S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


- rasm. Ochiq kon ishlaridagi jarayonlar


Download 2.22 Mb.
bet16/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

3- rasm. Ochiq kon ishlaridagi jarayonlar

Foydali qazilma konlaridan oqilona va bexatar foydalanish uchun katta hajmdagi tezkor ma’lumotlarda to‘g‘ri va unumli foydalanishni bilish kerak bo‘ladi. Buning uchun GAT va kon-geometriya axborot texnologiyalarini qo‘llash maqsadiga muvofiq ekanligi ba’zi bir masalalarga ko‘rsatib berildi. (3-rasm).


Jumladan, konchilik korxonasini raqamlashtirish va konchilik ishlarini boshqarish tendensiyalarini to‘liq belgilab olish, ishlab chiqarish samaradorligiga masofadan turib texnika boshqarishni (robotlashtirish, avtomatlashtirish va analitik prognozlash) keng qo‘llash, konchilik ishlarini bexatar olib borish bilan uning samaradorligini oshirish orasida zaruriy barobarlikni saqlash kabi omillar ustuvorligini ta’minlash orqali raqamli konchilik korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Buning uchun o‘z o‘rnida GAT texnologiyalaridan unumli foydalanishni yaxshi egallash kerak bo‘ladi. Aynan GAT texnologiyalari foydali qazilma konlaridan oqilona foydalanish va konchilik ishlarini bexatar olib borish bilan bog‘liq masalalarni yechishda yetakchi omil hisoblanadi.
Nazorat savollari.

  1. Loyihalarni yaratishning uchta asosiy usulini aytib bering.

  2. Avtomatizatsiyalashgan bilan avtomatlashganning farqi nimada?

  3. LAT ning texnik ta’minoti nimalarni o‘z ichiga oladi.

  4. LAT ni informatsion va lingvistik ta’minotlarning farqi nimada?

  5. Tashqi va ichki loyihalash tartibini keltiring.

  6. Tizimli yondashish qaysi tamoyillarga tayanadi?

  7. “Texnologiya” atamasiga ta’rif bering.

  8. Informatsion texnologiyalarning xossalari nimalardan iborat?

  9. Informatsion tizimni tuzish bosqichlarini keltiring.

  10. Kartografik avtomatizatsiyalashgan tizim komponentalari nimalardan iborat?

  11. Raqamli konchilik korxonasi ta’rifini keltiring.

  12. Konchilik korxonalarida raqamli texnologiyalalrni qo‘llash sohalarini keltiring.

  13. Konchilik ishlarini bexatar olib borish raqamli konchilik korxonasida qanday ta’minlanadi?

  14. Karyer borti ustuvorligini nazorat qilish tizimini qo‘llash tartibini keltiring.

  15. Boyitish fabrikasi ishini takomillashtirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish talablariga izoh bering.


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling