S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet30/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Likvidlik koeffitsiyenti tez sotiluvchi aktivlarning joriy majburiyatlarga (qarzlarga) nisbati sifatida hisoblanadi. Bu koeffitsiyent darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qarzdor shunchalik ishonchli bo‘ladi.


Balansni qoplash (to‘lov layoqati) koeffitsiyenti korxonaning o‘z majburiyatlari bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan barcha aktivlarni sotish yo‘li bilan hisob-kitob qilish istiqbollarini tavsiflaydi. U joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. Balansni qoplash va likvidlik koeffitsiyentlarini tahlil qilishda lizing oluvchining zaxiralari va debitorlik qarzlarini ham hisobga olish zarur. Baholashda debitorlik qarzlaridan foydalanishda aktivlarning sotuv hajmiga aylanish ko‘rsatkichi yoki zaxiralardan foydalanishda sotilgan mahsulot tannarxiga nisbat ko‘rsatkichi bunday ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Balans likvidligini aniqlashda “xususiy manbalar bilan ta’minlanganlik” ko‘rsatkichini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy manbalar hajmi xususiy aylanma vositalar va boshqa xususiy manbalarning mavjudligi bilan belgilanadi. “Xususiy manbalar bilan ta’minlanganlik” ko‘rsatkichi balans bo‘yicha xususiy manbalar
41
qoldig‘ining passiv qoldiqlariga (asosiy vositalar hamda qimmat bo‘lmagan va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi) nisbati sifatida aniqlanadi. Lizing oluvchining faoliyatida kamchiliklar mavjud bo‘lgan holatlarda aktivlarni qoplashda xususiy manbalarning ulushi kamayadi.

Aktivlardan foydalanish samaradorligi va yil davomida kiritilgan kapitalning harakatchanligini baholash uchun “sotilgan mahsulotlar hajmining joriyga aktivlarga nisbati” ko‘rsatkichini tahlil qilish maqsadga muvofiq.




Mablag‘larni jalb etish koeffitsiyenti lizing oluvchining kredit manbalariga moliyaviy bog‘liqlik darajasini aks ettiradi. U qarzlarning joriy aktivlar miqdoriga nisbati yordamida aniqlanadi. Mazkur koeffitsiyent darajasi qanchalik kichik bo‘lsa, lizing oluvchining kredit layoqati shunchalik yuqori hisoblanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan kredit layoqati ko‘rsatkichlarining har biri asosida lizing oluvchining moliyaviy ahvoli har tomonlama baholanadi. Obyektiv qaror qabul qilish uchun bitta ko‘rsatkichnigina emas, balki turli ko‘rsatkichlar yig‘indisini tahlil qilish zarur. Yuqorida taklif etilgan tahlil natijasida lizing kompaniyasi potensial lizing oluvchining ishonchlilik darajasini aniqlaydi hamda u bilan ishlashni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.




Qisqa xulosalar

Lizing jarayonini shakllantirish uch bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqichda tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi; ikkinchi bosqichda lizing bitimi rasmiylashtiriladi; uchinchi bosqich esa lizing obyektidan foydalanish muddatini to‘liq qamrab oladi.


Muvaffaqiyatli ishlash uchun lizing kompaniyasi lizing bozorini, uning asosiy tendensiyalarini o‘rganishi, ma’lum turdagi asbob-uskunalarga talabni aniqlashi zarur. Har bir lizing bitimi amalga oshirilishidan avval muayyan shart-sharoitlar va ehtiyojlar har tomonlama tahlil qilinishi, lizingning ijobiy tomonlari aniqlanishi, potensial lizing oluvchi uchun lizing asosida kreditlash to‘g‘ri baholanishi zarur.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling