SABZAVOTCHILIK FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI
1. Sabzavotlar deb qaysilarga aytiladi?
А) bu sersuv, etli va mazali (mevalari, ildizmevalari, karamboshi, piyozboshi, tuganaklari, poyalari, barglari, kurtaklari, ildizlari va sh.k.) inson iste’mol qiladigan o‘tsimon o‘simliklardir.
B) bu shirin, etli va mazali (mevalari, ildizmevalari, karamboshi, piyozboshi, tuganaklari, poyalari, barglari, kurtaklari, ildizlari va sh.k.) inson va hayvonlar iste’mol qiladigan o‘tsimon o‘simliklardir.
C) bu sersuv, etli va seretli (mevalari, ildizmevalari, karamboshi, piyozboshi, tuganaklari, kurtaklari, ildizlari va sh.k.) inson iste’mol qiladigan o‘tsimon o‘simliklardir.
D) bu shirin, etli va to‘yimli (ildizmevalari, yong‘oqboshi, piyozboshi, tuganaklari, poyalari, barglari, kurtaklari, ildizlari va sh.k.) organizmlar iste’mol qiladigan o‘tsimon o‘simliklardir.
2. Sabzavot ekinlari mamlakatimizning hamma joyida o‘stiriladi va haydaladigan jami maydonning qancha % ni egallaydi?
A) 1; B) 10; C) 20; D) 30.
3. Sabzavotchilikning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
A) aholi va qayta ishlash sanoatlarining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘la qondirish, sabzavot mahsulotlariga talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini oshirish.
B) aholi va qayta ishlash sanoatlarining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘la qondirish, sabzavot turlarini kengaytirish, aholini yil bo‘yi davomida sabzavot mahsulotlariga talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini yaxshilash.
C) aholi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini meyorida qondirish, meva-sabzavot navlarini ko‘paytirish, aholini yil bo‘yi davomida meva-sabzavot mahsulotlariga talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini yaxshilash.
D) aholi va qayta ishlash sanoatlarining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talablarini oshirish, sabzavot navlarini ko‘paytirish, aholini yil bo‘yi davomida sabzavot mahsulotlariga talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |