S. Y. Is kamov
-ish. Sabzavotdan as! konservalar tayyorlash
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlash tartibi
28-ish. Sabzavotdan as! konservalar tayyorlash
Darsning maqsadi: talabalami sabzavotlardan asl konservalar tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish. Ularga yashil no‘xat, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlardan koserva tayyorlashni o‘rgatish. Yashil no‘xat, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlardan asl konservalar ko‘p ishlab chiqiladi. U konservalami tayyorlash texnologiyasiga o‘xshab ketadi, ya’ni mahsulotni tayyorlash, yuvish, bonkalarga joylash, eritma tayyorlash va bonkalarga quyish, berkitish, sterilizatsiyalash. Ishlash tartibi: sabzavotlaming tarkibida kislota kam bo‘lganligi uchun (shovuldan tashqari) ulami 100 °S dan yuqori haroratda sterillanadi. Konserva korxonasi sharoitida bu ishlarni avtoklavlarda 120 °S haroratda o‘tkazish mumkin, chunki u yerda bosim kam beriladi. О‘quv amaliy otida sabzavotlami konservalashda ochiq sterili- zatsiya o‘tkazish mumkin. Bunda suvli eritmaga tuz qo‘shiladi, ste- rilizatsiya harorati 107-108 °S gacha bo'ladi va zararli mikroor- ganizmlar halok bo‘ladi. Umuman sabzavotdan konservalami tayyorlash qiyin bo‘lganligi sababli talabalami konserva korxonasiga ekskursiyaga olib borish yo‘li bilan o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mahsulotga bo'lgan talab quyidagicha: yashil no'xat - konser- valash uchun hamma navlami ishlatsa bo‘ladi. Ulami dumbulligida teriladi, chunki bu vaqtda unda qand moddasi ko‘p bo‘lib, kraxmal moddasi kam bo‘ladi. Konservalashda asosan yashil no'xat uch o‘lchamga bo‘linib saralanadi (mayda, o‘rta, yirik no‘xatlar). Meva 2-4 daqiqa davomida blanshirlanadi (96-98 °S da), keyin sovuq suvda sovutiladi va bon- kalarga solinib, issiq eritma (2,5% osh tuzi, 2,3% shakar) quyib aralashtiriladi. Bodring mevalarining mayda dumbulchaiaridan yaxshi konserva tayyorlanadi. Yirik mevalari mayda bo'laklarga bo‘linib, issiq 6 % li namakob quyiladi. Bu eritmaga 1% li sirka kislotasi va har xil ziravor - ukrop, qorag‘at, estragon va h.k qo'shiladi. Sterilizatsiyalash harorati 100 °S. Pomidor. Mayda mevali navlar konservaga yaxshi ishlatiladi. Yuvilgan mevalar bonkalarga solinib, 2-3% li namakob quyiladi. Ayrim vaqtda (Bolgariya usuli) pomidor mevalari qaynab turgan suvda blanshirlanadi. Tozalangan mevalar bonkalarga solinadi va 2% li namakob qo‘shiladi, 100 °S harorada sterilizatsiyalanadi. Bunday konservalar tayyorlashda sabzi, lavlagi, piyoz va boshqa masalliqlar ishlatiladi. Vazifa. Talabalar sabzavotlardan asl konservalar tayyorlash bilan faqat konserva korxonasiga ekskursiyaga borib amaliy tanishadi. Tanishuv jarayonida texnologik tizmalami batafsil o'rganishadi. Ekskursiyadan qaytgach, texnologik liniyalar sxemasi chizilgan holda hisobot yoziladi. Jihoz Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling