S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


-rasm. Karyerning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri


Download 2.22 Mb.
bet60/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

35-rasm. Karyerning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri.
Resurslardan foydalanuvchi amalda barcha eng zamonaviy geografik texnologiyalarni qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Yer relyefi shaharlar va boshqa ob’yektlar hamda ular ustidagi vertual “parvozlar”ni o‘rganish mumkin bo‘ladi. Eng asosiysi foydalanuvchi unga qulay bo‘lgan har qanday tematik tasnifda va topologiyada o‘z kartografik qatini yaratishi mumkin hamda ularni semantik ma’lumotlar bilan to‘ldirib, o‘zaro almashuv tashkil qilishi hech gap emas.
Demak, asosiy ish suratlar bilan Google Earth dasturi yordamida olib boriladi va u sun‘iy yo‘ldoshdan olingan o‘rta sifatli surat asosida yaratilgan yerning uch o‘lchamli modeli bilan ishlaydigan kliyent uchun dasturiy ta’minot vazifasinini o‘taydi.(36-rasm)
Tasvirning masshtabini o‘zgartirishning keng imkoniyatlari va ob‘yektlarning koordinatalarini aniqlash xaritadan foydalanish qulayligini oshiradi.

36-rasm - Google Earth 3D dagi relyefning uch o‘lchamli xaritasi


    1. Konchilik kadastri ishlarida GAT texnologiyalaridan foydalanish

Konchilik kadastri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Foydali qazilma konlarini, ularning yo‘ldoshlari va texnogen hosilalar davlat kadastri.

  2. Yuqori havfli texnogen zonalar davlat kadastri.

Foydali qazilmalar davlat kadastri konchilik kadastrining asosini tashkil etadi va kon zaxirasining hajmi, foydali komponentasining sifati, konning shakli, joylashuvi, tuzilishi, konni qazib olishning kon texnik, texnologik, gidrogeologik sharoitlari, konning geologo-iqtisodiy baholash kabi ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam etadi. Har bir kon yo‘ldoshi bo‘yicha ham huddi shunday ma’lumotlar jamlanadi.
Texnogen hosilalar bo‘yicha har bir to‘planadigan ob‘yektning son va sifat ko‘rsatgichlari hamda saqlanish sharoiti to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar kadastr tarkibiga kiritiladi. Ushbu GATlar Davlat geologiya fondi tomonidan olib boriladi.
Yuqori havfli texnogen zonalar davlat kadastrini yuritish quyidagi tartibda bajariladi:

  • kadastr ob’yektining mulkchilk va boshqa huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

  • kadastr ob‘yektining son, sifat va qiymat ko‘rsatkichlar hisobini yuritish;

  • kadastr ma’lumotlarini tizimlashtirish, saqlash va yangilab borish;

  • kadastr ob‘yektining holati to‘g‘risida hisobot olib borish, pasportini tuzish va kadastr kitobini yuritish.

Yuqori hafli texnogen zonalar davlat kadastrini yuritishning asosiy tamoillari bu:

  • kadastr ob‘yektining har bir turi bo‘yicha butun xududni qamrab olish;

  • fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;

  • kadastr ma’lumotlarini ishonchliligi va foydalanish uchun to‘siqsizligini ta’minlash.

Qo‘yilgan talablarning ijrosi ishlab chiqarish korxonalarining kadastr pasportida o‘z ifodasini topadi va bu jarayonda GATdan foydalanish maqsadga muofiq.
Konchilik kadastri yer sathi, unda joylashgan ob‘yektlar haqida aniq va tartiblashtirilgan axborotlar majmuini tashkil etadi. Bu o‘ta murakkab masalani echimini topishda ma’lum bir hudud miqyosida yer kasadstrining avtomatizasiyalashtirilgan tizimini yaratish va undan foydalanish masala echimini osonlashtiradi, tizimini yaratishda GATdan keng foydalaniladi.
Masalan, shahar yoki viloyat hududi miqyosida davlat yer kadastrining avtomatizasiyalashtirilgan tizimini tuzish uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi: ma’lumotlar bazasini boshqarish Oracle 8, Arc View 8.1, Arcinfo 7.1 Tizimining har bir moduli uchun ma’lumotlarni kiritish maqsadida alohida intyerfeys dasturlanadi.
Yerdan foydalanuvchilar bilan ishlash uchun hujjatlarni qabul qilish moduli (klyerk) yaratilgan. Ushbu modul yordamida nafaqat yerdan foydalanuvchilardan ma’lumotlar bazaga kiriladi, balki ularga topshirilgan hujjatlar ham belgilab qo‘yiladi.
Kadastr hujjatlarining moduldan modulga o‘tishi ham dastur orqali kuzatib, nazorat qilinadi. Grafikaviy ma’lumotlarni kiritish “Ichiga kirib koordinasiyalash” moduli orqali amalga oshiriladi. Buning uchun ArcView dasturlash paketidan foydalangan holda, ish ikki bosqichda bajariladi. Birinchi bosqich joydagi o‘lchamlarni amalga oshirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish: avval
rasmiylashtirilgan yer uchastkasi poligonlari, tayanch nuqtalar va ularning koordinatalari, situatsiya, ko‘rsatilgan joy abrisini umumlashtirish va tayorlash, 1:2000 masshtabdagi ayerofotosuratlarni transformatsiyalash. O‘lchash natijalari abrisga kiritiladi.
Ikkinchi bosqichda, joydagi o‘lchashlardan keyin koordinatalar bo‘yicha yer uchastkasi poligoni tuziladi va unga identifikasion tartib raqami byeriladi (ID) hamda yer uchastkasi plani va kadastrli ishlari uchun koordinatalar vedomosti umumlashtirilib, ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
Poligon bazaga kiritilgandan keyin uchastkaga kadast tartib raqam beriladi. Joydagi qo‘shni uchastkalarni identifikasiyalash uchun “shahar” nomini olgan kuzatuvchi modul qo‘llaniladi (37-rasm). Ushbu viyuyer ArcView loyihasi sifatida ishlab chiqilgan, uning uchun manzil va kadastr tartib raqami bo‘yicha ma’lumotlarni qidirishni ta’minlovchi skriptlar yozilgan. —Shahar” moduli orqali ma’lumotlar bazasiga birlashtiriganligi sababli birdaniga ham grafikaviy informatsiya va uning atributiv ma’lumotlarini tasvirlash imkonini beradi.
Yer uchastkalarini baholash ma’lumotlarini tizimga kiritish uchun —Baholash” moduli ko‘zda tutilgan. U baholashga oid barcha ma’lumotlarni tizimga kiritib, kadastr ishlarini baholash uchun hisobotlarni shakllantiradi.
Ma’lumotlarni moslash va bosmaga chiqarish uchun —Yer hisoboti” moduli tuzilgan va unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • —huquqiy munosabatlar” atributiv jadvali orqali yer uchastkasi

va mulkdor haqidagi ma’lumotlarni jamlash;

  • atributiv ma’lumotlarni davlat tilida kiritish;

  • yerga tegishli huquqiy hujjatlarni shakllantirish va bosmaga chiqarish

(davlat dalolatnomasi, yer uchastkasi plani);

  • yer kadastri kitobiga muayyan uchastka bo‘yicha informasiya bilan

birga yer taqsimotini shakllantirish va bosmaga uzatish.


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling