S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
31-rasm. Raqamli modellashning informatsion jarayonlari algaritmi
Tizimlar nazariyasi bo‘yicha modellash ob‘yekti va ob‘yektning modeli ikkita dinamik tizim bo‘lib, ular tizim parametrlari va tizim holatining parametrlari bilan tavsiflanadi. Ularni shunday tanlash kerakki, bir tizim parametrlariga ikkinchi tizim parametrlari mos kelsin. Shuning bilan birga, juda mos parametrlarning ko‘rinishi, shakli va ularning munosabatlari aniqlanishi kerak bo‘ladi. Agarda har bir ob‘yektga mos ravishda uning xossasi to‘g‘risidagi informasiya qo‘yilsa, unda joyni umuman olganda informatsiya tashuvchi ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin bo‘ladi. Chunki fazodagi mavjud nuqtaga uning informatsion obrazi, ya’ni ma’lum bir informatsion nuqta mos keladi. Demak, joyning modeli uch o‘lchamli fazodagi informatsion nuqtalar modelidan tashkil topadi. Topografik jarayon mohiyatidan kelib chiqib, mavjud mosliklarni modellashtirish tizim parametrlari to‘plamini va muayyan model parametrlari tizim sifatida qarash mumkin. Bu parametrlar orasidagi munosabatlar topografik tasvirga olish masshtabi va xarita masshtabi tushunchalarida o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib, joyni topografik modellashtirish topografik ishlarning turlari va natijalarini tavsiflaydigan xilma-xil parametrlar to‘plami orqali amalga oshiriladi. Ushbu parametrlarning birlashmasi modellashtirish obrazlari va muayyan modellarni tashkil etadi. Ularni tasvirdlash uchun tasvirga olish masshtabi va model masshtabi kabi umumlashgan tuShunchalardan foydalaniladi. Bu ishlarni bajarishning texnik talablari sifatida har xil masshtablardagi xarita va planlarning mazmuni, joyni topografik tasvirga olishdan hosil bo‘lgan ma’lumotlarni matematik ishlab chiqishdan olingan modellashtirishning muayyan parametrlari qiymatlaridan foydalaniladi. Topografik tasvirga olish natijalari bo‘yicha har gal aniqlanadigan model parametrlarining qiymatlaridan tuzilgan modelning tavsifi sifatida uning tarkibiy unsurlari - ob’yektlarning modellari va ishlarni nazorati, uchun foydalanish zarur bo‘ladi. Joyning raqamli modeli topografik informasiyani ko‘p marotabalab o‘zgartirish orqali quriladi. (4-bob; 4.1.-4.2.) Topografik informasiyani to‘plashda 139 avval joyning oddiy keyin esa murakkab unsurlarining modellari shakllantiriladi. Bu jarayon JRMning tanlangan tuzilmasi va ma’lumotlarni to‘plash usuli hamda boshlang‘ich informasiyaning tarkibiga bog‘liq. Eng oddiy unsur bo‘lmish nuqtaning modeli kartografik materiallarni digitalizasiyalash yoki goedezik va fotogrammetrik o‘lchamlarni qayta ishlash hisoblari tufayli shakllanadi. Ushbu qayta ishlash jarayonida har bir nuqtaning koordinatalari to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida bajarilgan o‘lcham natijalari (burchak, masofa, nisbiy balandlik, shartli koordinatalar, parallakslar) va berilgan ma’lumotlar (koordinatalar, direksion burchaklar) bo‘yicha hisoblanadi. Demak, umumlashgan holda nuqtaning modelini (mi) berilgan ud va o‘lchangan rm ma’lumotlar funksiyasi sifatida qarash mumkin, ya’ni mi = fom ({rm \{ud }). Joydagi predmet - ikkinchi oddiy unsur modelini qurish tasniflashgan va kodlangan topografik informasiyaning o‘rnatilgan tizimga mos ravishda semantik informasiyani to‘plash va formalizasiyalashga asoslangan. JRM tuzilishining navbatdagi bosqichi bu joy va ob‘yektlarning konturlarini modellashtirishdan iborat bo‘ladi. Bu modellashtirishning eng murakkab jarayonlaridan biri bo‘lib, har xil yondashuv bajarilish rejimi, ma’lumotlarni taqdim etish shakllari bilan bog‘liq. Shuning uchun birinchi navbatda konturning oddiy tashkil etuvchilari - primitivlarining shakllanishiga e‘tibor qaratiladi. Primitivlar konturning nuqtalari bilan berilishi mumkin (32(a) rasm). Bunday yondashuv digitalizasiya va joylardagi fotogrammetrik o‘lchamlarda konturlarni kuzatish yoki bevosita o‘lchash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, primitivlar ularni tashkil etuvchi yondosh nuqtalar juftliklarining to‘plami shaklida berilishi mumkin. (32-rasm). Bu yondashuv taxeometrik, stereofotogrammetrik tasvirga olish, skanirlash natijalarini qayta ishlashda qo‘llaniladi. Demak, birinchi holatda ma’lumotlar sifatida ikkita massiv: nomlangan tasvir nuqtalari massivi (matematik informasiya) va ushbu nuqtalarning tartibga keltirilgan nomlari massivi (sintansistik informasiya) yuzaga keladi, ya’ni kontur primitivlari yondosh nuqtalar bilan beriladi (32-rasm). Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling