S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-ish. Pomidor tuzlash Darsning maqsadi
Jihoz va materiallar:
bochkalar, chelaklar, xom ashyo, pichoq, ziravorlar. 0 ‘zlashtirish uchun savollar 1. Nima uchun bodring tuzlash uchun kechki navlari ishlatiladi? 2. Tuzlanganda osh tuzi qanday rol o'ynaydi? 3. Tayyor tuzlangan mahsulotda necha foiz sut kislotasi bolishi kerak? 4. Ortiqcha sut kislotasi hosil bo‘lmaslik uchxm nima qilish kerak? 20-ish. Pomidor tuzlash Darsning maqsadi: pomidor tuzlash tartibi bilan tanishish. Tatabalarga pomidor tuzlashni va tuziashda zarur boladigan ziravorlar, jihozlar va materiallami hisoblashni olgatish. Ishlash tartibi: Sifatli mahsulot tuzlash uchun pomidor mevasini mayda va o‘rta katta-kichiklikdagi, shakli to£g ‘ri, po'sti qattiq, et qismi zich, kam xonali mevalar tavsiya etiladi. Ta’mi bo‘yicha yaxshi bolishi uchun pomidor mevasini pushti rang yoki nimrang mevalar yaxshi deb hisoblanadi. Yetilmagan yashil pomidor mevasini tuzlaganda ulardan dag‘al va ta’mi shirin bo‘lmagan mahsulot olinadi. Agar qizil pomidor mevasini tuzlansa, bunday mahsulot ezilib yorilib ketadi. Mahsulot va ziravorlami tuzlashga tayyorlash bodring singari boladi. 100 kg pomidor tuzlashga 1,5 kg yangi ukrop, 0,3-0 ,6 kg qarag‘at bargi estragon, xren, 100 g qizil achchiq garmdori va 100 g kesilgan sarimsoq va xren ildizi kerak bo'ladi (13-jadvalga qaralsin). Idishga solingan pomidor mevalari va ziravorlar ustidan namakob quyiladi. Osh tuzi pushti rang pomidor mevalariga 8 foiz, qizil ranglarga 9 foiz va xom va nimrang mevalar uchun 7 foiz solinadi. Pomidor ham kamram va bodring singari bochkalar va shisha bonkalarga tuzlanadi (14-rasm). Pomidor achishi va tuzlangan mahsulotni tayyor bolishi bodringlarga qaraganda taxminan ikki marotaba tezroq yetiladi. Shundan keyin bochkalar berkitilib 2-3 kundan keyin sovuqxonalarga jo'natiladi. Shisha bonkalarga tuzlanganda, tayyor bolgan mahsulot 7-10 kundan keyin germetik berkitiladi va ular ham yer tolalarda saqlanadi. Tuzlangan poxnidorlami sifat kolsatkichlari quyidagicha boladi: mevalari, bir xil olchamda, butun ezilmagan, namakobning ta’mi mevalarga to liq olgan, namakobning ranggi oqish, lekin ozgina loyqalangan va pomidor mevasini hidi kelib turadi. Ta’mi yoqimli, sho‘rroq va ziravorlamirig ta’mi kelib turadi, biroq mog‘or hidi yoki ta’mi bolishi mumkin emas. Pomidor mevasida tuz miqdori 3-6 foiz va kislota miqdori (sut kislotasi) 0,7-1,5 foiz bolishi kerak. 1-vazifa: Pomidor tuzlash 2- 3 kishidan iborat guruhlarga bolinib o‘quv tajriba xo‘jaligida amaliyotda bajaxiladi. Har bir zvenoga quyidagi topshiriq beriladi: pomidor navini olcham i bo‘yicha saralash, namakob quwatini aniqlash va idishni tayyorlash. Ziravor tarkibi, saqlash sharoitlari aniqlanishi kerak. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling