S. Y. Is kamov


Download 7.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/133
Sana04.09.2023
Hajmi7.3 Mb.
#1672563
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133
Bog'liq
kitob 00617a84a6c9428 (1)

Jihoz va materiallar: torozi, meva namunalari, chizg'ich, qalam, 
shtangensirkul, menzurka, shisha idishlar.
O'zlashtirish uchun savollar


1. Meva-sabzavotlaming asosiy tovar ko‘rsatkichlariga nima 
kiradi?
2. Meva-sabzavotlami katta-kichikligi, og‘irligi, hajmi va boshqa 
ko'rsatkichlami o ‘lchash nima uchun kerak?
3. Mevalarning hajmi oddiy sharoitda qanday aniqlanadi?
4. Mevalarning tashqi ko‘rinishi nima uchun murakkab belgi 
hisoblanadi?
7-ish. Kartoshka, meva va sabzavotlarning kimyoviy 
ko‘rsatkichlarini aniqlash
Darsning maqsadi: Kartoshka, meva va sabzavotlarning 
kimyoviy tarkibi bilan tanishish. Malisulotlar kimyoviy tarkibidan 
ayrim asosiy moddalami laboratoriya sharoitida aniqlash usullarini 
talabalarga o‘rgatish.
M a’lumki, sabzavot va mevalar asosan suv, qand, kraxmal, kislota 
va vitaminlarga boy hisoblanadi. Shuning uchun bu mahsulotlar tez 
buziluvchan bo‘ladi, undan tashqari ular qayta ishlanayotganda va 
saqlanayotganda bu moddalar juda katta o ‘rin tutadi. Ya’ni, ulami bor 
miqdoriga qarab ular sifati haqida ma’lum m a’lumotga ega boiinadi
masalan meva-sabzavotlami quritishda yoki sharbat ishlab chiqarishda 
tayyor mahsulotlar chiqimini aniqlashda va h.k.
1-vazifa. Qumq modda miqdorini quritish javonida mutlaq 
og‘irligiga qarab aniqlash.
Ishlash tartibi: analitik tarozida ikkita byuks idish tortiladi, ular 
eksikator ostiga ish boshlashga qadar qo‘yiladi. Keyin ikkala byuks 
xdishiga maydalangan meva yoki sabzavot taxminan yarmigacha 
solinadi (namunaga, asosan, 1,5-3 grammgacha olinadi), tahlilga 
olinishdan oldin namuna yaxshilab maydalanadi. Buning uchun 
zanglamaydigan pichoq bilan maxsus taxtalarda kesiladi. Har bir 
maydalangan mahsulot bo‘lagi 3-5 mm dan katta bo'lmasligi kerak. 
Qurigan kartoshka esa 1 mm dan oshmasligi, sabzi va lavlagi 
qirg‘ichdan o ‘tkazilishi kerak.
Suvli meva va sabzavotlar maxsus chinni idishlarda ezilib 
maydalanadi. Byuks ichidagi kvars qumga solingan namuna aralash 
tortiladi (aniqligi 0,0001 grammgacha) va quritish javoniga qo‘yiladi 
(10-rasm).


10-rasm. Quritish shkafi va fear xil o‘lchamli alyumin byuks
idishlar
Quritish javonidagi harorat 105 °S darajaga keltiriladi va dastlabki 
20-30 daqiqada qurish harorati 100-105 °S dan oshmasligi kerak 
(fennentlar ta’sirini to ‘xtatish uchun), asosiy quritish vaqtida 80-90 °S 
atrofida bo‘lishi shart. Keyin narnuna mutlaq og‘irlikka kelganda 
harorat 105 °S b o lad i. Umumiy quritish vaqti 3-5 soatga yetadi, 
shuning uchun qolgan hisob-kitob va o'lchovlar keyingi darsga 
qoldiriladi. Quritish javonidan chiqarilgan byukslar eksikator ostiga 
20-30 daqiqaga qo‘yib sovutiladi. Eksikator tagida odatda oltingugurt 
kislotasi bo‘lishi kerak. Sovutilgan byukslar yana tortiladi, agar 
namuna mutlaq og‘irlikka yetmagan bo‘lsa,u holda yana quritiladi 
(105 °S da). Talabalarga o ‘tilayotgan darsda bir marta tortish bilan 
kifoyalansa bo‘ladi.
Olingan natijalar quyidagi 8-jadval bo‘vicha yoziladi va qimiq 
modda miqdori aniqlanadi.
8~jadval

Download 7.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling