S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-ish. Tomat mahsulotlar tayyorlash Darsning maqsadi
- Ishlash tartibi
- Tomatdan sharbat tayyorlash.
- Tomat pyure.
- Tomat halimi.
va materiallar:
shisha idishlar, qopqoqlar, avtoklav, xom ashyo, tuz, ziravorlar, pichoq. 0 ‘ziashtirish uchun savollar 1.Uy sharoitida sabzavotlardan asl konservalar qanday tayyorlanadi? 2.Pomidomi konservalashning “Bolgariya” usulini tushuntirib bering. 3. Konservaiarga uksus kislotasi nima uchun qo‘shiladi? 4. Sabzavot konservalarini tayyorlashda qanday konsentratsiyali namakob ishlatiladi? 29-ish. Tomat mahsulotlar tayyorlash Darsning maqsadi: talabalarga tomat mahsulotlari, ya’ni pomidor qaylasi, halimi, ketchup va boshqalar tayyorlash texnologiyasini va xomashyo miqdoriga ko‘ra tayyor mahsulot chiqishini hisoblashni o‘rgatish, Tomat mahsulotlari sabzavotdan tayyorlanadigan maxsus konservalar guruhiga kiradi. Masalan, tomat sharbati, bo'tqasi, xalimi vasouslar. Ishlash tartibi: tomatlarda kislota miqdori yuqori bo‘lgani uchun ulami ochiq vannada sterilizatsiya qilish mumkin (80-90 °S). Xom ashyo sifatida tomatlardan konserva qilayotganda hamma navlar ham yarayveradi (sog'lom, pishgan, chiriinagan, och yoki to‘q qizil shuningdek pishmagan xom mevalar). Tomatdan sharbat tayyorlash. Tomat sharbati tayyorlash ishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi. mahsulotni tekshirish, yuvish, maydalash, blanshirlash, ezish, shibbalash, idishlarga quyish, steri lizatsiyalash va nihoyat idishlami zichlab berkitish. Mahsulotni tekshirish yoki inspeksiya qilish degani ulardagi sifatsiz mahsulotni olib tashlash va refraktometr yordamida quruq moddalar miqdorini aniqlash demakdir. Yuvilgan mahsulot maydalanib, hosil bo‘lgan massa istiladi yoki blanshirlanadi va shibbalanadi. Blanshirlashda mahsulot tarkibidagi protopektin gidrolizlanadi va pektinga aylanadi, bu esa sharbat miqdorini ko‘payishiga olib keladi. О‘quv xo‘jaligida bunday maqsadlar uchun maxsus shibbalagich mashina ishlatiladi. Bu mashina teshikli (1-1,5 mm diametrli) zanglamaydigan po‘latdan iborat bo'lib, yon devorlari yog‘ochdan ishlangan, g‘alvir ichida valik yuradi. U tomat hajmini shibbalab beradi va yaxshi sharbat chiqishini ta’minlaydi. Olib kelingan mahsulot va sharbat miqdoriga qarab, chiqim foizi aniqlanadi. Agar sharbat miqdori urug‘i bilan hisoblansa, u holda sharbat chiqimi bosbqacha bo‘ladi. Idishlarga solingan sharbat 15-30 daqiqa davomida 80 °S haroratda sterilizatsiyalanadi. Germetik berkitilgan idishlar to‘nkarilgan holda saqlanadi. Tomat pyure. Eziiib istilgan tomat hajmi emallangan idishga solinib, quruq inodda miqdori 12% boTgungacha pishiriladi. Albatta past alangada mahsulot har doim aralashtirilgan holatda kuydirilmasdan pishiriladi. Tomat pyure 3 litrli bonkalarga issiq holida to‘ldiriladi, U sterilizatsiya qilinmaydi. Tomat halimi. Halim ishlab chiqarish sharoitlarida vakuum- apparatlarda ( 22 -rasm) tayyorlanadi, chunki u oddiy sharoitlarda tagi kuyib ketishi mumkin. Shu bois halim tayyorlanish texnologiyasi bilan talabalar konserva zavodlariga ekskursiya vaqtida tanishtiriladi. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling