Bilet – 1, 8, 21 Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari
Download 45.42 Kb.
|
biznes rejalawtiriw
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Kichik biznesnining aholi bandligini taminlashdagi o’rni.
Bilet – 1, 8, 21 1.Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari. Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud. yakka tartibdagi tadbirkorlik; xususiy tadbirkorlik; – jamoa tadbirkorligi; – aralash tadbirkorlik. Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: – shaxsiy tadbirkorlik; – birgalikdagi tadbirkorlik. Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomo-nidan o`zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir. 2.Kichik biznesnining aholi bandligini taminlashdagi o’rni. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlaridan biri - bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O‘z navbatida u mazkur vazifani ikkita asosiy yo‘l orqali bajarishi mumkin: yangi ish o‘rinlarini barpo etish va vaqtincha bo‘sh bo‘lgan yoki ish bilan kisman band bo‘lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo‘shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatni saqlashga katta hissa qo‘shish mumkin. Ushbu jihatlarni ham alohida e’tirof etgan holda, Prezidentimiz «Ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishda, bugungi kunda biz uchun eng dolzarb masalalardan biri bo‘lmish aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda ayni shu sohani tez va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish eng asosiy omillardan biri ekanini hech unutmasligimiz darkor»1, deb ta’kidlab otganlar. Download 45.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling