3. Rejalashtirishdagi iqtisodiy tahlilning ahamiyat. Iqtisodiy tahlil sanoat korxonalarini boshqarish tizimida oraliq bosqichni egallaydi. Shu joyda boshqarish jarayonidagi asosiy uch bosqichni alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 1. Axborotlarni (ma’lumotlarni) to‘plash va tayyorlash. 2. Obyektning holatini iqtisodiy tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar kiritish. 3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Ko‘rinib turibdiki, qabul qilingan qarorlarning samarasi va sifati tahlilning o‘z vaqtida hamda tezkorlik bilan o‘tkazilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu yerda asosiy vazifa ana shu uch bosqichni bir-biri bilan uzviy ravishda uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarish va uning ustidan nazorat ishlarini olib borish uchun rahbarlar kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun korxonaning xo‘jalik faoliyati uzluksiz kuzatib boriladi. Kuzatish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanib, istalgan vaqtda foydalanish uchun ular o‘ziga xos maxsus tartibda, hisob tizimi usullari va shakllari bo‘yicha ro‘yxat qilib boriladi. Bu holat xo‘jalik hisobi tizimining asosiy mazmunini tashkil qiladi
4. Bozor iqtisodiyotining afzallik tomonlari. Bozor tizimining afzalligi bizning qilgan tahlillarimizdan ko'rinadi. Bu tahlillardan ikkitasi ayniqsa e'tiborga loyiq.1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltiradi. 2) Erkinlik bozor tizimi foydasi hisobiga muxim noiqtisodiy dalil bo'lib shu holat xizmat qiladiki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko'plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg'unlashtirish jamiyatni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo'llash; ikkinchisi — bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |