S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lingvistik ta’minot
- Tashkiliy ta’minot
Informatsion ta’minot- Avtomatizatsiyalashtirilgan loyihani topshiriqga mos shaklda bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar majmui. Informatsion ta’minotning asosini avtomatizatsiyalashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etadi. U ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan iborat bo‘ladi.
Lingvistik ta’minot- berilgan shaklda taqdim etilgan va avtomatizatsiyalashgan loyihalash uchun zarur bo‘lgan loyihalash tillari, atamalar va qoidalar, tabiiy tilni formallashtirish, matnlarni zichlashtirish va almashtirish qoidalari majmuidan iborat. Metodik ta’minot- avtomatizatsiyalashtirilgan loyihalashni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarni ishlatish va tanlash qoidalari va tarkibini o‘rganuvchi xujjatlar majmui. Tashkiliy ta’minot- avtomatizatsiyalashtirilgan loyihalashni bajarish uchun zarur bo‘lgan loyihaviy xujjatlarni muhokama qilish tartibi, loyihalash natijalarini taqdimot shakli, loyihalash tashkilotini tarkibi, bo‘linmalari va vazifalarini belgilovchi xujjatlar to‘plamidan iborat. Avtomatizatsiyalashtirilgan loyihalash tizimlarida loyihalash natijasida loyihalash ob‘yektini yaratish uchun zarur bo‘lgan va texnik topshiriq talablarini qoniqtiradigan yakuniy loyihaviy yechimlar majmui hosil qilinadi. LATni qo‘llashdan maqsad ob‘yektlarni loyihalashni sifati va texnik- iqtisodiy darajasini ko‘tarish, mehnat unumdorligini oshirib, murakkab yechimlarni osonlashtirishdan iborat. LATning tarkibiga mustaqil yaratilgan va tizimning barcha xossalarini o‘ziga mujassam etgan tizimlar kiradi. Nimtizim bu ma’lum bir alomatga qarab LATning ajratilgan qismi bo‘lib, yakuniy loyihaviy yechimlarni ta’minlab beradi. LATning nimtizimlari loyihalashtiruvchi va ko‘maklashuvchi guruhlarga bo‘linadi. Ko‘maklashuvchi nimtizimlar, loyihalashtiruvchi nimtizimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi amallarni avtomatlashtirilgan rejimda bajaradi. Ob‘yektga nisbatan, loyihalash yo‘naltirilgan va ob‘yektdan ajralgan (invariant) qisimlarga bo‘linadi. Ob‘yektni loyihalashda nimtizimlar unga bevosita bog‘liq bo‘lgan birinchi loyihalash ishlarini amalga oshiradi. Invariant nimtizimlar unifikatsiyalashtirilgan loyihaviy operiatsiyalarni bajaradi. LATlar quyidagi tamoyillar asosida tuziladi: qo‘shilishlik, tizimning yagonaligi, rivojlanish, majmuilik, informatsion birlik, moslik va standartlik. Qo‘shilishlik tamoyili ishlab chiqilgan avtomatizatsiyalashgan loyihalash tizimini yuqoriroq darajadagi ALTga kiritilishi mumkinligi talablarini ta’minlaydi. Yagona tizimlilik tamoyili ALTni tuzish, ishlatish va rivojlantirishida nimtizimlar orasidagi bog‘liqlik, tizimning yaxlitligini ta’minlaydi. ALTni rivojlantirish tamoyiliga binoan avtomatizatsiyalashtirilgan loyihalash tizimlari nimtizim va komponentlarni yangilash, takomillashtirish va to‘ldirishni hisobga olgan holda tuzilishi va ishlatilishi kerak. Majmuilik tamoyili ob‘yekt va uning unsurlarini loyihalashni barcha bosqichlarda birgalikda olib borilishini ta’minlaydi, ularning ko‘rsatgichlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. Informatsion birlik tamoyili ALTning nimtizimlari, komponentlari va ta’minot vositalarida yagona shartli belgilar, atamalar, ramzlar, muammoga yo‘naltirilgan tillar, informatsiyani taqdim etish usullarini qabul qilgan me‘yoriy hujjatalarga mosligini ta’minlaydi. Moslik tamoyiliga binoan tillar, ramzlar, kodlar, nimtizimlar ta’minot vositalari va komponentlar orasidagi aloqalarni bog‘lovchi tuzilmalarning informatsion va texnik tavsiflari nimtizimlarning birgalikda ishlashini ta’minlashlari va tizim tuzulmasining ochiqligini saqlashlari zarur. Standartlash tamoyili soha spetsifikasi (xos xususiyati) va loyihalanayotgan ob‘yektga invariant komponentlar va nimtizimlarni standartlash, namunalash va unifikatsiyalash (bir talabga keltrish) ni bajarish hamda ALTlarini yaratish va rivojlantirish ishlarini tartibga soluvchi qoidalarni o‘rganishni ko‘zda tutadi. Nimtizimlar boshqalaridan mustaqil ravishda ishga tushirilishi va ishlatilishi kerak. Avtomatizatsiyalashgan loyihalash tizimlarini yaratish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Ichki loyihalash ishlari; Tashqi loyihalash ishlari. Tashqi loyihalash ishlariga loyihalashni boshlashdan oldin ob‘yektni o‘rganish, texnik hisobotini va texnik topshiriqni tayyorlash, kelishish va tasdiqlash kiradi. Ichki loyihalash quyidagilardan iborat: texnik takliflar ishlab chiqish; texnik loyihani ishlab chiqish; ALT komponentlarini tayyorlash, modellash va sinovdan o‘tkazish; ALTni ishga tushirish. Amalda ALTni ishga tushirishda keltirilgan bosqichlarning ba’zi birlari bo‘lmasligi yoki ular birlashtirilishi mumkin. ALTlari mavjud nimtizimlar komponentlar va ta’minot tizimlarini takomillashtirishi va yangilarini ishga tushirish orqali rivojlantiriladi. Zamonaviy ALTlarda dialog vositalarining vazni oshmoqda. ALTning dialog vositalariga foydalanuvchini loyihalashning avtomatlashtiruvchi vositalari majmui bilan real vaqt rejimidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni (interaktiv) ta’minlovchi vositalar kiradi. Dialogli rejim bu dialog vositalarini qo‘llab bajariladigan loyihalash. Dialog vositalari loyihalashni avtomatlashtiruvchi vositalari majmuining bir qismi bo‘lib, ALTni paketli rejimdan muloqot rejimiga o‘tkazishni ta’minlaydi. Paketli rejim bu foydalanuvchini loyihalash jarayoniga bevosita ta’siri ostida amalga oshiriladigan loyihalash. ALTning dialog vositalariga metodik va lingvistik ta’minot, ya’ni dialog olib borish usullari va yo‘riqnomalari, dialogling o‘zaro ta’sir va ma’lumotlarni taqdimot tillari kiradi. Dialog vositalarining dasturiy ta’minoti modulli tuzilgan bo‘lib, muloqot olib borish vositalaridagi o‘zgarishlarga moslanuvchan bo‘lishi zarur.[17-18]. Loyihalash ob‘yektlarini ularning matematik modellari yordamida tadqiq etish tizimli yondashuvning asosiy mazmunini belgilaydi. Tizimli yondashish quyidagi tamoyillarga asoslangan [17,-b.59]: iyerarxiyalik tamoyili- har bir nimtizim yoki unsur tizim sifatida ko‘rinishi mumkin. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling