Bilet – 1, 8, 21 Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Tavakkalchilik nima va biznesga ta`siri


Download 45.42 Kb.
bet14/17
Sana06.02.2023
Hajmi45.42 Kb.
#1171085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
biznes rejalawtiriw

3.Tavakkalchilik nima va biznesga ta`siri
tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin.
1.tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik;2.ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;3.mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik;4.tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;5.moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;
6.siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hususiyatdagi tavakkalchilik.
Tavakkalchilikni tug‘diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi birlari subyektning o‘z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi.
4.2020 yil yakunlariga ko`ra YaIMdagi kichik biznesning ulushi
2020- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko’ra, kichik biznesning respublika bo’yicha YaIMdagi ulushi 51,3 % ni tashkil etdi. Hududlarda kichik biznesning eng katta ulushi Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat umumiy hajmining 79,2 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (74,3 %) va Buxoro (73,4 %) viloyatlarida kuzatildi. Kichik biznesning eng kam ulushi Navoiy viloyati (23,0 %), Toshkent viloyati (48,7 %), Toshkent shahri (48,4%) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (49,4 %) qayd etildi. Ma'lumot uchun: 2020- yil 1- iyul holatiga ko’ra, respublikada faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (dehqon va fermer xo'jaliklaridan tashqari) soni 370,4 mingtani tashkil etdi. Ularning eng ko'p soni Toshkent shahrida (78,9 mingta), Toshkent (36,0 mingta), Farg'ona (31,2 mingta), Andijon (29,3 mingta) va Samarqand (29,0 mingta) viloyatlarida qayd etilgan.

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va bashoratlash

bozor munosabatlariga o’tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo’nalishdagi mutaxassislarga, ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo’lgan talablarning o’zgarishiga olib keldi. Gap bu erda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo’lishida emas, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini shakllantirish haqida ham boradi. Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda butun mamlakat miqyosida iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko’ra bilishdir. Bashorat qilish shuningdek, iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari, usullari va muddatlarini tanlash yoki muhokama qilishni ham anglatadi.
Bozor munosabatlariga o’tishda rejalashtirish deyarli esdan chiqib qolay dedi. Ayrim olim va mutaxassislar, ayniqsa, bozor va bozor munosabatlari tarafdorlari rejalashtirishni bozor mexanizmiga umuman to’g’ri kelmaydi va bozorning o’zi hamma narsani joy-joyiga qo’yadi deb hisoblaydilar. Yana boshqa bir motiv – iqtisodiyotni o’ta markazlashgan tarzda rejalashtirish va boshqarish natijasida sovet iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir.

Download 45.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling