Sabzavot ekinlarining zararkunandalari -kerakli jihozlar


Download 0.8 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1535463
1   2   3   4
Bog'liq
Sabzavot ekinlarining zararkunandalari

Kurash choralari. 1. YUqori agrotexnika asosida sog‘lom va bardoshli o‘simliklarni o‘stirish. 2. Oqqanot ochiq sharoitda oz bo‘lishi uchun uni issiqxonalarda va turli tashqilot xonalaridagi o‘simliklarda qish oylari davomida qirib turish kerak. Bu eng asosiy talablardan biridir. 3. Oqqanot-ga qarshi kurashning nokimyoviy usuli ham mavjud. Buning uchun sentyabr-oktyabr oylarida ochiq sharoitdan issiqxonalarga kirishga harakat qilgan oqqanot etuk zotlarini sariq tusli elim surtilgan ekranlarga tutib qirish hamda maxsus separatorlarda zararkunandadan ajratib olingan enkarziya kushandasini issiqxonalarga tarqatish lozim. Bu yo‘l bilan issiqxonalarda oqqanot ko‘payishining oldi olinadi, oqibatda kelgusi yili ochiq sharoitga kamroq zararkunanda uchib chiqadi separator sifatida mayda ko‘zli tegirmon elagini ishlatish mumkin. YA’ni, elak ichiga joylashtirilgan daladan yig‘ib kelingan barglardagi oqqanot ichidan uchib chiqqan enkarziyaning etuk zoti mayda bo‘lganligi sababli, elakdan tashqariga uchib chiqa oladi, oqqanot esa qolib ketadi. 4. Pomidorda (ochiq sharoitda) oqqanotlarga qarshi kurashish uchun quyidagi insektitsidlar tavsiya qilingan: konfidor – 0,3-0,4 l/ga, kalipso – 0,15 l/ga, detsis – 0,25-0,5 l/ga, karbofos – 1,2-2,0 l/ga, fufanon – 1,5-2,0 l/ga.
O‘zbekistonda ikki turdagi oqqanot uchraydi. Birinchi issiqxona oqqanoti, ikkinchisi g‘o‘za oqqanoti. Oqqanot asosan issik xonalarda tarkaladi.
Sabzavot ekinlariga bir necha turdagi tunlamlar jiddiy zarar keltiradi. Bular gamma tunlami, ko‘sak qurti, ildiz qurti, yovvoyi tunlam, undov tunlami va boshqalardir.
Bu tunlamlar sabzavot ekinlarida rivojlanib, keyinchalik g‘o‘za maydonlariga uchib o‘tib katta zarar keltiradi. Karadrina o‘ta xavfli zararkunanda bo‘lib davriy ravishda rivojlanib, o‘simlik barglarini kemirib zarar etkazadi.(41-rasm).




41-rasm. Issiqxona oqqanoti. G‘o‘za oqqanoti.


42-rasm. Sabzavot ekinlarining zararkunandalari.


Agrotexnik kurash: Almashlab ekish, qator oralariga ishlov berish.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling