S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet34/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

Ma’lumotlar bazasi (MB) bu aniq bir qoidaga binoan tashkil etilgan ma’lumotlar majmui. Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan o‘lchov va tanlanmalarning tadqiqot predmeti va uning asosiy tavsiflariga mosligi imkon qadar aniq va to‘liq bo‘lishi kerak. MB da saqlanadigan sifat va miqdor ko‘rsatkichlari vaqt kesimida ko‘rinishi zarur. Shuningdek, GATning axborot ta’minotiga to‘liq, batafsil, pozitsion aniq, boshqa kerakli ma’lumotlar bilan mos keladigan, yangilanishi va foydalanishi oson bo‘lishligi kabi talablar qo‘yiladi.
Ma’lumotlar bazasini loyixalash uch bosqichdan iborat: Konseptual mantiqiy, tashkiliy.
Konseptual bosqichda mavjud texnikaviy va dasturiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda real voqelikni yoki uning to‘g‘risidagi abstrakt tasavvurni tasvirlovchi modelni yaratish masalasi hal qilinadi. Bu masala quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. mavjud ob‘yekt yoki voqelikni aniqlash va ifodalsh;

  2. geografik ob‘yektlarni MB ga kiritish usullarini qabul qilish;

  3. fazoviy ob‘yektlarni tasvirlash uchun tayanch unsurlarni (nuqta, chiziq, rastra uyalari, areallar) tanlash;

  4. MB ga real voqelikdan o‘zaro munosabatlar o‘lchami taqdim etish masalasini yechish (Masalan, ob‘yektlarning o‘zaro munosabatlarini kodlash, tasvir uchun qaysi unsurdan foydalanish va boshqalar);

  5. ma'lumotlarning manbalari va ularning sifatiga qo‘yilgan zaruriy talablarni aniqlash.

Konseptual bosqichda shuningdek GATdan foydalanuvchilarning talablari ham baholanadi.
Demak, ma’lumotlar bazasini loyihalash va tuzishning birinchi bosqichida unga kiritiladigan ob‘yektlarning turlarini tanlash va aniqlash ishlari bajarilsa, ikkinchi bosqichda har bir ob‘yektni fazoviy taqdim etishning adekvat (o‘xshash) usullarini qidirish ishlari amalga oshiriladi.
Mantiqiy bosqich texnik ta’minotdan xoli holda, mavjud dasturiy vositalar bilan aniqlanib, ma’lumotlar bazasining mazmun-mohiyati MB unsurlarining mantiqiy tarkibini belgilash va uning boshqarish talablariga mos ravishda ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Tashkiliy bosqich apparatlar va dasturiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lib, unda MBda saqlanadigan informatsiyaning va kompyuter xotiralarning xajmi, MB ning tuzilishi, fayllarning o‘rni, kompyuter xotirasiga ma’lumotlarni kiritish kabi masalalari ko‘riladi.
MB ning konseptual bosqichida geografik ob‘yektlarning taqdimot usullarini aniqlash GAT ni orientatsiyalash muammosi bilan bog‘liq bo‘lib, ob‘yektning va fazoviy ma’lumotlarning modellarini tanlashni o‘z ichiga oladi.
Barcha geoaxborot tizimlar fazoviy ma’lumotlarning formal modellari asosida quriladi. Ularga bo‘lgan asosiy talab ob‘yekt yoki voqelikni nuqta, chiziq, poligon, piksel yoki qatma-qatli shaklda taqdim etilishi, GAT da yechiladigan masalaga mosligi o‘xshash bo‘lib, geografik mohiyatni belgilovchi fazoviy ko‘rsatgichlar bilan o‘zaro bir xilligi saqlangan bo‘lishi kerak.
Model informatsiyaning akslantirish, tahrirdan chiqarish, surovlar va tahlil qilinishini qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratishi zarur.
Fazoviy ma’lumotlarning vektorli modellari ob‘yektning geometriyasini ifodalaydi va fazoviy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadi. Ma’lumotlarning vektorli- topografik modellari ob‘yekt geometriyasiga xos bo‘lgan fazoviy munosabatlarni aniqlash va ulardan foydalanib, ma’lumotlar uchun murakkab fazoviy tahlilni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Rastrali modellar voqelikning ko‘rsatgichlari, belgilari va semantikasi tavsiflarini teng miqyosda tanlashni ta’minlaydi va informatsiyaning fazoviy o‘zgaruvchanligining diskretligini ko‘rsatib beradi. Rastra uyasida ob‘yektlarning o‘zaro joylashishini belgilaydi. Pikselning o‘lchami qanchalik kichgina bo‘lsa, voqelik shunchalik batafsil ifodalangan va faylning o‘lchami kattalashgan bo‘ladi.
Rastra bir xil o‘lchamdagi “oyna uyasining” (yacheykaning) belgilangan muntazam ketma-ketligida geografik fazoni tashkil etadi va ularga doimiy yondashishni ta’minlaydi. Lekin, ob‘yektning xossalari rastarali ko‘rinishda ifodalangan bo‘lsa, u holda uyaning ketma-ketligi yaxlit ob‘yektni ko‘rish imkonini berolmaydi.
Vektorli ko‘rinishda o‘zaro joylashishi aniq bo‘lgan bir xil real obyertlar tegishli geografik fazoni tashkil etadi. Vektor ixtiyoriy ketma-ketlikda fazoni tashkil etish va ma’lumotlarga erkin yondashishni ta’minlaydi.
Ma’lumotlar qatma-qatli tarzda keltirilganda borliq cheksiz nuqtalarga shunday belgilar soni bilan aniqlanadi. Bu belgilar yoki ularning o‘zgarishlarini vektorli yoki rastrali modellar asosida MB qatma-qatlarida ifodalanganda sun‘iy ob‘yektlar hosil bo‘lishi mumkin.
MB da to‘plangan ma’lumotlar pozitsion va semantic tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi. GATda ma’lumotlarni taqdimot usullari, tanlash ularni qayta ishlash va saqlash bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarning MB dagi tashkil etuvchilari mos ravishda geometrik va atributiv (aniqlashtiruvchi) deb nomlangan.
Pozitsion informatsiya geografik ob‘yektning o‘rnini koordinatalarda (x,y,z,) ifodalaydi. Nopozitsion yoki atributiv informatsiyaga fazoviy ob‘yektlarning sifat ko‘rsatkichlari (semantikasi) va statistikasi kiradi. Bunday informatsiyalar matn yoki raqamli parametrlar ko‘rinishida keltiriladi. Ob‘yekt turi har doim maxsus belgilangan bo‘lib, uni atributiv parametrlariga qarab aniqlasa bo‘ladi. Odatda atributiv ma’lumotlar fazoviy tasvirga ega emas, lekin o‘rganiladigan ob‘yektning fazoviy xolati bilan aloqador bo‘lishi mumkin (Masalan, yuza perimetri).
Ko‘pincha vaqt atributiv ma’lumot sifatida keltiriladi va har xil usullarda ifodalanadi. Ob‘yektning paydo bo‘lgan vaqti, ma’lumotlarning unga tegishli momenti va harakatining tezligi.
Miqdoriy atributlar nominal, tartib, interval yoki proporsiya kabi o‘lchov shkalalariga mos ravishda tuziladi. Bunda qaysi shkaladan foydalanilganini bilish muhim, chunki ular bilan matemkatik amallar bajarish imkoni borligini aniqlash ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘l keladi.
Rastrali modellarda atributlar pozitsiyaga qarab ma’lum bir ob‘yektlar turlari yoki sinflariga tegishli bo‘ladi. Vektorli modellarda esa har bir ob‘yekt atributlari alohida jadval shaklida keltiriladi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish, ya’ni to‘plash, saqlash, o‘zgartirish, kerakligini qidirib toppish va zaruriyatga qarab ma’lum bir shaklda taqdim etish ishlarini avtomatlashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tashkil etiladi (19-rasm).
MBBT-bu ma’lumotlarni tashkil etish, kiritish va foydalanish uchun qo‘llaniladigan dasturlar va dasturlash tillari vositalarning majmui.
MBBT-bu ma’lumotlarni qayta ishlash uchun EHM operatsion tizimi imkoniyatini kengaytiruvchi amaliy dasturlar paketi. Lekin MBBT o‘zi amaliy hisoblash ishlarini bevosita bajarmaydi. Bu ishlarni maxsus amaliy dasturlar bajaradi. MBBT esa ma’lumotlar bazasiga kiritishga imkon tug‘diradi.


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling