М.: Финансы и статистика, 2001, 145б.

71
Bank va ijarachi o‘rtasida moliyaviy vositachining mavjudligi moliyalashtirishning lizing sxemasini bevosita kreditlashdan farqlanishiga sabab bo‘ladi, biroq umum qabul qilingan kreditlash amaliyoti bu yerda to‘laligicha saqlanadi. Bevosita bankdan qarz oluvchi – lizing firmasi – lizing oluvchi.


Mavjud tajribalarning ko‘rsatishicha, respublikamizda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan lizing kompaniyalarining asosiy qismi keyinchalik ularning kreditorlariga aylangan yirik banklar ishtirokida tuzilgan. Masalan, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi tomonidan tuzilgan “Baraka” universal lizing kompaniyasi birdaniga ikki vazifani: lizing operatsiyalarini moliyalashtirishning ishonchli manbasini shakllantirish va bir vaqtning o‘zida ularni sug‘urtalashni amalga oshirdi.


Lizing kompaniyalarini yaratish va ularning faoliyatida Malayziyaning “Malayan benking Berxad” banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xorijiy banklar ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy Banki ishtirokida ular bilan birgalikda “O‘zlizinginterneyshnl AJ” kompaniyasi tuzildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy Banki o‘z hamkorlari (xorijiy banklar va eksport-sug‘urta agentliklari) bilan birgalikda qiymati 350 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan lizing operatsiyalarini moliyalashtirishni amalga oshirishga erishdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy Bankidan tashqari lizing operatsiyalarini O‘zbekistonning 14 ta tijorat banklari amalga oshiradilar.


Umuman 2005 - yilda O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jami qiymati 20,9 mlrd. so‘m, ya’ni 2004 - yilga nisbatan 2 baravar ko‘p lizing loyihalari amalga oshirilgan.1 Bunda O‘zbekistonning tijorat banklari lizing loyihalarini bevosita moliyalashtirishdan tashqari, ta’sischi sifatida lizing kompaniyalarini ham moliyalashtirmoqda. Ular asosan milliy valyutada moliyalashtiradilar, lizing obyektlari esa respublikaning ichki bozorida xarid qilinadi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling