S. T. Turg'unov, L. A. Maqsudova, H. M. Tojiboyeva, G. M. Nazirova, M. A. Umaraliyeva pedagogik jarayonlarni


PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/62
Sana22.08.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1669111
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
S.Turg\'unov Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish

PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA 
BOSHQARISH YO'NALISHIDAGI ASOSIY 
TUSHUNCHALAR,
TAYANCH SO'Z VA IBORALAR
Avtoritar rahbarlik - bu uslubda faoliyat ko'rsatuvchi 
professor-o'qituvchilar o'z irodasini o'quvchi-talabalarga 
ma'muriy 
kuch 
vositasida 
o'tkazishga intiladi
ya'ni 
majburlash, 
qo'rqitish, 
jazolash 
va 
boshqa 
chora- 
tadbirlardan foydalanadi. Bu uslub bevosita buyruq va 
ko'rsatmalar berishga asoslanib, o'quvchi-talabalami so'zsiz 
bo'ysunishini nazarda tutadi, ya'ni pedagogik jarayonlarda 
o'quvchi-talabalar 
erkinligi 
cheklanadi 
hamda 
faqat 
professor-o'qituvchilar 
pedagogik 
jarayonning 
yagona 
sub'yekti sifatida faoliyat ko'rsatadi. O'quvchi-talabalaming 
bevosita va erkin muloqotda bo'lishi chegaralab qo'yiladi. 
Bunday 
vaziyatda 
o'quvchi-talabalaming 
pedagogik 
jarayonga munosabatlari, ulaming ehtiyojlari va manfaatlari 
psixologik jihatdan e'tiborga olinmaydi.
Bu "ajratib tashla va hukmronlik qil" tamoyiliga 
asoslangan shafqatsizlarcha uslubdir. Bunday uslub garchi 
bir-muncha 
samarali 
bo'Isa 
ham, 
aslida, 
pedagogik 
jarayonlarda muxoliflik, norozilik kayfiyatini shakllantiradi. 
Bunday 
uslub 
ta'sirida 
o'quvchi-talabalar 
o'z 
o'quv 
faoliyatidan qoniqmaydi, uning natijalariga qiziqmaydi va 
bular o'z navbatida pedagogik jarayonning samaradorUgini 
pasayishiga sabab bo'ladi. Bunda mazkur uslubning turli xil 
shakli va usullari vujudga keladi:

mutloq - diktatorlik shakli - professor-o'qituvchilar 
pedagogik jarayonning yagona sub'yekti sifatida faoliyat 
ko'rsatadi, mazkur jarayonda o'quvchi-talabalar faol ishtirok 
etmaydi. 
Bunday 
uslubdan 
foydalanuvchi 
professor- 
o'qituvchilar 
muttasil 
buymq 
berishga, 
majburlash, 
qo'rqitish orqali o'quvchi-talabalami o'z istaklariga so'zsiz 
bo'ysundirishga intiladi, natijada o'quvchi-talabalarda ta'lim
75


uchun ta'lim olish, ya'ni o'z faoliyatidan qoniqmasdan yoki 
o'rganilayotgan fanga qiziqishsiz ta'lim olish, shaxsiy 
qiziqishlarsiz va manfaatlar uyg'unlashuvisiz ta'lim olish, 
muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqib ta'lim olish, majburan ta'lim 
olish yo'nalishidagi motivlar shakllanadi;
- avtokratik usul - yakkahokimhk tushunchasini 
bildiradi, ya'ni hukmronlikni amalga oshiruvchi professor- 
o'qituvchilaming ixtiyorida keng imkoniyat va vakolatlar 
bo'lishini ko'zda tutib, 
bu 
ma'muriy buyruqbozlikka 
asoslangan boshqaruvning byurokratik turi;

patriarxal yoki 
matriarxal 
shaklida 
professor- 
o'qituvchilar 
"oila 
boshlig'i" 
mavqeidan 
foydalanish 
yordamida 
pedagogik jarayonlarni 
tashkil 
etadi 
va 
boshqaradi, o'quvchi-talabalar ularga nisbatan juda katta 
ishonch bildirishadi va shunga asosan bo'ysunishadi;
- iltifotli - xarizmatik shakli
bunda professor- 
o'qituvchilar shaxsning o'ziga xos takrorlanmas donolik, 
xayrixohlik, qahramonlik, mardlik kabi xususiyatlariga 
asoslangan yuqori darajadagi mavqeidan foydalanadi, 
o'quvchi-talabalar uning 
xatti-xarakatlarini, 
maqsadlari 
yo'nalishini o'zaro munosabatlar jarayonida kuzatishadi, 
shuningdek, uning ijobiy sifatlariga, ichki dunyoqarashiga 
hurmat bilan qarashadi.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling