S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
IX BOB. MARKSHEYDERIYADA GAT TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH.2
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kon-geologik axborot tizimi (KGAT) to‘g’risida ba’zi-bir mulohazalar.
IX BOB. MARKSHEYDERIYADA GAT TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH.2
GATda yer osti boyliklarini o‘zlashtirish masalalarini yechish Konlarni qazib olishdagi geologo-marksheyderlik ishlarni dasturiy ta’minlashni avtomatlashtirish hisobiga konchilik korxonalari ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish marksheyderitada GAT texnologiyalarni qo‘llashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chunki, konchilik korxonasining ta’sir doirasidagi xududlarda texnogen o‘zlashtirishlarni prognoz qilishning aniqligini oshirish, sanoat miqiyosida o‘zlashtiriladigan foydali qazilma zaxiralarini ishonchli baholash imkoniyatlari kon-geologik va ekologo-geografik modellarini ularni o‘zlashtirishning kon-texnologik moddalari bilan birlashtirish, foydali qazilma konlarini iqtisodiy boshqarishning tezkorligini sezilarli darajada oshiradi. Oxir-oqibat, yer qa’ridagi mineral xomashyoning muayyam potensial bozor narxi, ishlab chiqarishning chiqimdorligi ehtimolini inobatga oladigan bo‘lsak, yetarlicha qat‘iy ekologo-iqtisodiy cheklovlar va ijtimoiy-texnologik talablarning doimiy o‘sib borish sharoitida konchilik kompaniyasini strategik rivojlanishini rejalashtirishning bugungi kundagi zaruriy unsuri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer osti boyliklarini o‘zlashtirish va foydali qazilmani qazib olishda kompyuter texnologiyalar va dasturiy vositalar keng joriy etilmoqda. Ular xarita tuzish kabi qiyin ishlarni avtomatlashtirish, geologik strukturalarni vizuallashtirish, konchilik ishlarini rejalashtirish va sanoat miqyosidagi kon zaxirasini hisoblash kabi ishlarni amalga oshirishda qo‘l kelmoqda. So‘z albatta birinchi navbatta ixtisoslashgan geoaxborot tizimlar to‘grisida bormoqda, chunki aynan GAT konchilik sanoatining amaliy masalalarini tezkor va samarali echish imkonini yaratmoqda. Oxirgi yillarda geologlar, marksheyderlar va konchi muxandislar tomonidan geologik-marksheyderlik geoinformatsion tizimlari jadal qo‘llanilmoqda. Bu tizimlar an‘anaviy GAT bilan hamohang bo‘lib, funksional jihatdan kengaygan va qator xususiyiyatlar bo‘yicha farqlanadi, ulardan asosiylari quyidagilar: yer qa’ridagi konlarning ko‘rsatkichlari va atributlarning joylashuvi tabiatan uch o‘lchamli bo‘lganligi sababli asosiy yo‘nalish hajmiy masalalarni echishga qaratilishi; foydali qazilma konlarini ifodalash uchun matematik modellashtirishning keng imkoniyatlaridan foydalanish; 1:500 dan 1:5000 gacha masshtablarda ko‘p qatlamli xarita, plan va qirqimlarni yaratishni avtomatlashtirish; maxsus texnologik masalalarni yechadigan tagtizim yoki modellarni mavjudligi;(foydali qazilma hajmi va zaxirasini hisoblashdan taqvimiy rejalashtirish va qazib olishni optimallashtirishgacha); ish natijalarini ayoniy grafiklarda tadqiq etish uchun dinamik, vaqt sari ozgaradigan modellarni vizuallashtirish. Amaliyotda yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha yetakchi GATlar original formatda saqlanadigan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bo‘lgan xususiy ko‘rinishli yadroga ega. Lekin, so‘ngi vaqtlarda ODBC mexanizmi orqali boshqa mavjud ma’lumotlar bazalari bilan munosabatlarni o‘rnatish va Oracle, MS Access ga o‘tish harakatlari keskin sezilmoqda. Fazoviy va atributiv ma’lumotlarni o‘zaro aloqadorlik variantlari har xil turdagi mega ma’lumotlar uchun georelyatsion va integrallashgan shaklda namoyon bo‘lmoqda. Fazoyiy ma’lumotlarning oddiy turlari: nuqta, geologik namunalash trayektoriyasi; poligonlar va ko‘pchiziqlar, triangulyatsiya tarmoqlari, regulyar panjaralar va bloklar, noregulyar to‘rli modellar va chekli unsurlar to‘ri, uzluksiz hajmli ruda tanalari. Mos ravishda sirt relefining tarqalgan nuqtalari , gorizontal tekislikda bir xil jisimlarni ajratuvchi chegara kontaktlar yoki geoko‘rsatkichiar (burg‘i quduq stvoli bo‘ylab ruda qiymatlari yig‘indisi ko‘rsatilgan qatlarining hisoblangan qalinligi) 2D nuqtalari sifatida qaraladi; shunda, tog‘ jinslari massividan olingan geologik natija nuqta sifatida 3D nuqta hisoblanadi. Bu o‘z navbatida ikki va uch o‘lchamli interpolyatsiyalash usullarini tanlab qo‘llash imkoniyatini yaratadi; ya’ni teskari masalalar usuli, nuqtali yoki indikatorli kriking, uchburchaklar to‘ri bo‘ylab interpolyasiyalash va boshqalar. Natijada topografik tartibli 2D modelli rastrali interpolyatsion panjara yoki matritsali (vekselli) geologik kartalarning 3D modeli shakillanadi. Hajmli modellarni odatda blokli uzluksiz modellar deyishadi, chekli uchburchaklar fazoviy to‘rlarini (oktayerderlar, tetrayederlar yoki undanda murakkabroq poliyederlar) esa noregulyar bo‘ladi. Masalan, aytish mumkinki ba’zi bir cho‘kindi va sochma konlarning zaxirasini hisoblash maqsadida yetarli bo‘ladi ularni Deloney triangulayasiya tarmog‘I orqali yoki Voronoyning ikki yoqlamali diagrammasi bilan ifodalangandan keyin foydali komponentlarning zaxirasini kerakli aniqlikda baholasa bo‘ladi. Umumiy holda, biroq, ruda tanasining atrof tog‘ jinslari bilan bo‘lgan chegarasining yemirilganligi kon massivining struktura-teksturaviy xususiyatlari, tektonik buzulishlarni inobotga oluvchi uch o‘lchamli karkas-blokli modelini to‘liq qurishni amalga oshirish zarur. Skanerlangan, raqamlangan geologik plan va qirqimlar qurishning avtomatlashtirgan va ekspert usullari taqqoslash uchun xizmat qiladi. Odatiy muammo shundaki, plan va qirqimlarda ruda tanasini chegaralash geologlar tomonidan qo‘lda bajarilgan bo‘lib, zaxira bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan arxiv kartografik materiallar har doim xam mos kelmaydi. Qo‘shimcha razvedka va qazib olish jarayonida maskur matetiallar eskiradi va ular doimo aktuallizatsiyalanishi zarur. Yer osti boyliklaridan foydalanishda GATni qo‘llashning muhim Davlat miqiyosidagi bu foydali qazilma konlari zaxirasining miqdor va sifatini Davlat zaxira komissiyasida tasdiqlash uchun avvaldan baholashdan iborat. Foydali qazilma sanoat miqiyosidagi geologik zaxirasini baholash iloji boricha uning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqroq topib, qazish, tayyorlash va boyitish yo‘li bilan yer qa’ridan chiqarib olish iqtisodiy samarali ekanligini tasdiqlashga xizmat qiladi. O‘zlashtiriladigan konlar zaxirasini har tomonlama baholash nafaqat kon uyumining hajmi va undagi foydali komponetaning miqdorini aniqlashni o‘z ichiga oladi, balki qazib olish, boyitish va tayor mahsulotni sotishning texnik va qonuniy jihatlarini hisobga oladi. Shunday qilib, foydali qazilma konlarining sanoat miqiyosidagi geologik zaxirasini baholashda foydalanadigan ilmiy darslar ro‘yxati geodeziya, geologiya, marksheyderiya, konchilik ishi, boyitish, konchilik ishlab chiqarishi iqtisodi, erdan foydalanishning huquqiy masalalari yer q‘arini muhofazalash va ekologiya kabilarni o‘z ichiga oladi. Shuning bilan birga GATning zamonaviy texnologiyalari yer osti boyliklaridan foydalanishda konlarning sanoat miqiyosidagi zaxirasini va uni qazib olishdagi oqibatlarni baholash bilan bog‘liq kompleks masalalar echimini ta’minlash uchun zazur bo‘lgan barcha dasturiy vositalarni o‘zida jamlaydi. Kon-geologik axborot tizimi (KGAT) to‘g’risida ba’zi-bir mulohazalar. KGAT-yer osti boyliklaridan foydalalnishning geoaxborot tizimi fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish va saqlashni dasturiy vositalari bilan birgalikda marksheyderlik va kon-geologik ma’lumotlarga tayanadigan integratsion asosga ega. Keng ma’noda KGAT deganda biz konchilik ishlab chiqarishni xududiy tashkil qilish va atrof muhitni boshqarish hamda prognozlash, modellashtirish, tahlil, inventarizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy masalarni yechishda ulardan samarali foydalaniladigan konni qazib olish va qayta ishlash xududi to‘g‘risidagi fazoviy-koordinatsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, integratsiyalash, tasvirlash va tarqatishni ta’minlaydigan apparat-dasturiy inson-mashina majmuini tushunish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari —GAT” atamasi sifatida qandaydir GATning funksional imkoniyatini asosan tabiatdan tadbiq etishga qaratilgan dasturiy mahsulot sifatida qabul qilishadi. Xarita vositasida voqea va ob‘yektlarning fazoviy joylashuvini, ularning miqdor va sifat ko‘rsatgichlarini tahlil qilish zarurati ko‘pgina mutaxassislarda paydo bo‘ladi. Avvalombor bular katta ma’lumotlar massiviga ega bo‘lgan, yechim qabul qiladigan boshqaruv xodimlari. Shuningdek xaritalarga konchilik ishlab chiqarishi mutaxassislari ham muhtoj (mahsulatlarni sotish bozorlari, xududni konchilik tufayli ifloslanishini baholovchi xodimlar). Xaritadan foydalanuvchilarning doirasi nihoyatda keng. Geografik axborot tizimlariga bo‘lgan so‘rovlarni so‘nggi yillarda keskin o‘sib borishi shundan dalolat beradi. GAT bugungi kunda xududlarning rivojlanish xususiyatlarini tadqiq qilish va komleks yechimlar qabul qilishdagi hilma-hil ma’lumotlarni tahlil qilish vositasi sifatida qo‘llanilmoqda. GATning yana bir xususiyatlaridan biri bu mavjud ma’lumotlarning koordinatalarga ega ekanligi. Demak bunday ma’lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati mavjudligi uning ayomiy grafiklarda taqdim etish va yechimlar qabul qilish imkonini yaratadi. GAT holatining o‘zgarishini kuzatish, tezkor o‘zgartirishlar kiritish va fazoviy ma’lumotlar bilan ko‘pgina boshqa masalalarni yechishda qo‘l keladi. Bu o‘z navbatida bozorni muvofaqqiyatli rivojlanishini ta’minlab, sezilarli iqtisodiy samara olish uchun ishonchli zamindir. Zamonaviy GAT integrallashgan axborot tizimining yangi turi sifatida namoyon bo‘lib, bir tomondan avvallari mavjud bo‘lgan avtomatlashgan axborot tizimlarining ma’lumotlarni qayta ishlash usullarini o‘zida mujassam etsa, ikkinchi tomondan ma’lumotlarni tashkil qilsih va qayta ishlashda o‘zining maxsus xususiyatlarga ega. GAT ko‘pmaqsadli, ko‘pmasalali boshqaruv tizimi sifatida xizmat qiladi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) uchun asos vazifasini o‘taydi. Bu GATning yuqori maqomini ta’minlaydi va uning zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalari uchun tashkiliy vosita ekanligini tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda geografik ilovalarda foydali qazilma konlaridan foydalanishdagi geaxborot tizimlarida rivojlanishning ikkita yo‘nalishi shakllandi. Geologiya va konchilik ishida bular-axborotli va analitik-prognozli ilovalar. Qoidasi bo‘yicha davlat budjeti hisobidan olingan birlamchi geologik ma’lumotlar Davlat geologiya fondiga topshiriladi. Geologik xaritalash ishlari bo‘yicha tuziladigan shartnomalarda GATdan foydalanish bilan bir qatorda olinadigan materiallarni raqamli ko‘rinishda taqdim etish ko‘zda tutilgan. Bu borada Davlatimiz miqyosida bajariladigan va bajarilishi ba’zi bir global masshtabdagi ishlarni ko‘rstib o‘tamiz: O‘zbekistonning sun’iy yo‘ldoshlardan olingan tasvirlar bo‘yicha raqamli geologik xaritasini yaratish; O‘zbekiston va qo‘shni MDH davlatlarning geologic mazmundagi Atlaslarini yaratish; O‘zbekistonning geologik tuzilishi va o‘rganilganligi xaritaisni yaratish. Dunyoda kon-geologik masalalarni yechishni avtomatlashtiradigan va yer qa’rini o‘rganishda qo‘llaniladigan atigi bir necha ixtisoslashgan dasturlar mavjud. Bu integrallashgan kon-geologik informatsion tizimlar deb ataladi. Odatda ushbu dasturlar xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, maskur kompaniyalar yoki ularning distribyuterlari tomonidan dunyo bozoriga chiqariladi. Dasturlar konchilik korxonasining xususiyatini alohida inobatga olmaganligi tufayli, konni qazib olish sharoitiga moslab har bir dasturni adaptatsiya qilish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari mazkur dasturlar o‘zlashtirish uchun juda murakkab, narxi baland, ularning bizning fazomiz uchun xududiy versiyalari istemolchiga kechikib yetib keladi. Bu o‘z navbatida o‘zimizning xususiylashgan dasturlarimizni ishlab chiqishini taqazo etadi. Ular albatta funksional xususiyatlari bo‘yicha xorijiy dasturlardan qolishmasligi kerak. Boshqacha yo‘nalish ham mavjud, qachonki, ixtisoslashgan masalalarni yechish uchun ma’lum dasturlar negizida mavjud dasturlash tilidan foydalangan holda makroslar va senariylar ishlab chiqiladi. Lekin ular yer qa’rini o‘rganishda va foydali qazilmani qazib olishda kam qo‘llaniladigan GAT-paketlar: Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling