Sabirdinov Akbarali Davronova Muxlisa Adxamjon qizi Odil Yoqubovning qissachilik mahorati kirish


Download 148 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi148 Kb.
#1040313
1   2   3
Bog'liq
Monografiya

Uning kulgisi ham, rus so‘zlarini buzib talaffuz qilishi ham endigina tilga kirgan go‘dakning bidirlashiday yoqimtoy edi;

  • U bir talpindi-da, xuddi ho‘l baliqday sirpanib, quchog‘imdan chiqib ketdi va bolalarcha sevinib kuldi;

  • Nazarimda, xonam, nainki xonam, butun jahon ajib bir nurga to‘lganday tuyuldi-yu, qizning iltijosi yodimdan chiqib, tol chiviqday ingichka egik belidan quchdim;

  • U yana o‘sha bolalarcha quvnoq ovozda xandon otib keldi-da, tag‘in g‘aroyib kapalak misol o‘zini eshikka urdi;

    Yuqoridagi tasvirlarda esa yozuvchining ayol go‘zalligini mohir musavvir kabi chizganligini ko‘rishimiz mumkin. Odil Yoqubovning deyarli barcha qissalarida ayollarga hos bo‘lgan nozik jihatlarni turli tashbexlar asosida berilganligiga guvoh bo‘lamiz. Chunki xoh nazm bo‘lsin, xoh nasr ayollar qadimdan tengsiz ilohiy joziba sohibalari sifatida tasvirlanadilar. Bu borada har bir ijodkor o‘z yo‘nalishiga ega. Muallif hayot haqida nimaiki demoqchi bo‘lsa, shuning hammasi pirovardida badiiy asarda tasvir etilgan odamlarning yashash sharoiti, xulq-atvori, ruhiyati, ishlari, intilishlari va o‘ylarida o‘z ifodasini topadi.16 Yozuvchi “Qaydasan, Moriko?” qissasida sofdil va sodda yapon qizi Morikoning tashqi qiyofasi, xatti-harakatlari, o‘zini tutishi orqali uning ichki qalb go‘zalligini , aniqrog‘i, faqatgina ayol qalbiga xos bo‘lgan betakror tuyg‘u – muhabbatni kashf etganligini aytishga urinadi. Shu bilan birga asarni o‘qish davomida Morikoning asar qahramoni bilan bo‘lgan uchrashuvlari davomida biror marta ham odob doirasidan chiqmaganligi va o‘z sha’nini qattiq himoya qilganligini, yapon sobiq generalining qizlarining or-nomusini naqadar qattiq e’zozlashini ko‘ramiz. Yapon millatiga xos bo‘lgan tarbiyaning muhim jihatlarini o‘zbek xalqining sharqona odobiga o‘xshashlikda, uyg‘unlikda tasvirlash va uni o‘quvchiga ham isbotlay olish yozuvchidan katta e’tibor talab qiladi. Faqatgina o‘zbeklarda emas, boshqa jamiki Sharq millatlarida or-nomus, sadoqat va pok muhabbat ayolga xos eng yuqori fazilatlar ekanligini shu mo‘jazgina hikoya orqali anglab yetamiz.
    “Odamlarni, umuman, o‘quvchini halollikka, imonga, diyonatga chorlagan ijodkorning o‘zi halol, imonli bo‘lishi kerak. Aks holda, uning yozganlari yolg‘on bo’ladi. Hech kim ishonmaydi,”4- degan edi Odil Yoqubov. O‘z so‘zi bilan aytganda yozuvchi ko’nglida borini ro‘yi-rost yozgan ijodkorlardan edi. Adibning “ko‘ngil mulki” hisoblanmish asarlari hali uzoq yillar o‘quvchilar qalbida o‘z izini qoldirib yashaydi deb ishonch bilan ayta olamiz.17
    Odil Yoqubov qissalarida tabiat manzaralarini, qahramonlarning ichki va tashqi ko’rinishi va ruhiy holatlarini tasvirlashda o’xshatishlardan, ya’ni shoirona tashbexlardan juda ko’p o’rinlarda foydalanilgan. Tasviriy ifoda va metaforik iboralardan samarali va o’rinli foydalanilgan.
    Yozuvchining ijod sohasiga kirib kelishida otasi katta ro’l o’ynagan. Yozuv-chi bolalik xotiralarini eslar ekan: “Har oqshom katta mehmonxonamiz odamga to’lib ketadi. Qo’ni-qo’shnilar, qarindosh-urug’lar, qiz-kelinchaklar yig’iladi. Aksariyati yoshlar. Dadam taxmondagi kitoblar orasidan jigarrang jildli qalin bir kitobni olib sekin varaqlaydi. Men uning tizzasiga suyanib kitobning bezaklari, ajo-yib suratlarini tomosha qilaman. Bu kitob – “Ming bir kecha”ning 1905-yili bosil-gan rus nashri edi. Dadam kitobni o’qimaydi, bir necha betini o’ychan varaqlaydi-da, keyin sekin hikoya qila boshlaydi. Bu hikoyalar aksariyat tun yarmigacha, ba’zan xo’roz qichqirguncha davom etadi, men ham oyimlarning “yot” deyishlariga quloq solmay, mijja qoqmay eshitaman”4. Bu xotiralar shundan dalolat beradiki, Odil Yoqubov yoshligidanoq kitobga mehr qo’ygan, adabiyotning chinakam ixlos-mandi edi. Uning asarlari xuddi PirimqulQodirov, Oybek, Asqad Muxtor, Shukur Xolmirzayev, Mirkarim Osim, O'tkir Hoshimov kabi yozuvchilar asarlaridek o’quvchilarning qalbidan joy olishga loyiq kitoblardir.

    II. XX asr nasrida obrazlilik va badiiy obraz


    II.1. Obrazlilik va badiiy obraz
    Obraz nazariyasi haqidagi ibtidoiy fikrlarni mashhur yunon faylasufi Aristotelning estetik qarashlaridayoq uchratish mumkin. 18Adabiyotning badiiy obraz vositasida fikrlashi va ifodalashi san’atning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi xususiyati bo’lib, u obrazlilik deb yuritiladi. Bu atamani keng roq tushunishimiz uchun rus tilidagi ko’p ma’noli “obraz” so’zining “biror nimaning ongdagi aksi” (keyingi o’rinlarda “biror nimaning tasviri” )19 ma’nosi asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir badiiy obraz aniq tasvir xususiyatini o’zida mujassam etadi. Turli odamlarni umumiy xususiyatlarni topib, ularni yakka obrazda individual tarzda yaxlitlash orqali yozuvchi tip yaratadi, chinakam san’at yaratadi.
    Yozuvchi o’zi yaratayotgan obrazni individuallashtirish, ya’ni boshqalardan farq qiladigan, ajralib turadigan qahramon yaratish uchun uning ham tashqi, ham ichki dunyosini tasvirlashga, xatti-harakatlari, o’ylari, gap-so’zlari orqali xarakterini konkretlashtirishga harakat qiladi. Obraz-to’qima yordami bilan yaratiladigan va estetik qiymat kasb etadigan inson hayotining umumlashma va ayni chog’da, konkret manzarasidir20 Bu orqali o’quvchi badiiy obrazni xuddi ko’z o’ngida turganday tasavvur hosil qiladi yoki qayerdadir u kabi insonni uchratganday, bu jihatlar hamkasblari, qarindoshlari, do’stlari yoki qo’ni-qo’shnilarining qaysi biridadir xuddi shunday xarakter xususiyatlari borday tuyuladi. Shu bilan birga faqat badiiy obrazgagina xos jihatlarni ham sezadi. Tipik xarakterning o’ziga xos individual xususiyatlari aniqlandimi, bundan keying jarayonlar oson kechadi. Yozuvchi personajning keyingi taqdirini bevosita uning xarakteri bilan bog’liq holda shakllantiradi. Ya’ni personajning taqdirini to’la tasavvur etib, mohiyatni anglashga erishadi.
    Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa va b.) san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bo’lgan shaklda ifodalangan aksidir. Badiiy obrazda obyektiv va subyektiv ibtidolar o’z aksini topadi. Biz obrazdagi obyektiv ibtidoni ko’rganimiz holda undagi subyektiv ibtidoni- asarga singdirib yuborilgan muallifni, muallif qalbini ko’ra olishimiz lozim. Asarning yaratilish jarayoni xususida gap ketganda, biz uning zamirida yotgan yozuvchining cheksiz mashaqqatlarini ham e’tiborga olishimiz shart. Albatta, har bir asarning yaratilishidan ma’lum bir maqsad, iddao bo’ladi. Hech qaysi asar shunchaki dunyoga kelmaydi. Badiiy asarning yaratilish tarixiga nazar solsak, unda davr, mavjud sharoitlar, taqdir har ko’yga solgan, birda yaxshilik, birda yomonlikka oshno insonlar kechmishini ko’ramiz. Unda faqatgina o’quvchi ko’z oldidagi qahramonlar emas, asar muallifining o’zi ham yashaydi.
    Bilamizki, adabiyotda individuallashtirilgan umumlashma tushunchasi ham mavjud bo’lib, u obrazga xos umumiy xususiyat hisoblanib, abstrakt tafakkurga, individual xususiyat obrazli tafakkurga xos. Badiiy obrazda bir paytning o’zida ham individuallik, ham umumiylik uyg’un mujassamlashadi. Misol uchun, Odil Yoqubov qissalariga murojaat etadigan bo’lsak, ularda eng asosiy qahramon sifatida ayollarga ko’proq urg’u berilganini ko’ramiz. Muqaddas, Matluba, “Qanot juft bo’ladi” qissasidagi Shoxista, Hamida, “Qaydasan, Moriko?” qissasidagi Moriko singari ayollar o’ziga individual xususiyatlariga ega bo’lish bilan birga, Sharq ayollariga xos ibo-hayo, iffat, sadoqat, or-nomus tushuncharini yuksak na’munalari sifatida umumiylik kasb etadi. Yozuvchi umumiylikni yakka konkret xususiylik bilan chog’ishtirib g’oyaviy-estetik birlik yaratmog’i lozim. Tipiklashtirish – umumiylik va individuallikning birligidan iborat. Xayot materialini tipiklashtirish orqali yozuvchi badiiy obraz yaratishning so’nggi eng asosiy shartini bajaradi. Misol uchun, yoz oylari issiq va bulutsiz bo’lishini yurtimiz yozining, bo’g’inlardagi og’riqlarni “revmatizm”, “”poliartrit” kasalliklarining, tirnoq orasidan kir qidirishni baxillikning tipik belgisi deyish mumkin.
    Badiiy obrazga xos yana bir xususiyat ratsional birlik – dunyoni bilish vositasidir. Uning yordamida ijodkor o’zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Odil Yoqubovning “Qanot juft bo’ladi”asari misolida ko’radigan bo’lsak, dastlabki fikr va xulosalar asar nihoyasigacha o’zdarib boradi va oxiri muammo o’z yechimini topa boshlaydi. Birgina obraz Sayyoraga bo’lgan hissiy munosabat dastlab, ba’zilarda oilasini, Akramday beozor turmush o’rtog’ini qadrlamaydigan yengiltak ayol sifatida nafrat, ba’zilarda achinish, asar so’ngiga qadar esa undagi iroda, hamdardlik tuyg’ulari paydo bo’ladi. Bu emotsional birlikdir. Badiiy asarning kuchi ham shunda aslida. Badiiy asar va undagi obrazlar san’at na’munasi hisoblanmog’i uchun, avvalo, xuddi mana shunday – bizning ongimizda sezgi a’zolarimiz orqali ta’sir etib turadigan hissiy mazmunga ega bo’lmog’i kerak. Shaklan va mazmunan hissiylik – badiiy obrazning birinchi elementidir.21O’z o’quvchisida chuqur his-tuyg’ularni uyg’ota olgan, uni to’lqinlanisha, g’azablanishga, qo’rqishga, ko’z yosh to’kishga majbur eta olgan, vaqti kelsa sevintira olgan asar qalblardan butun umrga joy oladi.
    Inson tafakkuriga xos xususiyatlardan biri assotsiativlik bo’lib, adabiyotda ham katta ahamiyatga ega. Tashqi olam ta’sirida ongimizda biror narsa-hodisaning aksi paydo bo’lishi hamono u bilan u bilan bog’liq assotsiatsiyalar ham uyg’onadi. Misol uchun, shoir nigohi suvi ayniganroq hovuzchadagi mitti baliqchaga tushadi va bu manzara hovuz – chor-tarafi devor bilan chegaralangan, toza suvdan uzilgan, tilla bo’lsa-da, sassiq suvda yashaydi va u shundan boshqani ko’rmagan – sho’rlik shu yerda yashashga majbur. “Billur qandillar” qissasidagi Nilufarni bunga misol qilib olishimiz mumkin. Zeb-ziynatlarga, billur qandillar bilan bezatilgan qasrday uy-joyga, obro’li, boy-badavlat turmush o’rtoqqa ega bo’lsa-da, uning ham ko’lmakchadagi tilla baliqdan farqi yo’q. Chunki unda baxt yo’q, samimiy va go’zal muhabbat yo’q, hayotida mazmun yo’q.
    Hech qaysi san’atkor badiiy obraz orqali ifodalamoqchi bo’lgan fikrni oxirigacha tugal aytmaydi(ya’ni kitobxon og’ziga chaynab solib qo’ymaydi)boshqacha aytsak, san’atkor obrazda muayyan imkoniyatlar yaratib qo’yadi-da, ularni ro’yobga chiqarishni o’quvchiga qoldiradi. Asarning mohiyatini tushunish uchun o’quvchi uni shunchaki o’qib chiqish bilan maqsadga erisha olmaydi. Birgina kichik epizod orqali yozuvchi katta mulohazani o’rtaga tashlashi mumkin. Uni anglab yetishni, qanday xulosa chiqarishni o’quvchi o’zi hal qiladi. Birgina “O’tkan kunlar” asari ustida juda ko’plab muhokamalar qilingan va haligacha u davom etmoqda. Yoki Odil Yoqubovning “Matluba” qissasi shunday tugunli asarlar sirasiga kiradi desak, yanglishmagan bo’lamiz. Sodda qishloq qizi Matlubaning asar oxirida ham o’z muhabbatiga erisha olmasligi asarga yakuniy xulosa yasashda chigalliklar keltirib chiqaradi. Aybdor kim? O’z sevgisini g’ururi yo’lida qurbon qilgan Matlubami, yengiltaklik va o’tkinchi hoy-u havaslar tufayli Matlubaning samimiy tuyg’ularini toptagan Samig’jonmi, yoki Samig’jonning opasimi? Nega asar baxtli yakun topmadi? Balki yozuvchi bugungi yoshlarga yoshlikni, undagi go’zallik va samimiylikni qadrlash kerakligini, aks holda uni besamar o’tib ketganini sezmay qolishlarini aytmoqchi bo’lgandir. Balki, beg’ubor yoshlik tarovati bo’lmish muhabbatni g’urur va andishalar tufayli qurbon qilish to’g’ri emasligini isbotlamoqchidir. Bu yog’i o’quvchining o’ziga havola. Agar u yaratadigan asar (binobarin, obraz ham) davrning yetakchi fikrlariga asoslanuvchi qudratli subektiv istak natijasi bo’lmay faqat hayotni aks ettirish uchungina tasvirlanadigan bo’lsa, agar u azoblanishning faryodi yoki zavqlanishning madhiyasi bo’lmasa, agar u savol yoki savolga javob bo’lmasa o’z zamonasi uchun “jonsiz badiiy asar” hisoblanadi.22
    Badiiy obraz keng ma’noda borliqning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi(jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor ma’noda inson obrazi tushuniladi. Katta shoir bo’lish, ammo katta me’mor bo’lmaslik mumkin. Ya’ni chiroyli mazmunga nomunosib shakl tanlab, chaylaga ipak gilam yozganday qilib qo’yish mumkin, yoki yayloqqa gul o’tqazish ham ana shu zayldandir. Yoxud xuddi ana shuning butkul aksicha, ajoyib, nafis shaklga g’arib mazmun singdirilsa, bu endi billurdan kuldonu, oltindan belkurak yasash qabilida bo’lib qoladi. Motam vaznida “gulyor” aytilmaganidek, “suvoriy” chalinganda yig’lanmaydi23
    Demak, bundan chiqadigan xulosa shuki, haqiqiy badiiy obrazlarda davrning eng ilg’or ongi xuddi tomchida quyosh aks etgani kabi jonli, to’laqonli va hissiy bir tarzda aks etib turishi, san’atkor obrazning hissiy mazmunini zamona ruhi va talablariga mutanosib bir tarzda shakllantira bilishi lozim.
    A.M.Gorkiy quyidagilarni yozadi: “Badiiy so’z san’ati xayolan tasvvur etish, faraz qilish, o’ylab topishni talab qiladi.”24
    Obrazlarning rang-barangligi, estetik boyligi, ko’p qirraliligi hayotning murakkabligi taqozosidir. Obrazlarning rang-barangligi – konkret tarixiy vaziyatdagi inson xarakterlarini haqqoniy tasvirlash natijasidir.
    II.2. Odil Yoqubov qissalarida ayol obrazi
    Ayol – dunyo beshigi, uning yaratuvchisidir. Jamiyat taraqqiyoti ayol – ona mavqeining darajasi bilan belgilanadi. U jamiyatning har qanday a’zosini yaratadi, tarbiyalaydi va ulg‘aytadi. Ayol qanchalik oqila bo‘lsa, yurt ham shuncha farovon bo‘ladi. Chunki ayollar millatning boshlanishi, kuch-qudrati, iftixoridir. Ayolni obraz sifatida adabiyotga kiritish esa ana shu zotga bo‘lgan intilish, undan kuch olish, xulosa chiqarish uchun.
    Dunyoda onalar bo‘lmasa hayot to‘xtaydi. U xoh inson bo‘lsin, xoh o‘simlik bo‘lsin, xoh hayvon barcha yaratiqning onasi, dunyoga keltiruvchisi bo‘ladi. Ayol ona demakdir. Ayolsiz hayot bo‘lmas ekan, adabiyotda ayollar qatnashmagan asar ham yo‘q. Zero, “Ayol bo‘lmasa, adabiyot bo‘lmas edi. Adabiyot avvalo ayolga atab, ayol uchun, uning ko‘nglini olish, dilidagini bilish, ayol degan xilqat ne o‘zi - shuni anglash uchun yaralgan. Abdulla Qahhor aytganidek, qushning ham erkagi sayraydi. So‘z san'ati avvalboshi er kishining ijodidir, demak, erkakni qiziqtirgan bosh masala adabiyotning asosiy muammosi bo‘ladi. Erkakni esa, tabiiyki, eng avvalo ayol qiziqtiradi. Shu bois, adabiyotning asosiy qahramoni, bosh mavzui – ayoldir”25. Darhaqiqat, deyarli barcha qalam mahsullarida ayol obrazi asosiy o‘rinni egallaydi. Umuman olganda, asli hayot erkak va ayol munosabatlari ustiga qurilgan. U istalgan jihatdan bo‘lsin, ana shu ikki insonning munosabati zamirida mavjud bo‘ladi. Adabiyot esa inson va uning qalbini o‘rganuvchi fandir. Aytish mumkinki, adabiyotda turli mavzu va qarashlar ko‘p, ammo ularning tag zamirini qarasak, barchasi ayol va uning tevaragida aylanadi. Hatto mavzusi hayotni anglashga qaratilgan asarlarning ham mag‘zi birinchi navbatda, ayolni anglashga qaratiladi. “To‘g‘ri, so‘z san'atida ota-onaga muhabbat, tabiat go‘zalligi, halollik, bolalarni sevish, yovlarga nafrat... kabi o‘nlab mavzular bor, bularning har biri ming yillardan beri yuzlab xalqlarning so‘z san'atida chuqur, har taraflama ishlangan. Ammo baribir, ularning hech biri ayol tasvirichalik mavqe kasb etmaydi. Shu ma'noda, insonshunoslik bo‘lmish adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik, ya'ni ayolni o‘rganish, inkishof etish ilmidir. Kuzatsak, eng qadimgi asarlar ham ayolga bag‘ishlangan, ular konfliktini ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto, aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzuining badiiy tadqiqi, uning teranlasha borishi bilan chambarchas bog‘liq”26. Shunday ekan, bu mavzuni tadqiq etish ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
    Vaqtlar o‘tishi bilan obrazlarning qiyofasi, xarakter-xususiyatlari taraqqiy etib bordi. Endi o‘zbek adabiyotida yaratilgan asarlarda ayol obrazi o‘zining boshqa qirralarini namoyon eta boshladi. Asarlarda ayollarning nasihat, xulosa qilish, qissadan hissa chiqarish jarayonidan ko‘ra ko‘proq bevosita jamiyatdagi o‘rni, faol kurashi, ijtimoiy hayotning yorqin namoyandasi sifatidagi badiiy talqiniga kengroq o‘rin berila boshladi. Davr asarlarida ayollar jadal o‘zgarib borayotgan ijtimoiy turmushning ishtirokchisi sifatida jamiyatdagi adolat, oilaviy baxt uchun kurashchi shaxs sifatida talqin etila bordiki, holat butun jamiyatdagi kishilar ongining taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.
    Asli yozuvchilik aytmoqchi bo’lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdir.27Badiiylik deganda hayotni jonli va ta’sirli qilib qaytadan yaratish san’ati, hayot hodisalari ustidan chiqargan “hukmi”, shu “hukm” ruhida tarbiyalash tushuniladi. Obrazlilik badiiylik ichida yashaganidek, obraz obrazlilikning mohiyatini o’zida tashiydi. Yozuvchi Oskar Uayld fikricha, munaqqid- go’zallikdan(badiiy asardan) olgan taassurotini yangi shaklga yoki yangi vositalar bilan ifodalab berishga qodir odamdir. Birgina obraz mohiyatida yuzlab kishilarga xos xislat va belgilarini ko’rish, “tanish bo’lgan notanish” kishilarni uchratish mumkin bo’ladi.
    Umuman olganda, yozuvchining xolisligi, betarafligi, yaxshi-yu yomonni birday tasvirlash usuli badiiy adabiyotning muhim sharti hisoblanadi. Yozuvchi hech kim tomonida turmaydi, u hech kimni qo’llab-quvvatlamaydi yoki fosh etib inkor etmaydi. Xolis munosabat mumkin bo’lmagan vaziyatlarda ham xolisligicha qoladi. Odil Yoqubov bir qarashda juda oddiy, badiiy tasvirga olib kirish mumkin bo’lmaydiganday tuyuluvchi holatlarning favqulodda jihatlarini ko’ra olishi va betakror yo’sinda ko’rsata bilishi bilan ajralib turadi. Adibning ulkan iste’dodi tufayli tug’ilib, adoqsiz mehnati sabab go’zal ko’rinish olgan yetuk badiiy asarlari hamma davrlarda ham o’quvchilarda qiziqish va estetik g’oyalarni uyg’otishda davom etadi.
    Yuksak ijodkorlik mahoratiga ega bo‘lgan adib Odil Yoqubov ijodi boy va serqirraligi bilan hamisha ajralib turgan. Odil Yoqubov ijodida qissa janri salmoqli qismni tashkil etadi. Adib qissalarida asosan inson sha’ni, qadr-qimmati, sadoqatli muhabbatning qudrati, samimiyat va milliy qadriyatlar tarannumi kuylanadi. Zamonaviy adabiyot yozuvchidan uch narsani talab qiladi, birinchisi – hayotni, odamlarni bilish, ularning ruhiyatiga kira olish; ikkinchisi – adabiy iste’dodga, yozuvchilik mahoratiga ega bo‘lish; uchinchisi – vijdonli va jur’atli bo‘lish, xalq va mamlakat hayotining og‘riqli nuqtalarini e’tibordan qochirmaslik, xalq dilining tom ma’noda tarjimoni bo‘lishdir. Afsuski, shu uch shartning eng so‘ngisi kamdan-kam ijodkorlardagina bo‘ladi. Bunday ijodkorlar esa ulug‘ ijodkorlar toifasiga kiradi. Agar Odil Yoqubovni yozuvchilikning ana shu uch shartiga javob beradigan buyuk adib desak, yanglishmagan bo‘lamiz.28Yozuvchining ilk qissasi “Tengdoshlar” bo‘lib, u ijtimoiy dolzarb mavzuga bag‘ishlangan, g‘oyaviy o‘tkir, zamonaviy, kitobxonlarni kommunistik ideallar ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan asarlardan biri edi. Xalq va jamiyat hayotining nozik masalalari, kishilar boshiga tushgan ko‘rguliklar, qahramonlar ruhida kechayotgan tug‘yon va kurashlar, hayotdagi ziddiyatlar… keyinchalik sovetlar davri adabiyotidan quvib chiqarilgan edi. Odil Yoqubovning “Bir felyeton qissasi”, “Muqaddas”, “Matluba”, “Qanot juft bo‘ladi” va “Billur qandillar” singari qissalari esa mana shunday keskin vaziyatda sotsialistik realizm mezonlari asosida yozilgan asarlardan me’dasi qon bo‘lgan kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olindi. Adibning, ayniqsa, “Muqaddas” qissasi favqulotda yangilik bo‘ldi va yangilanayotgan o‘zbek adabiyotining bayroqdor qissasi bo‘ldi. “O‘lkamizning hayoti va tashvishlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, yaxshilikning ham, yomonlikning ham guvohi bo‘lgan adib shu asarda 50-yillar oxiri 60-yillarning boshlaridagi voqelikni Sharifjon va Muqaddas obrazlarini yaratish orqali badiiy tahlil qilib berdi. Atoqli adabiyotshunos Ozod Sharafiddinovning Odil Yoqubovning haqiqiy ijodi “Muqaddas” qissasi bilan boshlanadi.” O‘zbek adabiyoti har doim o‘zining g‘oyaviy mazmunining chuqurligi, hayot mazmuni masalalarini hal qilish uchun tinimsiz intilishi, insonga nisbatan insonparvarlik munosabati va uni tasvirlashning to‘g‘riligi bilan ajralib turadi. Qalam ahli badiiy adabiyotda ayol obrazini tasvirlash orqali xalqimizning eng yaxshi xususiyatlarini ochib berishga harakat qilgan. Sharqona ruh, milliy o‘ziga xolsiklar o‘zbek ayoli, o‘zbek qizi orqali, ruhi orqali namoyon bo‘ladi.29
    “Muqaddas” qissasining yana bir ahamiyatli tomoni Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotidagi lirik qissachilikka asos soldi va uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Asar qahramoni Muqaddas ilg‘or o‘zbek qizlarining vakilasi bo‘lishi bilan birga, ulardan farqli o‘laroq, dilbar insoniy fazilatlar sohibasi sifatida ham ajralib turadi.
    Har bir xalqning go‘zallik haqida o‘z qarashlari bor, gulga, tabiatga, hayotga, insonga va shuningdek, ayolga.30Adibning “Qaydasan, Moriko?” atalmish qissasida ham ayolning asl go‘zalligi uning iffati, ibo-hayosida va har qanday vaziyatda ham o‘zligini yo‘qotmasligida ekanligi tasvirlangan. Yozuvchi asar qahramoning hayotida sodir bo‘lgan kichik bir lavhalar orqali ayol atalmish sirli mo‘jizaning go‘zal va samimiy siyratini ochib berishga harakat qiladi. Yapon generalining katta qizi Chiko San va mayorning sevgisi hamda generalning kichik qizi Moriko va oddiy askar o‘rtasidagi beg‘ubor do‘stlik muhabbati orasidagi farqni solishtiradigan bo‘lsak, mayor va Chiko San shunchaki o‘z nafslarining quli bo‘lsa, Moriko va askar o‘rtasidagi sof tuyg‘ular chinakam va so‘nmas edi. Shuningdek, qissada yapon xalqo uchun ayollar, qizlarning or-nomusi naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini, ayniqsa, Morikoning va uning otasi generalning xatti-harakatlarida ko‘ramiz. Bu milliy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, Sharq xalqlaridagi umumiy jihatlardan biri hisoblanadi.
    Odil Yoqubovning yana bir qissasi “Matluba”da ayolning sodda va samimiy qalbini jarohatlagan va butun umrlik armonga aylangan muhabbat tarixi beriladi. Bu qissa orqali ayol sevgisi naqadar kuchli bo‘lishini anglab yetamiz. Asar qahramoni Samig‘jonni Matlubaning sof tuyg‘ulari ustidan kulishi va qizning pok muhabbatini jiddiy qabul qilmasligi natijasida bu juftlik ayrilishadi. Matluba o‘qishga, katta doktor bo‘lib, hoy-u havaslarga, shon-shuhratga berilgan, yengiltak bu yigitdan ustunligini isbotlashga urinadi va umri qanday o‘tib ketganini payqamay qoladi. Qiz o‘z g‘ururi tufayli hech kimga turmushga chiqmaydi. Nusratjon va keyinchalik uni izlab Samig‘jonni ham rad etadi. Asarni o‘qish davomida o‘quvchida chalkash tuyg‘ular uyg‘onadi. Boshida Matlubani oqlagan va u tutayotgan yo‘lni yoqlagan o‘quvchi keyinchalik unga va g‘urur tufayli barbod bo‘lgan muhabbatga achinadi.
    Yoki “Billur qandillar” qissasidagi Nilufar obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘quvchi avval boshda uni sodda, oddiygina qishloq qizi sifatida emas, ko‘proq hoy-u havaslarga, hashamatga, zeb-ziynatlarga, hushomad va chiroyli so‘zlarga o‘ch qiz sifatida tasavvur qiladi. Shu yengiltaklik oqibatida Nilufar Hikmatilloning sof, beg‘ubor sevgisini qadriga yetmay, uni “chuchmal, bachkana, sentimental narsalarni yoqtiradigan”, qo‘pol kimsa deb bilib, hushomadgo‘y, cho‘rtkesar Begimqulga turmushga chiqadi. Ammo turmush qurgach uning asli soxta va beo‘xshov inson ekanligini, mol-dunyo va mansab uni butunlay insoniylikdan chiqarganini anglaydi. Aniqrog‘i, hayot sinovlari sodda, omi yigit Hikmatilloni ham, yengiltak va o‘jar qiz Nilufarni ham butunlay o‘zgartirib yuboradi. Armonli muhabbat xotiralari ikki sobiq sevishganlar qalbini qayta yolqinlantiradi. Ammo taqdir allaqachon ikkisini ham ikki xil yo‘lga uloqtirib yuborgan edi.
    Shuningdek, “Qanot juft bo‘ladi” qissasida ham o‘zbek qizlariga, ayollariga xos ibo-hayo, odob-axloq, soddadillik kabi qimmatbaho fazilatlar ulug‘lanadi. Har qanday holatda o‘z milliyligini, iffatini, or-nomusini, ota-onasining, turmush o‘rtog‘ining obro‘-e’tiborini saqlagan xotin-qizlarimiz sadoqati uchun, sabr-qanoati uchun, zamon zayli bilan yuzaga kelgan turli chang va g‘uborlardan holi toza qalbi uchun aziz-u mo‘tabardir. “Insonshunoslik bo‘lmish adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik, ya’ni ayolni o‘rganish, inkishof etish ilmidir. Kuzatsak, eng qadimgi asarlar ham ayolga bag‘ishlangan, ular konfliktini ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzuining badiiy tadqiqi va uning teranlasha borishi bilan chambarchas bog‘liq”31 Odil Yoqubov deyarli barcha asarlarida ayollar tasviriga alohida e’tibor beradi. Har bir asarida bu go‘zal xilqatni mahorat bilan tasvirlaydi.


    1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik nutqidan.

    2 Jo’rayev.A Odil Yoqubov: “Ijodkorning o’zi halol, imonli bo’lishi kerak”. “Hurriyat” gazetasi. – 2019-yil 31-iyun


    3 Ahmedov. A. Odil Yoqubovning “So’z”i. @saviya.uz


    4 .Hotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati. T.:O’qituvchi,1983.169-bet

    5 A.Xolmurodov. Qissa janri va hozirgi o’zbek qissachiligi.Til va adabiyot ta’limi. 2006. 3-son. 46-47-betlar

    6 Yu.Salimov. Nasri rivoyatai foru tojik. Dushanbe: Donish, 1971. 34-56-betlar

    7 A.Abrorov. O’zbek povesti. T,: Fan, 1973. 89-bet


    8 Rasulova U. Badiiy adabiyotda so‘z va ahang uyg‘unligi. –T.: O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. 2015. 2-son. B.70.

    9 Haqqul I. Adabiy mant: munosabat va talqin. –T.: O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. 2015. 3-son. B.19-20


    10 Yoqubov I. Hayot.Nigoh. “Ijod olami”.2018/2

    11 Rahimboyev B. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon. –T.: 2018.


    12 Quronov.D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Akademnashr”, 2018.

    13 Karimov.O Abdulla Oripov she’riyatida metaforik obrazlar. – Toshkent: Akademnashr, 2014. –B. 11-14


    14 Atoulloh Husayniy. Badoyi’u-s-sanoyi. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1981. –B. 220

    15 Quronov.D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Akademnashr”, 2018. –B. 94 -95

    16 Sulton. I. Adabiyot nazariyasi. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. –Toshkent, 2005. – B.102

    17 Jo’rayev.A Odil Yoqubov: “Ijodkorning o’zi halol, imonli bo’lishi kerak”. “Hurriyat” gazetasi. – 2019-yil 31-iyun


    18 Aristotel. Ob iskusstve poeziya.M.1957, str.118

    19 D.Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 89 bet

    20 Timofeyev L.I. Osnovы teorii literaturы, Pros.M.1971,str.62-63)

    21 Adabiyot nazariyasi 2 jildlik 1-jild 107-b

    22 Belinskiy. V.G. Tanlangan asarlar,Toshkent, 1955, 497-bet

    23 “Sharq yulduzi”, 1966, 10-son, 160-bet

    24 Gorkiy. A.M. Adabiyot haqida. Adabiy tanqidiy maqolalar, Toshkent, 1962, 69-70-betlar

    25 Isomiddinov Z. Ikki ayol.//Tafakkur,2007,4-son/47-bet.

    26 Isomiddinov Z. Ikki ayol.//Tafakkur,2007,4-son/47-bet.

    27 A.Qodiriy.Ijod mashaqqati,T., “O’qituvchi”,1995,6-bet

    28 Naim Karimov. Zabardast adib. Til va adabiyot ta’limi. 2006. 6-son.69-bet

    29 X.M.Abdusalomovna. She’riyatda ayol qalbi.Xorijiy filologiya:til, adabiyot, ta’lim jurnali. samxorfil.uz

    30 G.Y.Sattorova.Bugungi hikoyalarda ayol obrazi talqini. Elmi ish(beynalxalq elmi jurnal)/SCIENTIFIC WORK(international scientific journal) 2020, N%08/5729-bet


    31 Isomiddinov Z.Ikki ayol.//Tafakkur.-2007.-N%4.-47 b



    Download 148 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling