38-rasm Joyning relefini topografik tasvirga olish va ma’lumotlarni qayta ishlash
Joyning relefi foydali qazilmaning joylashish holatiga qarab yer yuzasidagi chegara hududlar va transport yo‘llari loyihalanadi hamda foydali qazilma joylashgan joyning abrisi hosil bo‘ladi.(38-rasm). Credo dasturi boshqa dasturlardan tasvirlash usuli bilan farq qiladi. U tasvirlash usullari yordamida fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni o‘qiy bilishi hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam beradi. Credo dasturi qonun-qoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasavvur qilinadigan predmetlarni ham tasvirlash mumkin. Fazodagi shakllarning tekislikdagi tasvirlari rasm geometriyaning qonun-qoidalari asosida hosil qilinadi.
Bu rasmlar orqali joyning fazoviy shaklini chizish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Rasmlar yordamida geometrik shakllarga tegishli stereometrik masalalar ham yechiladi. Marksheyder muhandislar mavjud muamolarni to‘liqligicha faqat rasmlar yordamida hal eta oladilar. Rasmlar asosida barcha muhandislik inshootlari quriladi, uzlikli va uzliksiz transport yo‘lari, kon ag‘darmalarning aniq va behatar joylashtirish va hokazolar ishlab chiqariadi.
Credo dasturida taxeometrik tasvirlash yordamida joyning relefi izogipsalari hosil qilinadi (39-rasm).
39-rasm Relefning raqamli modelini tuzish.
Ushbu izogipsalarning barcha geometrik xossalari ularning rasmlaridan olingan ma'lumotlaridan aniqlasa bo‘ladi. Shuning uchun ham izogipsa rasmlarini ularning geometrik xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi tekis geometrik modellar deb qabul qilish mumkin. Ushbu dasturning yana bir afzalik tarafi u izogipsalar orqali joyning 3D modelini hosil qiladi. Ushbu 3D modell boshqa dasturlar natijasida yaratilgan modellardan aniqroq (40-rasm).
40 rasm. Karyerni 3D modelining hosil qilish jarayoni.
Credo dasturda triganometrik usuldan foydalangan holda joyning fazoviy modeli hosil bo‘ldi. Bu esa dasturning yanada aniq, sifatli va tez ma’lumotlarni tahlil qilishi bilan boshqa dasturlardan farq qiladi.
Marsheyderiyada loyihalanadigan joyning faqatgina grafik usulda tasvirlash hozirgi zamon ishlab chiqarish talablarini qanoatlantirmaydi. Shuning uchun rasmlarni fazoviy ko‘rinishidagi grafik usullar bilan birga analitik usullardan ham foydalaniladi.
Marksheyderlar uchun bu dasturning yana bir muhum jihatlaridan biri Credo dasturida to‘gridan to‘g‘ri tez, aniq va sifatli joyning qirqimini (profil)ni hosil qilish mumkin. [41-rasm].
Do'stlaringiz bilan baham: |