S. Y. Is kamov
Nonni organoleptik baholash. Nonni
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428 (1)
Nonni organoleptik baholash. Nonni
organoleptik b a h o la s h d a uning tashqi qiyofasi: sirti, ranggi, shakli, qobiq va mag'iz holati, yopilishi, egiluvchanligi, ta’mi va hidi tekshiriladi. Tashqi qiyofasi. Nonning tashqi qiyofasi uni ko'zdan kechirish yo'li bilan aniqlanadi. Bunda nonning shakli, sirtining xususiyati va qobiq ranggi inobatga olinadi. Topilgan kamchiliklar - ifloslanganligi, qobig‘ining g‘adir-budirligi, yirik yoriqlar, yangi ezilish va boshqalar. Sirti tekis yoki oz g‘adir-budir, yirik yoriqsiz bolishi kerak. Eslatma, Yuqori qobiqda bir yoki bir necha y o 'nalishda о ‘tgan va I sm enlikdagi yoriqlar yirik hisoblanadi. Agar qo ‘porilganligi shakli nonning butun yon tara/i bo 'yini yoki shaklsiz nonda 1 sm dan ко ‘p yirik hisoblanadi: Shaklsiz nonda quyi qobig'ning butun aylanasi bo ‘yicha qo 'porilishi ruxsat etiladi. Ranggi bir tekis, och sariqdan to ‘q jigarranggacha (non turiga qarab, kuymagan va rangsiz emas) bo'ladi. Shakli tegishli shaklga mos, tuxumsimon nonlarda to ‘g ‘ri.va uzun. Qobiq qalinligi non turiga qarab 3-4 mm dan oshmasligi zarur. Qobiq qalinligi nonni ko'ndalanggiga kesib aniqlanadi. Shu maqsadda mahsulot ko'nadlanggiga o lk ir pichoq bilan kesiladi, qobiq qalinligi uch joyda o ‘lchanadi va о‘rtacha arifmetik hisoblashda 3-4 mm dan oshmasligi kerak. Agar ifloslanish yoki mag‘izdan qobiq ajralishi kuzatilsa, unda bu kamchiliklar ishi daftarida qayd etiladi. M aglz holati nonni ko'ndalang kesib aniqlanadi (43-rasm). Bunda asosiy e’tibor qanday yopilganligi, egiluvchanligi, g‘ovaklarni bir tekis joylashishi, katta bo'shliqlari, zuvalachalari, tuz qo'shish va toblanish bor yoki yo‘qligiga qaratilishi zarur. Non yaxshi yopilgan bo‘lishi, mag'zi yopishqoq bo‘lmasligi va qo‘l tekkanda namhgi bilinmasligi shart. Non mag‘zini barmoq bilan bosib yoki mag‘izdan soqqachalar yasash bilan aniqlanadi. Yomon yopilgan non qo'lga yopishib, bosishda mag‘zi ezilgancha qoladi. G'ovaklik bir tekis bo‘lib, nonning yuqori qismida u yirikroq bolishi mumkin. Nonda bo‘shliqlar va ortiqcha toblanish belgilari — g‘ovaksiz zich joylari boimasligi kerak. 43-rasm. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling