S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Umumfaoliyatga mo‘ljallangan konchilik axborot tizimlari


Download 2.22 Mb.
bet59/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

Umumfaoliyatga mo‘ljallangan konchilik axborot tizimlari. Ushbu tizimlar standart bo‘yicha quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

O‘xshash tizimlarni dunyo bazasida 5 ta ilg‘or kompaniyalar taklif qilishadi: Gemcom, Maptek, Mintec, Surpac va Datamine.

  1. Maxsus konchilik axborot tizimlar dasturlari. Bularga hozircha universal konchilik axborot tizimlari bilan to‘liq yoki qisman ta’minlanmagan konchilik texnologiyalariga tegishli ixtisoslashgan dasturlar kiradi. Ushbu paketlar karyerlarni optimallashtirish, kalendar rejalashtirish, burg‘ulash-portlatish ishlari, shamollashtish, geomexanika, ekologiya kabi mavzularga bag‘ishlangan.

  2. Ishlab chiqarishni boshqarish axborot tizimi. Ushbu kategoriya muayyan davrda ishlab chiqarishni boshqarishda foydalanadigan dasturlar va qurilmalarni birlashtiradi, ya’ni konchilik transportini boshqarish; ekskovatorlar, burg‘ilash stanoklari va boshqalar.

Bu tizimlarni 4 ta ilg‘or kompaniyalar taqdim etmoqda: Modullar Mining System, Wenco, Tritronics va Aquila. Bular konchilik texnikasini ishlab chiqaradigan Komatsu va Caterpillar kompaniyalari bilan hamkorlikda dunyo bozorini zabt etishmoqda.
So‘ngi yillarda GAT yaratish uchun qator dasturlar paydo bo‘ldiki ular geofizika, geologiya, konchilik ishi, marksheyderiya masalalarini yechishga mo‘ljallangan.
Barchaga ma’lum bo‘lgan GATlar ArcInfo, MapInfo, AutoCAD, Map va boshqalarda qo‘shimcha kengayish va modular hisobiga geostatistika, geoekologiya, kon-geologik modellashtirish va fazoviy ob‘yektlarni uch o‘lchamli vizuallashtirishga moslangan. Masalan, Google Earth- bu kartografik ma’lumotlar va kosmik suratlarni 3D da tasvirlash uchun server. Ushbu resurs yordamida har bir internet foydalanuvchi yer sharini kosmik suratlar bilan qoplanganini bugungi kundagi texnik imkoniyat doirasidagi batafsillikda ko‘radi, balki har qanday geografik ob‘yektlarning koordinatalarini bir-ikki metr aniqlikda topa oladi. Shuningdek, joyning haqiqiy relyefini hosobga olgan holda ob‘yektning uch o‘lchamli modelini tasvirlashi mumkin.(35-rasm)



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling