Sabirova Umida refera t mavzu: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari


Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi


Download 193.59 Kb.
bet4/4
Sana05.02.2023
Hajmi193.59 Kb.
#1167025
1   2   3   4
Bog'liq
Sabirova Umidaning referat ishi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi
Jismoniy shaxslar mol-mulki solig‘i invertar emas, balki kadastr qiymati asosida hisoblanadi. Hokimiyatlar kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
2018-yildan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i mol-mulkning inventar emas, balki kadastr qiymati bo‘yicha hisoblanadi. To‘lovlarning 20−25 foizga oshishi kutilmoqda, deya xabar qildi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 13-yalpi yig‘ilishida.
Jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’ektlarini baholashning yangicha tartiblari soliqlarni bozor narxlariga yaqin qiymatda hisoblash maqsadida joriy etilmoqda. Bunda soliq stavkasi 1,7 foizdan 0,2 foizgacha pasaytiriladi.
Moliya vazirligi rahbarining qayd etishicha, bugungi kunda mol-mulk solig‘i uyning inventar qiymatidan olinmoqda. Bu qiymat 1991-yildagi narxda belgilangan bo‘lib, uning joriy narxi koefitsinetga ko‘paytirib topiladi. Koefitsiyent oxirgi marta 2010-yilda yangilangan bo‘lib, uyning inventar narxi bozor narxidan o‘rtacha 20−25 marta kichikdir.
Masalan, Toshkent shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi 1980-yillar oxirida qurilgan 9 qavatli beton uylardagi 3 xonali kvartiraning maydoni 78 kvadrat metrni tashkil qiladi. Mazkur kvartiraning inventar qiymati 11 million so‘mni tashkil qiladi. Kelgusi yildan ushbu kvartiraning kadastr qiymati esa 113 million so‘m atrofida bo‘lishi kutilayapti. Ushbu qiymatdan 0,2 foiz miqdorida mol-mulk solig‘i to‘lanadi. O‘shanda 227 ming so‘m soliq to‘laydi. Ushbu xonadon egalari 2017-yilda 190 ming so‘m mol-mulk solig‘i to‘lagan, deya misol keltirdi vazir.
Moliya vazirligi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ko‘chmas mulk ob’ekti hisoblangan turar-joylarni beshta toifaga ajratib, ular qiymatini indeksatsiya qildi. bunda soliqlarning keskin ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi yuklatildi.
U mol-mulk soliqlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qarab belgilanishini ma’lum qildi. Masalan, Xorazmdagi mol-mulk solig‘i Toshkentdagi xuddi shunday ob’ektdagidan 2 marta kam bo‘ladi.
Bundan tashqari, mahalliy hukumat organlariga muayyan hududning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va qayd etilgan soliqning bazaviy stavkasini 0,7-1,3 koeffitsiyentda oshirish yoki tushirish huquqini taqdim etish rejalashtirilmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga oshishi kutilmoqda
2022 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, aksiz solig‘i stavkalarining o‘rtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi esa amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Hisob palatasi 2022 yilgi davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha xulosa berdi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;

- tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi.
Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilindi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 %dan 3 %ga tushirildi. 
❗️2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etildi. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular 23 yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar-joy xonalariga tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar mavjud?



Soliq kodeksining 275-moddasiga asosan qator shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ular:
“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;
urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning;
o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning;
I va II guruh nogironlarining;
sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining);
energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e'tiboran uch yil muddatga;
Ushbu modda birinchi qismining 3, 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon (60 kv.m) o‘lchami doirasida beriladi hamda imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obektiga taalluqli bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi PQ–1902-sonli va 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-sonli qarorlariga muvofiq, dastur doirasida qurilgan uy-joylar ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.


Download 193.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling