S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


GAT ning tarifi va mazmun-mohiyati


Download 2.22 Mb.
bet18/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

GAT ning tarifi va mazmun-mohiyati

“Geoaxborot tizimlar” (GAT) atamasi birinchi marotaba ingliz tilida chop etiladigan adabiyotlarda GIS-Geographical Information Sistem ko‘rinishida e’lon qilingan edi. Kon-geologik ilovalarda MGIIS, Mining GIS qisqartmalar ko‘rinishida uchrab turadi. Rus tilida chop etiladigan adabiyotlarda esa ikki xil ko‘rinishda —Географическая инфорсационнная система” ГИС yoki uning reduksiyasi —Г еоинформационнная система” shaklida keltirilgan.
Shunga qaramasdan GATda ta’rif berish juda qiyin, chunki u har xil daraja va bosqichda qaralishi tufayli tegishli mazmun-mohiyatni keltirilgan ta’rifda qamrab ololmasligi mumkin.
Maxsus adabiyotlarda GATning 10 dan ortiq ta’rifi keltirilgan. Bizning fikrimizcha qo‘yidagi ta’riflar uning asosiy mazmun-mohiyatini o‘z ichiga oladi.[23.32.33].

  1. GAT-bu geografik informatsiyani kiritish, saqlash, murakkab amallar bajarish, tahlil va tasvir uchun foydalanilgan dasturiy qurilmalar termasi. Bu texnik ta’rif bo‘lib, GATni rivojlanish tarixini ifodalaydi, ya’ni ma’lumotlar bazasi dasturlari va raqamli kartografiyani avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari bilan bog’langanligi bildiradi.

  2. GAT-bu jamiyatning xududiy tashkillashtiruvi va atrof muhitni boshqarish, prognozlash, dasturlash, tahlil qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog’liq ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali foydalanish uchun xududlar to‘g’risidagi bilim va ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash, jamlash, fazoviy koordinatalarni tarqalishi va tasvirlanishini ta’minlovchi dasturiy apparatga ega bo‘lgan —inson- mashina” ishtirokidagi majmua.

  3. GAT-bu planetamizda sodir bo‘ladigan voqealar dunyo muayyan ob’yektlarining tahlili va xaritalanishi uchun qo‘llaniladigan zamonaviy kompyuter texnologiyalari. Bu texnologiya geografik fazoviy tahlil va xarita bilan bog’liq to‘laqonli vizuallashtirish afzalliklarini inobatga olgan so‘rov va statistik tahlilga ega bo‘lgan ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan operatsiyalarni birlashtiradi. Ushbu afzalliklar GATni boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi va keng spektrdagi masalalarda qo‘llashning noyob imkoniyatlarini ta’minlaydi. Maskur masalalar dunyo atrofidagi voqealar va hodisalarni prognoz va tahlil qilish, harakatlarning strategik yechimlar va joriy oqibatlarini rejalashtirish orqali ularni paydo bo‘lishligining bosh omili, sababi va oqibatlarini anglash va ajratish.

  4. Geografik ahborot tizimi (GAT) bu sohalar buyicha nazorat, qaror va yechimlar qabul qilishda asos bo‘ladigan tematik xarita va atlaslarni yaratish uchun modellashtirish va boshqarish funksiyasini bajaraoladigan grafikaviy va tematik ma’lumotlar bazasi bilan ishlay oladigan avtomatlashtirilgan tizim.

GAT ma’lumotlarni tezkor qidirib topish, xarita va kosmik (aerofotogrammetrik) tasvirlarni ustma-ust keltirish, suratlarni transformatsiya qilish, geometrik korreksiyalash, birlashtirish (umumlashtirish), katta xajmdagi ma’lumotlar to‘plashmini sintez qilish, foydalanuvchining xohishiga qarab xaritaning proyeksiyasi va mashtabini o‘zgartirish, kordinatalarini qaytadan almashtirish, kompyuter displeyi ekranida xar xil modellardan foydalangan holda predmetlar va ob‘yektlar orasidagi fazoviy joylashish va munosabatlarni ko‘rsata olish imkonini yaratib beradi [37,-b.11-13].
Ko‘pincha kata hajmdagi ma’lumotlarning mavjudligi, agarda ular xaritada taqdim etilmagan bo‘lsa, muammoni yechimini topishga imkon yaratmaydi. Masalan, yo‘l transport hodisalarining soni xavfli chorraraxalar, yo‘l qoplamasining sifati, harakatning jadalligi kabi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq. Ko‘pgina holatlarda ushbu ko‘rsatkichlar tematik xaritada tasvirlangandan keyin havfli uchastkalar aniqlanib, baxtsiz hodisalarga sababchi bo‘ladigan holatlarni bartaraf etish uchun qarorlar qabul qilinadi.
So‘nggi paytlarda xududlarning rivojlanish xususiyatlarini tadqiq qilish va keng qamrovli yechimlar qabul qilish uchun GAT samarali tahlil quroli sifatida qaralmoqda. GATning boshqa informatsion tizimlardan farqi shundaki u fazoviy koordinatalali ma’lumotlar bilan ishlaydi. Natijada ma’lumotlar yechimini qabul qilish uchun ayoniy-grafikaviy ko‘rinishda taqdim etiladi, yani vizuallashgan bo‘ladi.
GAT keng qamrovli masalalarning yechimini topishda qo‘llaniladi. Masalan, tuproq tarkibini o‘rganish va monitoring qilish, mulkning yoki magistral yo‘lning holatini baholash, xilma-xil kasaliklarning tarqalishi va kelib chiqish sabablarini o‘rganish, atrof muhitni tadqiq qilish va boshqa strategik masalalar.
GAT quyidagi tarkibiy qismlardan iborat (5-rasm).



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling