S. S. Ismailova lizing asoslari


Sug‘urta shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra muddatidan oldin bekor


Download 0.56 Mb.
bet49/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Sug‘urta shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:



  • mulkni muddatidan oldin sotib olish hollarida lizing shartnomasi muddatidan avval bekor qilingan holda shu vaqtdan boshlab. Bunda sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga muddati sug‘urta muddati tugamagan davr uchun sug‘urta badallarini 10 % miqdorida xarajatlarni chiqarib tashlagan holda qaytarib beradi.




  • bankrotlik holati tan olinishi natijasida sug‘urta puli talab qilingan paytdan lizing oluvchi bankrot deb e’lon qilinganishi sababli. Bunda lizing shartnomasi bo‘yicha sug‘urta himoyasi sug‘urtalanuvchi tomonidan ariza berilguncha va lizing oluvchining bankrotga uchrashi natijasida yetkazilgan barcha zararlarga nisbatan amal qilishi lozim.




  • lizingga berilgan mulk jismonan yo‘q bo‘lib ketganda(halokatga uchraganda).




  • sug‘urtalovchi yoki sug‘urtalanuvchining talabiga binoan. Bu holda tomonlar bir-birini sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati bekor qilishdan kamida 30 kun oldin xabardor qilishi lozim. Agar shartnoma sug‘urtalovchining talabiga asosan sug‘urtalanuvchining sug‘urta qoidalarini bajarmasligi sababli bekor qilinsa, sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga muddati sug‘urta muddati tugamagan davr uchun sug‘urta badallarini 10 % miqdorida xarajatlarni chiqarib tashlagan holda qaytarib beradi. Agar shartnoma sug‘urtalanuvchining talabiga asosan sug‘urtalovchining sug‘urta qoidalarini bajarmasligi sababli bekor qilinsa, u holda sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga barcha sug‘urta badallarini to‘laligicha qaytaradi.



Sug‘urta holati quyidagi vaziyatlarda o‘ringa ega bo‘ladi: navbatdagi lizing to‘lovlarini amalga oshirish olti oydan ortiq kechiksa; lizing oluvchi nochor(bankrot) deb e’lon qilinsa; lizing oluvchi sug‘urtalovchini to‘lov majburiyatlarini bajara olmasligi to‘g‘risida xabardor qilsa.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling