S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Joyning aspektli (tarzli) mndalini chakllantirich
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joyning modelini chakllantirich 4 Obyektlarning topologik
- Obyektlarning modellarini chakllantirich
- Ma’lumotlarni to‘plash va
- Informatsiyani qayta ishlash Topografik unsurlar
- Tasvirga olish jarayonlari va mndpllarini chakllantirich
- Joyni xaritalash jarayonini boshqarish
- Nuqtaning yer yuzasida joylashgan o‘rnini aniqlash
Geometrikma’lumot Tuzulmaviy ma’lumot Funksional (vazifaviy) 1 1—। 1 ma’lumot Aerofototopografik va digitalizatsiyalash usullarida unsurlarning umumiy to‘plami yoki uning bir qismini bir vaqtning o‘zida kuzatish mumkin, ya’ni, “umumiylikdan-xususiylikka” tamoyili qo‘llaniladi. Geodezik va yer ustida bajariladigan fototopografiya usullarida kuzatuvchi uchun ko‘rish sharoiti chegaralangan, u faqat alohida topografik unsurni yoki uning bir qismini ko‘rishi mumkin. O‘lchash ishlari tugab, ishlab chiqilib, yakuniy natija olingandagina unsurlar to‘plami to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘ladi. Demak, bu holda —xususiylikdan-umumiylikka” tamoyili qo‘llaniladi. Buning afzalligi shundaki, kuzatuvchi joydagi ajratiladigan, o‘lchanadigan va o‘rganiladigan topografik unsurlarni bevosita ko‘radi va kuzatadi. 19-rasm. Topografik informatsiyani taxeometrik usulda to‘plash sxemasi. Fotogrammetrik o‘lchash usuliga qarab topografik informatsiyani aerofototopografik usulda to‘plashning ikki xili qo‘llaniladi: analitik va analogli- analitik [23,-b.101]. Analitik usulda bevosita aerofotosuratlar o‘lchanadi. Stereo komparatorlarda joy raqamli modelida tanlangan nuqtalarning fotogrammetrik koordinatalari va paralaklari avtomatik tarzda hisoblanib qayd qilinadi. Bundan tashqari joining geometric modelini tuzish uchun tayanch va yunaltirish nuqtalari va suratlar metkalari (belgilari) ning koordinatalari o‘lchanadi. Natijada EHM yordamida joyning geometrik modeli tuzilib, joy raqamli modelning geodezik koordinatalari hisoblanadi. Analogli-analitik usulda esa aerofotosuratlar asosida yaratilgan joining fotogrammetrik modeli o‘lchanadi. Bunday model universal stereofotogrammetrik asboblarda (fototransformatorlar) tuzilgan joining geometrik modeli yoki fotoplani bo‘ladi. Universal stereofotogrammetrik asboblarda joyning raqamli modelini qurushda informatsiya, ya’ni, uchta fotogrammetrik yoki geodezik koordinatalar o‘lchanib, uni mashinada saqlovchi qurilmada avtomatik tarzda qayd qilinadi. Bu usul aerosuratlar bo‘yicha joylardagi qo‘shimcha korrektura va syomkalar bilan birgalikda maksimal topografik informatsiyani to‘plash imkonini beradi [23,- b.104]. Topografik informatsiyani to‘plash aerofotosuratning ko‘rinib turgan konturi bilan ustma-ust keladigan tasvirga olish uchastkalari xududi bo‘yicha amalga oshiriladi. Shunga asosan tasvirga olish uchastkalarining chegaralari to‘g‘risidagi metrik, sintaksistik va funksional informatsiyalar shakllantiriladi va qayd etiladi. Ular informatsiyani qayta ishlash va konturlarni tartibga keltirishda qo‘l keladi. Sintaksistik va metrik informatsiya bir vaqtning o‘zida avtomatik ravishda qayd etiladi. Sintaksistik informatsiya mazmunini qo‘shimcha nuqtalar kiritish orqali kengaytirish mumkin [23,-b.107]. Demak, topografik informatsiyani to‘plashda qo‘yidagilar aniqlanadi, kodlanadi va qayd qilinadi: ob‘yektning tartib raqami; ob‘yekt va konturlarning turlari va ko‘rinishlari; kontur chegarasidagi nuqtaning tartib raqami; nuqtaning vazifasi, yordamchi nuqtaning koordinatasidan asosiy nuqtaning koordinatasiga o‘tishni ta’minlovchi dastur kodi; tanlangan nuqtaning o‘xshashlik darajasi; tutashtiruvchi chiziqlarning ko‘rinishi va hokazo; Eng muhim metrik informatsiyalarning aniqligini oshirish maqsadida qo‘shimcha takroriy nuqtalar belgilanib ularning koordinatalari o‘lchanadi va keyinchalik o‘rta miqdorga keltiriladi. Metrik informatsiyani kodlash va qayd etishni nazorati qayd etishning avtomatik qurilmasi (APC) yordamida olib borilishi mumkin. Topografik yoki kartografik raqamli informatsiyalarni to‘plashning zamonaviy usullaridan biri bu digitalizatsiyalash usulidir, ya’ni topografik xaritalar, planlar, fotokart va ortofotoplanlar hamda shunga o‘xshash grafikaviy materiallarni o‘ziga o‘xshash ammo raqamda ifodalangan analogli-raqamli o‘zgartirishni amalga oshiradigan usul. Bunday o‘zgartirishlar natijasida ob‘yektlarning konturlari va gorizontallar nuqtalarining koordinatalari orqali ifodalanib, informatsiyani texnik tarqatish vositasida avtomatik tarzda qayd qilinadi. Ushbu vositada semantic va sintaksis informatsiya ham yoziladi. Solishtirib o‘qishning xususiyatlariga qarab, digitalizatsiyalashning birnecha usullari farqlanadi. Geometrik informatsiya uchun digitalizatsiyalashning uchta asosiy usul qo‘llaniladi: nuqtali, chiziqlarni kuzatuvchi va skanerlash. Birinchisi va ikkinchisi natijasida vektorli model uchinchisida esa rastrali model, hosil bo‘ladi. Nuqtali usulda operator digitayzer kursorini ketma-ket nuqtalarga keltirganda ularning koordinatalari informatsiyani texnik tarqatish vositasida avtomatik ravishda qayd etiladi. To‘g‘ri chiziqlar boshlang‘ich va oxirgi nuqtalarning koordinatalari bilan qaydlanadi, egri chiziqlar esa ko‘rib tanlanadigan tasnifli nuqtalari orqali tasvirlanadi. Chiziqni ko‘rsatish yarim avtomatik rejimda bajariladi. Bunda operator kursorni boshlang‘ich nuqtaga keltirganda asbobdagi kuzatish ishlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi va nuqtalarning koordinatalari ma’lum bir vaqt yoki yo‘lning teng kesmalari oralig‘ida qayd etiladi. Skanerlab digitayzerlash solishtirib o‘qish moslamasini ketma-ket chiziq bo‘ylab solishtirish orqali kartografik materialni avtomatik tarzda solishtirishni ta’minlaydi va natijada rastrali model hosil qilinadi. Informatsiyaning boshqa turlarini ham digitalizatsiya usulida to‘plash mumkin. Ma’lumotlar tizimi vositasida, texnik “MENYU” yordamida maxsus qurulmalardan “tovush” orqali, skanirlangan ma’lumotlarni maxsus qurilmalarda tanib olib, EHM da qayta ishlab, informatsiya to‘planadi. Semantic informatsiyani makrokodlash tamoyiliga asoslangan texnik —MENYU” usuli mutaxasislarda ko‘p qiziqish o‘yg’otmoqda. Digitalizatsiya jarayonlari to‘g’risidagi batafsil ma’lumotlarni o‘quvchi keltirilgan adabiyotlardan topishi mumkin. Nuqtaning yer yuzasida joylashgan o‘rnini aniqlash Yer yuzasidagi joy modelining eng asosiy unsuri-nuqta hisoblanadi. Shuning uchun ham GAT da nuqtaning fazoviy joylashishi to‘g’risidagi ma’lumotlar aniqligi joyning raqamli modelning o‘xshashlik darajasini belgilab beradi. GAT da nuqta X va Y koordinatalari bilan aniqlanadi. Bunda eng muhimi nuqta koordinatalari to‘g’risidagi ma’lumotlar bevosita joydagi o‘lchash jarayonida qullanilgan geodezik asbobning ma’lumotlarni tashish vositasida avtomatik ravishda raqamli informatsiya sifatida qayd qilinishi. Zamonaviy topografik tasvirga olish usullaridan taxeometrik tasvirga olish yuqori darajada avtomatlashtirilgan. Aynan elektron taxeometrik tasvir olishda joyning o‘zida ma’lumotlar elektron taxeometrning ma’lumotlarni tarqatish vositasida qayd qilinadi. (20-rasm) Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling