Ma’lumotlarni saqlash-bu boshlahg‘ich ma’lumotni foydalanuvchi talabiga binoan belgilangan vaqtda yetkazib berishni ta’minlovchi jarayon.
Ma’lumotni qayta ishlash bu masalani yechish algoritmiga mos ravishda uni tartibga keltirish jarayoni.
Informatsiya qayta ishlangandan keyin u foydalanuvchi belgilagan ko‘rinishda uzatilishi kerak. Bu masala informatsiyani uzatish orqali yechiladi. Informatsiya odatda EHM ning tashqi qurilmalari vositasida matn, jadval, grafika ko‘rinishida bosmaga chiqarilib taqdim etiladi.
Ma’lumot texnikasi informatsion texnologiyaning material asosini tashkil etadi, chunki texnika informatsiyani to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish vositasi vazifasini bajaradi. Electron hisoblash mashinalari ana shunday texnikaning zamonaviy na’munasi bo‘lib, kompyuter texnologiyalariga asos solgan. Texnologiya o‘zi grekcha so‘z bo‘lib, (techne-ustalik, logos-bilim) ustalik bilan biror narsani yaratish degan ma’noni beradi. Bugungi kunda texnologiya deganda ob‘yektga ishlov berish jarayonida sifat o‘zgarishini ta’minlovchi ishlab chiqarish usullari va vositalari to‘g‘risidagi bilimlar majmui tushuniladi.
Boshqaruv texnologiyasi tartibsizlikka qarshi jarayonlarni o‘ziga xos yo‘lga qo‘yib, tashkil etishni nazarda tutadi. Tarixan texnologiya atamasi material ishlab chiqarish sohasiga xos. Shu nuqtai nazardan, informatsion texnologiya biror sohada hisoblash texnikasining dasturiy texnikaviy vositasidan foydalanishni inobatga oladi.
Zamonaviy informatsion texnologiya-bu informatsiyani to‘plash, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va tasvirlashni ta’minlab beruvchi texnologik zanjirga birlashgan ishlab chiqarish jarayoni va dasturiy-texnikaviy vositalar hamda usullar majmui bo‘lib, informatsion resursdan foydalanish jarayonida ko‘p mehnat sarf qilishni kamaytirib, uning ishonchliligi va tezkorligini oshiradi [14-15].
Informatsion texnologiyalar quyidagi xossalari bilan tavsiflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |