92. Issiqxonalarda dalaga ekish uchun yetishtirilgan tayyor ko‘chat sog‘lom, yaxshi chiniqtirilgan, ko‘chatning bo‘yi 20-25 sm (kamida 15 sm), barglar soni qaysi sabzavorlarda 5-7, 6-8, 3-5 ta bo‘lganda ekishga tavsiya etiladigan sabzavotlar qatorni to‘g‘ri toping?
A) lavlagida, pomidorda, rediska va boshqa tomatdoshlarda;
B) gulkaramda, pasternakda, bodring va boshqa piyozdoshlarda;
C) karamda, pomidorda, bodring va boshqa qovoqdoshlarda;
D) karamda, boyimjonda, gorox va boshqa dukkakdoshlarda.
93. Asosan himoyalangan inshootlar, maydonlar tuzilishining murakkabligi va ekinlar uchun qulay sharoit yaratish usullariga qarab necha xil, ular qaysilar, toping?
A) isitilgan yer; isitilmaydigan yer; parniklar; teplisalar (issiqxonalar);
B) isitilmaydigan yer; ochiq yer; parniklar; teplisalar (issiqxonalar);
C) parniklar; teplisalar (issiqxonalar);
D) isitilgan yer; isitilmaydigan yer; parniklar; ochiq yer.
94. Ekinlarni tuproqsiz, neytral substratlar yoki substratlarsiz, sun’iy oziq eritmalarda o‘stirish nima deyiladi, ayting?
A) teplisalar (issiqxonalar).
B) gidroponika (gidro-suv, ponika-oziqlanish);
C) parniklar;
D) isitilgan yer.
95. Gidroponikaning turlari qaysilar, ayting?
A) ionitoponika; xemokultura; parniklar; teplisalar (issiqxonalar).
B) ekinni suvda o‘stirish; aeroponika; agregatoponika; parniklar.
C) ekinni suvda o‘stirish; aeroponika; agregatoponika; ionitoponika; xemokultura;
D) isitilgan yer; aeroponika; agregatoponika.
96. Ekinlarni namlikni ko‘p talab qilmaydigan granullangan qattiq oziqsiz neytral substratlarda o‘stirish nima deb ataladi, ayting?
A) ionitoponika; B) agregatoponika; C) ekinni suvda o‘stirish; D) aeroponika.
97. O‘zbekistonda himoyalangan inshootlarda almashinmasdan foydalaniladigan tuproq aralashmasiga har yili asosiy ekin ekilishidan oldin har 1 m2 ga 20-25 kg dan qanday oziqa solinadi, ayting?
A) go‘ng; B) ammiakli selitra; C) qo‘sh superfosfat; D) kaliy sulfat.
Do'stlaringiz bilan baham: |