Bilet – 1, 8, 21 Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari
Biznes rejaning mohiyati va vazifasi
Download 45.42 Kb.
|
biznes rejalawtiriw
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Biznes rejani tayyorlash bosqichlari
3.Biznes rejaning mohiyati va vazifasi
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat-moliya rejalari, qurilish-moliya rejalari, transport-moliya rejalari tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib o’z o’rnini biznes-rejalarga bo’shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.Ko’pchilik, ayniqsa, amaliyotchilar ushbu hujjatni tayyorlashning nafaqat muhim, balki juda murakkab ekanligidan ham xabardorlar. «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznes-rejaga ega bo’lib, siz professionalga aylanasiz, o’z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo’ladi»1 deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqiqatdan ham, biznes-reja bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bo’layotgan biznesning yuragidir. 4.Biznes rejani tayyorlash bosqichlari Biznes-reja tuzilishi: 1) sarlavha sahifasi;2) izohlash;3) maxfiylik to'g'risidagi memorandum; Keyin uning asosiy bo'limlari. rezyume;2) tashkilot faoliyati tarixi (tarmoq tavsifi);3) tashkilotning biznes ob'ektining xususiyatlari;4) tashkilotning ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish;5) marketing rejasi;6) ishlab chiqarish rejasi 7) tashkiliy reja;8) moliyaviy reja;9) xavfni baholash va sug'urta qilish;10) arizalar. Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun yagona to‘g‘ri yo‘l yo‘qligiga alohida e’tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko‘rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), yo‘nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o‘z ishini endi boshlayotgan tadbirkorlik yoki mavjud korxona haqida borayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar gap barcha tashvishlar o‘z ishini boshlash va buning uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni tayyorlash bosqichlari bitta (umumiy) ko‘rinishga ega bo‘lishi, yangiliklar kiritish yoki bankrot yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo‘lsa boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. SHunday bo‘lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes konsepsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig o‘ziga xosligi tavsiflanuvchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo‘lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‘limlar mavjud bo‘ladi. Download 45.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling