Bilet – 1, 8, 21 Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Download 45.42 Kb.
bet15/17
Sana06.02.2023
Hajmi45.42 Kb.
#1171085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
biznes rejalawtiriw

6-13-19-26-bilet.
1.Kichik biznesning aholi bandligini ta`minlashdagi o‘rni
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo’jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolatidir.
2.Rejalashtirish va prognozlashning maqsadi, funksiyalari va vazifalari
Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsadli funktsiyasi bu- zarur hisob- kitoblar, bashorat va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini belgilashdir. To’g’ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan mikrofirma va kichik korxonalarga qaraganda ko’proq yirik korxonalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard natijaga erishi uchun yo’naltirilgan resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi.
Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko’rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko’rsatmalarni (korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi.
Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’langan bo’lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo’lsa, uchinchidan esa, ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste’mol talabiga ega bo’lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb hisoblash mumkin bo’ladi. Korxona rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo’lib, barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi

Download 45.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling