Sabzavot ekinlarining zararkunandalari -kerakli jihozlar


Download 0.8 Mb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1535463
1   2   3   4
Bog'liq
Sabzavot ekinlarining zararkunandalari

Biologik kurash: Sabzavotlardagi tunlamlarning tuxumlariga qarshi xar gektar maydonga 1 grammdan trixogramma va kichik yoshdagi qurtlariga qarshi kurash uchun oltinko‘zni 3-4 kunlik tuxumini zararkunanda soniga qarab 1:10, 1:5 nisbatlarda xamda katta yoshdagi qurtlariga qarshi brakonni 1:10 va 1:20 nisbatlarda chiqarish.
Kimyoviy usul:Agarda tunlamlarning miqdori ko‘p bo‘lganda quydagi preparatlardan birini qo‘llash tavsiya etiladi:
Avaunt 15% li sus.k. 0,4-0,45 l/ga; siperfos 55% em.k. -1,5l/ga; deltafos 36% em.k.-1,5 l/ga; politrin 35% em.k.-1l/ga; Detsis 2,5% k.e.-0,7l/ga, mospilan 20% n.k. -0,3 l/ga; Nurell-D 55% em.k. -1,5l/ga; sumi-alfa 20% em.k.- 0,15 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
Karam oq kapalagi.
Karam oq kapalagi g‘umbaklik bosqichida eski binolarda, devor yoriqlarida, daraxt tanalarida va butalar orasida qishlab chiqadi.
Aprel-may oylarida kapalaklari uchib chiqib otalangan urg‘ochi zotlar har biri 250-300 tuxumlarini karam barglariga to‘p-to‘p qilib qo‘yadilar.
Qurtlari karam barglarini yoppasiga kemirib oziqlanib barglarni faqat yo‘g‘on tomirlarini qoldiradi.Qurtlari 15-30 kun oziqlanib, daraxt va butasimonlar tanalarida tashlandiq binolar devor yoriqlarida g‘umbakka o‘tadi Karam oq kapalagi O‘zbekiston sharoitida 3-4 avlod berib rivojlanadi.(54-rasm)





Kimyoviy usul: 5% o‘simlikda zararkunanda tuxum va qurti mavjud bo‘lsa karam oq kapalagini zarar etkazish xavfi bo‘lgan dalalarda karamga detsis,25% em.k.-0,3 l/ga; Fufanon 57% em.k. – 0,6-1,2 l/ga;Kinmiks,5% em.k. - 0,15-0,2 l/ga; Lyumetrin,12% em.k.- 0,45-0,6 l/ga; Sumi-alfa,5% em.k.-0,2 l/ga; Esfen-Alfa,5% em.k.- 0,2 l/ga; Superkill,25% em.k.- 0,16 l/ga, sipi,25% em.k. -0,16 l/ga, Siraks,25% em.k.-0,16 l/ga; sipermetrin,25% em.k. – 0,1l/ga, fenkill bilan ishlov beriladi



43-rasm. Karam oq kapalagi.
.
Topshiriq: “Assesment” texnikasidan foydalanib sabzavot ekinlarining zararkunandalarini aniqlang.



Savollar:

  1. Karam biti morfologiyasi va zarari?

  2. Karam va sholg‘om oq kapalagi morfologiyasi va zarari?

  3. Issiqxona oqqanoti boshqa qanday ekin turlariga zarar etkazadi

  4. Pomidor zang kanasining lotincha nomi qanday nomlanandi?

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling