S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet12/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

strukturalik (tuzulmalik) tamoyili- tizimni uning unsurlari orasidagi kommutatsion aloqalar yordamida xatlashi imkoniyatini yaratadi.

  • o‘zarobog’liqlik tamoyili- tizimni faqatgina atrof muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lganidagi xossasini paydo bo‘lishligi.

  • to‘plamlilik tamoyili- tizimni matematik modellar to‘plami asosida bayon qilinishi.

  • yaxlitlik tamoyili- butun bir tizimning xossalarini uning qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tahlil qilish orqali o‘rganish.

    Tizimli yondashuv ob‘yektni tizim sifatida tadqiq qilishga asoslangan bo‘lib, yaxlitligi mexanizmlarini qidirish va uning barcha aloqalarini aniqlashga asoslangan. Tizimli yondashuv ob‘yektni loyihalash, konstruksiyalash, uzlashtirish va ishlab chiqishni optimallashtirishni asoslaydi.
    Tizimli yondashuvning asosiy vazifalaridan biri matematik modellarni taqdimot shakli, murakkablik darajasi soni va turini tanlashdan iborat. Umuman olganda, loyihalashdagi tizimli yondashuv bu ob‘yektni yaratish jarayoniga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olish. Yoki boshqacha qilib aytganda, tizimli yondashuv texnik masalani, umumiylikni unutmagan holda, hususiy hol uchun yechish.
    2.2 Avtomatizatsiyalashtirilgan ma’lumot-informatsiya tizimlari.
    Informatsion jarayonlar (to‘plash, qayta ishlash va uzatish) jamiyat hayoti va texnika rivojida doimo muhim vazifani bajargan. Insoniyat evalyutsiyasi davomida ushbu jarayonlarni avtomatizatsiyalshga bo‘lgan ishtiyoq doim oshib borgan, lekin ularning mazmun-mohiyatida bu o‘zgarish sezilmagan [7,-b.34-35].
    Ma’lumotlarni to‘plash bu sub‘yekt faoliyati bo‘lib, uning ob‘yekt to‘g‘risida qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘lish jarayoni. Ma’lumotlarni to‘plash bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni to‘plash masalasi informatsiyani uzatish yoki ma’lumot almashish kabi ishlardan ayrim holda ajratilmaydi:
    Ma’lumotlar almashish bu ma’lumot manbai uzatadigan informatsiyani foydalanuvchi qabul qilib olishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon. Bu holatda uzatuvchi bilan qabul qilib oluvchi orasida informatsion barobarlik hosil bo‘ladi, ya’ni tomonlar bir xil informatsiyaga ega bo‘lishadi.
    Aslida informatsiya almashish signal vositasida amalga oshiriladi. Real voqelikda ma’lum bir xossa va xususiyatga ega bo‘lgan ob‘yekt informatsiya manbai bo‘lishi mumkin. Informatsiyani qabul qiluvchi undan takror-takror foydalanishi mumkin. Buning uchun informatsiyani ma’lum bir vositada qayd etmog‘i zarur.
    Tartibga keltirilmagan boshlang‘ich ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish jarayoni ma’lumotlarni to‘plash deyiladi. Qayd etilgan signallar ichida muhim va tez-tez foydalaniladiganlari ham bo‘lib, ular vaqtincha darkor bo‘lmasligi mumkin. Bunday signallarni saqlash zarurati paydo bo‘ladi.

    Download 2.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling