S. Y. Is kamov


(stellajning eng ustki qavatining ko‘rinishi)


Download 7.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/133
Sana04.09.2023
Hajmi7.3 Mb.
#1672563
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
kitob 00617a84a6c9428 (1)

(stellajning eng ustki qavatining ko‘rinishi)
Sabzi va boshqa ildizmevalilar tokchalarda yoki yer sathida, har 
qatlam orasiga qum sepib, uyum yoki piramida shaklida yaxshi 
saqlanadi. Piramidalar o‘lchami: uzunhgi 2-7 m (omborxona kenghgiga 
qarab), asosining kengligi 1 metrgacha, joylash balandhgi 0,7-0,8 m. 
Uyum balandhgi: sath yoki ostki tokchada 0,7-0,8 m va yuqori tokchada
0,5-0,6 m. Sabzini yer sathida saqlashda piramida ostiga 6-7 sm 
qalinlikda qum sepiladi. Ildizmevalar ustidan 4-5 sm qalinlikda qum 
sepiladi. Bir tonna sabzi uchun 0,5 m3 atrofida qum ketadi.
Keyingi 
yillarda 
ildizmevalarni 
idishlarda 
saqlash 
keng 
qo‘llanmoqda. Odatda shu maqsadda 25-30 va 8-10 kg li yashiklar 
yoki katta hajmli konteynerlar ishlatiladi. Uning ijobiy tomoni 
shundaki, faol shamollatish va joylashtirish qulaylashadi, shuningdek, 
ombor maydonidan foydalanish imkoniyatlari kengayadi.
Jihoz va materiallar: adabiyotlar, chizg‘ich, qalam, meva- 
sabzavotlar saqlanadigan turli idishlar, kalkulyator.
0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Kartoshka, karam, piyozning oziq-ovqat sifatidagi ahamiyati va 
bu sabzavotlaming kimyoviy tarkibi.
2. Meva va sabzavotlami doimiy omborlarga joylashtirishda qaysi 
uslublar keng tarqalgan?
3. Kartoshka, karam, piyozni saqlanayotgan asosiy davrda 
qo‘llaniladigan eng yaxshi issiqlik va havoning namligi qanday 
bo‘lishi kerak?
4.Mevalarni yashiklarda saqlashda tagliklar qo‘llaslming qanday 
aharoiyati bor?


3-ish. Meva-uzumni yig‘ib-terib olish, joylashtirish va saqlash 
uchun ishchi kuchi, inventar, idish-qutilar va boshqa 
materiallarni hisoblash
Darsning maqsadi: talabalarga meva-uzumni o‘z vaqtida va 
isroflarsiz yig‘ib-terib olishga o‘rgatish. Buning uchun yig‘im-terim 
hamda meva-uzumni joylashtirish davrida talab etiladigan ishchi 
kuchi, inventar v a materiallarni hisoblashni o'rganish.
M a’lumki, meva-uzumni o ‘z vaqtida isrof qilrnay terib olish 
mas’uliyatli ishlar hisoblanadi. Bu ishlami yuqori saviyada o ‘tkazish 
uchun terim boshlanishidan oldin mavsumda foydalaniladigan barcha 
anjomlami, y a’ni narvon, terim chelaklari yoki savatlari, ilgaklar
arqon va boshqalami taxt qilib qo'yish talab etiladi (5-rasm).
1-vazifa. Mavsumda bir kunda teriladigan meva (t), terimchilar 
va yordamchilar miqdorini aniqlash:
a) yozgi navlar — 350 t (Samarqand to‘n g ‘ichi, Toshkent borovin- 
kasi, Grafenshteynskoe krasnoe). Yig'ish muddati 5/V dan 10/VI 
gacha.
b) kuzgi navlar - 600 t (Zolotoe grayma, Parmen zimniy zolotoy
Djonatan). Yig‘ish muddati 10/VII dan 20/VIII gacha.
v) qishki navlar - 1200 t. (Vaynsep, Renet Simirenko, Oq 
Rozmarin). Yig‘ish muddati 10/VIII dan 10/IX gacha. Bir ishchiga 
kundalik m e’yori 350 kg olma mevasi. Bir yordamchi ishchiga 
kundalik ish, y a’ni olmani to ‘plash - 2,5 t.

Download 7.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling