S. Y. Is kamov


-ish. Sabzavotdan as! konservalar tayyorlash


Download 7.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/133
Sana04.09.2023
Hajmi7.3 Mb.
#1672563
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133
Bog'liq
kitob 00617a84a6c9428 (1)

28-ish. Sabzavotdan as! konservalar tayyorlash
Darsning maqsadi: 
talabalami sabzavotlardan asl konservalar 
tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish. Ularga yashil no‘xat, 
bodring, pomidor va boshqa sabzavotlardan koserva tayyorlashni 
o‘rgatish.
Yashil no‘xat, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlardan asl 
konservalar ko‘p ishlab chiqiladi. U konservalami tayyorlash 
texnologiyasiga o‘xshab ketadi, ya’ni mahsulotni tayyorlash, yuvish, 
bonkalarga joylash, eritma tayyorlash va bonkalarga quyish, berkitish, 
sterilizatsiyalash.
Ishlash tartibi: 
sabzavotlaming tarkibida kislota kam bo‘lganligi 
uchun (shovuldan tashqari) ulami 100 °S dan yuqori haroratda 
sterillanadi. Konserva korxonasi sharoitida bu ishlarni avtoklavlarda 
120 °S haroratda o‘tkazish mumkin, chunki u yerda bosim kam 
beriladi.
О‘quv amaliy otida sabzavotlami konservalashda ochiq sterili- 
zatsiya o‘tkazish mumkin. Bunda suvli eritmaga tuz qo‘shiladi, ste- 
rilizatsiya harorati 107-108 °S gacha bo'ladi va zararli mikroor-


ganizmlar halok bo‘ladi.
Umuman sabzavotdan konservalami tayyorlash qiyin bo‘lganligi 
sababli talabalami konserva korxonasiga ekskursiyaga olib borish 
yo‘li bilan o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mahsulotga bo'lgan talab quyidagicha: yashil no'xat - konser- 
valash uchun hamma navlami ishlatsa bo‘ladi. Ulami dumbulligida 
teriladi, chunki bu vaqtda unda qand moddasi ko‘p bo‘lib, kraxmal 
moddasi kam bo‘ladi.
Konservalashda asosan yashil no'xat uch o‘lchamga bo‘linib 
saralanadi (mayda, o‘rta, yirik no‘xatlar). Meva 2-4 daqiqa davomida 
blanshirlanadi (96-98 °S da), keyin sovuq suvda sovutiladi va bon- 
kalarga solinib, issiq eritma (2,5% osh tuzi, 2,3% shakar) quyib 
aralashtiriladi.
Bodring mevalarining mayda dumbulchaiaridan yaxshi konserva 
tayyorlanadi. Yirik mevalari mayda bo'laklarga bo‘linib, issiq 
6
% li 
namakob quyiladi. Bu eritmaga 1% li sirka kislotasi va har xil ziravor 
- ukrop, qorag‘at, estragon va h.k qo'shiladi. Sterilizatsiyalash 
harorati 100 °S.
Pomidor. Mayda mevali navlar konservaga yaxshi ishlatiladi. 
Yuvilgan mevalar bonkalarga solinib, 2-3% li namakob quyiladi. 
Ayrim vaqtda (Bolgariya usuli) pomidor mevalari qaynab turgan 
suvda blanshirlanadi. Tozalangan mevalar bonkalarga solinadi va 2% 
li namakob qo‘shiladi, 100 °S harorada sterilizatsiyalanadi. Bunday 
konservalar tayyorlashda sabzi, lavlagi, piyoz va boshqa masalliqlar 
ishlatiladi.
Vazifa. 
Talabalar sabzavotlardan asl konservalar tayyorlash bilan 
faqat konserva korxonasiga ekskursiyaga borib amaliy tanishadi. 
Tanishuv jarayonida texnologik tizmalami batafsil o'rganishadi. 
Ekskursiyadan qaytgach, texnologik liniyalar sxemasi chizilgan holda 
hisobot yoziladi.
Jihoz 

Download 7.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling