Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari
-rasm. Zavodda tayyorlangan tonnelli yopqichlar: a – egat uchun; b, v – o‘rkachlar uchun (o‘lchami mm da) 18.6-rasm
Download 0.52 Mb.
|
amaliy mashg\'ulot
18.5-rasm. Zavodda tayyorlangan tonnelli yopqichlar:
a – egat uchun; b, v – o‘rkachlar uchun (o‘lchami mm da) 18.6-rasm. Kichik hajmli arkasimon sinchli plyonkali tonnel qurilma: a – simdan tayyorlangan yoy sinch; b – tonnel qismlarining joylanish shakli; v – shamollatish uchun plyonkani yon tomoni ko‘tarib qo‘yilgan tonnelning umumiy ko‘rinishi; 1 – simlarni tayyorlash; 2 – sinch yoyi; 3 – tayanch yoylar; 4 – plyonkani ustki tomondan siqib turadigan yoy; 5 – plyonka; 6 – tonnelning oldi va orqa tomonida plyonka mahkamlab bog’lab qo‘yiladigan qoziqlar (o‘lchami mm da) Nur o‘tkazadigan plyonkalar ko‘chma va suriladigan sinchli qurilmalarda undan samaraliroq qo‘llaniladi, bu ularning foydalanish davrini 1-1,5 oyga uzaytiradi. Ular, avval qish oldi muddatda yoki erta bahorda ekilgan sovuqqa chidamli ekinlar ustiga yopiladi, so‘ng ekilgan ko‘chat yoki issiqsevar sabzavotlar ustiga ko‘chirib o‘rnatiladi. O‘zbekistonda kichik hajmli plyonkali tonnelli deb ataladigan arkasimon (yarim aylana) sinchli qurilmalar, keng tarqalgan. Ularda diametri 4-5 mm va uzunligi 1,8-2 m bo‘lgan simdan tayyorlangan yoysimon sinchlar bo‘ladi. Tayanch yoylari 2-3 m masofada o‘rnatilib, uchlari 25-30 sm chuqurlikdagi tuproqqa kiritilib mahkamlanadi. YOylar ustidan 3-5 qator kanop ip tortib bog’lab qo‘yiladi. Sinchlar ustiga tonnelning bor uzunligi bo‘yicha eni 140-200 sm li plyonka yopiladi, plyonkani shamol ta’siridan saqlash uchun uning ustiga har 3-4 m da bittadan plyonkani bostirib, siqib turuvchi sim yoy o‘rnatiladi. Plyonkani har ikki cheti tuproq bilan bostiriladi. Ayrim hollarda tonnel ichini shamollatishni osonlashtirish maqsadida plyonkaning bir tomoni g’altakka (babinaga) mahkamlanadi yoki biror og’ir material bilan bostirib qo‘yiladi. Plyonkaning har ikki tomoni yig’ilib yerga qoqilgan qoziqqa bog’lab qo‘yiladi (19.6-rasm). Parniklar – statsionar yoki ko‘chma nur o‘tkazmaydigan yon to‘siqlari (25 sm gacha) bo‘lgan va yorug’lik o‘tkazadigan qoplamali kichik hajmli inshootlardir. YOn to‘siqlari bo‘lgani uchun parniklar ekin o‘stiriladigan binolar qatoriga kiritiladi. Ammo, parnik qoplamasi (romi) bilan tuprog’i oralig’idagi masofa kam bo‘lganligi uchun xizmat qiluvchilar parnikdagi barcha ishlarni uni tashqarisida turib bajaradilar. Bu, parniklarni issiqxonalardan asosiy farqi hisoblanadi. Parniklar himoyalangan yer inshootlarining qadimiy turidir. «Parnik» nomi «bug’lash» so‘zidan kelib chiqqan, chunki qizigan go‘ng parchalanganda o‘zidan bug’ chiqaradi. Parniklardan O‘zbekistonda qish va bahor faslarida foydalaniladi, ularda asosan ko‘chat yetishtiriladi. Ularda, jumladan, ertagi sabzavotlar hamda ochiq yerda yetilmay qolgan ayrim sabzavotlar hosili yetiltiriladi va tezlashtirib o‘stiriladi. Parnik chuquri yerda kovlagan o‘radek ko‘rinadi. U isitish moslamalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. O‘raning yuqori qismi bo‘yi va enining uzunligi ichki kesakining o‘lchamiga nisbatan 10-15 sm ortiq. O‘ra devorlari yerning zichligiga ko‘ra tik yoki qiyaroq bo‘lishi mumkin. erta muddatda foydalanadigan parniklar o‘rasining chuqurligi – 60-70, o‘rta muddatdagisiniki – 45-55 va kechki muddatdagisiniki – 25-30 sm bo‘ladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling