S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
-rasm. Qatlamlar sinfini yaratish
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 46-rasm. Koordinata tizimini tanlash 47-rasm. WGS 1984 proektsiyani tanlash
- 48-rasm. Ob’yektga nom berish
44-rasm. Qatlamlar sinfini yaratish
So‘ngra tanlangan qatlamda ob‘yekt turi tanlanadi, misol uchun aloqa yo‘llari va uning turi (chiziqli-линейный) belgilanadi (45-rasm). 45-rasm. Ob’yekt turini tanlash s) bu yerda biz kerakli bo‘lgan koordinata tizimini tanlab olishimiz zarur. Buning uchun, Новая — Проекции - KT (koordinata tizimi): Mercator tanlanadi. Mercator ochilgan ro‘yhatdan KT: Geographic Coordinate Systems — World — WGS 1984.prj proektsiya tanlanadi (46-47-rasmlar). 46-rasm. Koordinata tizimini tanlash 47-rasm. WGS 1984 proektsiyani tanlash d) keyin jadval tuziladi, bunda har bir ob‘yektga alohida nom beriladi. Oldingi bajarilgan yo‘l tarmog‘iga bog‘lash uchun jadval tuziladi. Rasmga e‘tibor bering, bu yerda jadvalda qator maydon mavjud OBJECTID va SHAPE. Ularning davomiga uchinchi qatorni qo‘shish lozim, Имя поля da ob‘yekt nomi kiritiladi (misol uchun ko‘cha nomlari), agar ma’lumotlar matnli bo‘lsa, u holda Text tanlanadi va ko‘cha nomi yoziladi (48-rasm). 48-rasm. Ob’yektga nom berish Endi TDTU geodata bazasida aloqa yo‘llari uchun ob‘yekt (aloqa yo‘llari chiziqli inshoot hisoblanadi) va ob‘yekt turi tanlanadi (49-rasm). 49-rasm. Ob’yekt turini tanlash Shunday ketma-ketlik bo‘yicha ob’yektlar —shape” fayllari yaratilib, raqamlash olib boriladi (batafsil ko‘rsatmalar keyingi qismlarda berilgan): Aloqa yo‘llari va temir yo‘llar; Yo‘l tarmoqlarini ham ikki turda tasvirlash mumkin, avtomobil va temir yo‘llar chiziqli shaklda tasvirlansa, tunnellar, ko‘priklar hamda temir yo‘l stantsiyalari maydonli shaklda aks ettiriladi. chiziqli ob‘yektlar; maydonli ob‘yektlar; Maydonli ob‘yektlar: Ko‘priklar, misol uchun jarlikdan, daryo va boshqa sun‘iy to‘siqlar orqali o‘tadigan ko‘prik ko‘rinishidagi inshootlar maydonli ob‘yektlar hisoblanadi. Tunnellar ham maydonli ob‘yekt hisoblanadi (tunnellar kartada ko‘rsatilganda aloqa yo‘llaridan keng bo‘lishi lozim). Bino va inshootlar; Maydonli ob’yektlar hududlari; kasalxonalar; avtobazalar; v) sport majmualari; savdo majmualari; oromgohlar; parklar; diniy muassasalar; stantsiyalar va platformalar; qabristonlar; avtostantsiyalar; fermer xo‘jaliklari; korxona va zavodlar; sanoat zonalari; n) aeroportlar; o) o‘quv yurtlari hududlari va h.k. 2) Gidrografiya va o‘simlik qoplami. ArcGIS dasturida chiziqli, nuqtali va maydonli geografik ob‘yektlar to‘plami bir xil atribut hamda bir xil proektsiya va koordinata tizimi asosida saqlanadi. Fazoviy bog‘langan (transformatsiya qilingan) ma’lumotlar dastur bazasida, shape fayllarda saqlanib boriladi. Fazoviy ma’lumotlar turlariga qarab birlashtiriladi va yagona tartibda saqlanadi. Masalan, avtomagistrallar, ko‘chalar va boshqa yo‘l turlarini “yo‘llar” fazoviy ob‘yektlar guruhiga birlashtirish mumkin. Bundan tashqari, bazada ob‘yektlarning hususiyatlari, o‘lchamlari, izohlari ham sinflarda saqlanadi. Shuning uchun ob‘yektlarning turini bir-biridan ajratishni bilish lozim. Buni quyida ko‘rib chiqamiz: yo‘llar (ob’yektlarning chiziqli turiga mansub); ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar, tunnellar, maydonlar (poligonli); bino va inshootlar (poligon); hududlar (poligon); gidrografiya bu ob’yekt ikki turga bo‘linadi daryo, kanal va kollektorlar (chiziqli); ko‘llar, suv omborlari va dengizlar maydonli tasvirlanadi (poligon va chiziqli); o‘simlik qoplami (poligon); aholi yashash punktlari. Bu ob'yektlar ham ikki turga mansub bo‘lib, nuqtali hamda maydonli turlarda aks ettiriladi (poligon va nuqtali). Shu ketma-ketlikda — geodatabaza” shakllantirilib boriladi. Ob‘yektlarni turlarga ajratishda qulaylik yaratish uchun oldingi yaratilgan qatlamda sinflarga bo‘lib chiqilgan bo‘lsa, keyingi qatlamga uni —import” qilishimiz mumkin. Buning uchun import bosilib, kerakli turlar tanlab olinadi. Далее tugmasi bosiladi. (50-rasm). Oldingi qatlamda saralash ishlari bajarilmagan bo‘lsa, qaytadan ishni bajarish talab etiladi. Atributdagi har bir maydon o‘z nomiga ega bo‘lishi lozim. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling