Toshkent davlat agrar universiteti himoyalangan yer meva sabzavotchilik mutaxassisligi magistranti talabasi Raxmatillayev Saydaxmatning mustaqil ish mavzu


Download 1.71 Mb.
bet1/8
Sana06.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1335490
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chet el issiqxonalarida eng ko’p yetishtiriladigan sabzavot, poliz ekinlari bilan tanishish.





TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
Himoyalangan yer meva sabzavotchilik mutaxassisligi magistranti talabasi Raxmatillayev Saydaxmatning


MUSTAQIL ISH

Mavzu: Chet el issiqxonalarida eng ko’p yetishtiriladigan sabzavot, poliz ekinlari bilan tanishish. Gollandiya, Isroil, Yaponiya va Janubiy Koreya misolida.

Bajaruvchi: S.Raxmatillayev
Tekshiruvchi: V.Kim

Mavzu: Chet el issiqxonalarida eng ko’p yetishtiriladigan sabzavot, poliz ekinlari bilan tanishish. Gollandiya, Isroil, Yaponiya va Janubiy Koreya misolida.


Reja:

  1. Himoyalangan yer inshooti turlari

  2. O'zbekistonda foydalaniladigan isitilgan yer, parniklar va issiqxonalarning asosiy turlari

  3. Chet mamlakatlarning ferma va kompaniyalari tonionidan issiqxonalarni qurish va qayta ta'mirlash

  4. Himoyalangan yer inshootlarida mikroiqlim, uni yaratish va optimallash uslublari

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

  6. Xulosa



Himoyalangan yer inshootlari tuzilishining murakkabligiga va o'simliklar uchun qulay sharoitlar yaratish uslublariga ko'ra ilitilgan yer va ekin o'stiriladigan inshootlarga (parnik va issiqxona) bo'hnadi. Ular nisbiy hajmi (inshoot hajmining inventar maydoniga itisbati) bo'yicha farqlanib, u ilitilgan yerlarda-0,3 gacha, parniklarda-0,2-0,4 va issiqxonalarda-1 dan 6 gacha bo'ladi. Bu ikki guruh inshootlar turli usulda isitilishi, sinchli yoki sinchsiz ko'tarib turuvchi konstmksiyaga, yoppasiga yoki romh qoplamah bo'lishi mumkin. Ilitilgan yer — yon tomonlarida to'sig'i bo'lmagan, soda, kichik hajmli vaqtinchalik qurilma. Tuproq yuzasi va qoplama orasidagi masofa uncha baland bo'lmaganligi tufayh o'simliklarni parvarishlash ishlari, yopilgan qoplama ohb qo'yilgan yoki biroz ochib qo'ydgan holda bajariladi. Ihtilgan yerning parniklardan asosiy farqi uni yon tomonlarida to'siqlari bo'lmasligidadir, parniklarda esa bor. Ihtilgan yer keng tarqalgan bo'lib, undan erta bahor davrida ko'proq foydalaniladi. Ulardan ochiq yerga nisbatan 10-25 kun oldin ertagi sabzavot hosilini olish va arzon ko'chat yetishtirish mumkin. IlitUgan yer ikki asosiy: isitiladigan va isitilmaydigan guruhlarga bo'linadi. Ular usti himoyalangan hamda himoyalanmagan bo'lishi mumkin. Ilitilgan yer inshootlari yorug'lik o'tkazadigan va o'tkazmaydigan, ular alohida o'simlikni hamda o'simliklar guruliini himoyalaydigan bo'lishi mumkin. Nur o'tkazmaydigan qoplama harorat sezilarli darajada pasayganda 2-3 sutka davomida yopiladi, asosan 'ungi soatlarda, nur o'tkazadiganlaridan esa uzoq muddat davomida foydalaniladi. Nur o'tkazmaydigan va nur o'tkazadigan individual himoya qiladigan yopqichlar sermashaqqatli bo'lgani uchun sanoatlashgan sabzavotchilikda qo'llanilmaydi, ular faqat tomorqa xo'jaliklarida foydalanadi. Nur o'tkazmaydigan individual (yakka) yopqichlar sifatida ip bilan to'qilgan yoki sim bilan mahkamlangan oddiy yoki perforatsiva qilingan qog'oz, karton, toldan yasalgan qalpoqchalardan: to nkarib vopilgan nur o'tkazadigan shisha bankalar, tagi kesib tashlangan polietilen butilkalar, turli shaklda simdan tayyorlangan sine Ida r va reykalar ustiga tortib yopilgan plvonkalardan foydalaudadi. Gumh o'simliklar ustidagi sinchlar asosan, nur o'tkazadigan bo'ladi. Ular polimer materiallar va oynavand rom ko'rinishida bo'lishi mumkin. Oyna qoplangan romlarning qimmat va og'ir bo'lishi tufayli foydalanishdan chiqarildi. Hozirgi vaqtda faqat kichik hajmli plyonkali yopqichlar qo'llanilmoqda. O'simliklar guruhi ustini yopish sinchli va sinchsiz bo'ladi. Sinchsiz yopqichlarda tayanch tirgagi bo'lmaydi va ular to'g'ridan-to'g'ri o'simlik ustiga yopdadi yoki ular uchun tuproqdan hosil qilingan o'rkaeh (tuproq to'pi) tayanch vazifasini bajaradi, sinchli yopkichlarda sinch vazifasini simlar, plastmassa quvurlari, tol daraxtining novdalari, yog'ochlar yoki reykalar va boshqa materiallardan tayyorlangan sinchlar tayanch bo'lib xizmat qiladi. Ular sinchning chodirsimon (ikki nishabli) va yarimyoysimon (tonnelsimon)larga bo'linadi. Parniklar — statsionar (doimiy) yoki ko'chma nur o'tkazmaydigan yon to'siqlari (25 sm gacha) bo'lgan va yorug'lik o'tkazadigan qoplamali kichik hajmli inshootdir. Yon to'siqlari bo'lgani uchun parniklar ekin o'stiriladigan binolar qatoriga kiradi. Ammo, parnik qoplamasi (romi) bdan tuprog'i oralig'idagi masofa kam bo'lganligi uchun xizmat qiluvchdar parnikdagi barcha ishlarni uni tashqarisida turib bajaraddar. Bu, parniklarni issiqxonalardan asosiy farqi hisoblanadi. Parniklar qoplamasi nishabining (bir va ikki nishabli) soni, maydonning past balandlik darajasidan kehb chiqqan holda yerga joylashtirilishiga ko'ra (yer ustki va yerni kavlab), konstruksiyasiga (ko'chma va statsionar), nur o'tkazadigan qoplamasining turiga (oynavand, plyonkali), qoplamasini qoplanish usuliga (sidirg'a-yoppasiga, romh), isitish usullariga (quyosh nuri yordamida, biologik, texnik), foydalanish muddatiga ko'ra (yerta muddatda yoki issiq, o'rta muddatda yoki yarim issiq, kech muddatda yoki sovuq) bin ikkinchisidan farqlanadi. Parniklar qo'polligi, qimmatligi uchun o'z ahamiyatini yo'qotgan. Ularni ko'chat tayyorlash va ertagi sabzavotlar yetishtirishdagi asosiy vazifalarini hozirda plyonkah issiqxonalar bajarmoqda. Shuning uchun fermer va boshqa yirik xo'jaliklarda parniklar qurilishi to'xtatilgan. Sabzavot yetishtirish bilan shug'ullanadigan havaskor-sabzavotkorlar uiardan cheklangan miqdorda tomorqalarida va dala hovlilarida foydalanmoqdalar. Issiqxonalar — yil mobaynida yoki bahor, yoz, kuz va qish faslida ishlatdadigan yon to'siqlari va nur o'tkazadigan qoplamasi bo'lgan katta hajmli ekin o'stiriladigan inshootlardir. Issiqxonalarni parniklardan asosiy farqi yer yuzidan to qoplamasigacha bo'lgan masofasining katta ekanligi hamda mashina va xizmatchdarning isldash davrida qurilma ichida bo'lishligidir. Issiqxonalar — bu ekin o'stiriladigan binolarning eng takomillashgan turi bo'lib, ularda zamonaviy muhandislik vositalari yordamida o'simliklarni o'stirish uchun qulay sharoitlarni yaratib berish mumkin. Issiqxonalarning vazifasi mavsumdan tashqari vaqtlarda mahsulot yetishtirish va shuningdek, himoyalangan hamda ochiq yer uchun ko'chat yetishtirib berishdan iborat. Issiqxonalarning fundamenti, sincldari, you tomonlari devorlari va yopqichi ularning asosiy konstruktiv elementlari hisoblanadi. Isitish, shamollatish, suv va elektr bilan ta'minlash, karbonat angidrid gazi bilan boyitish tizimlari issiqxonaning ichki jihozlariga kiradi. Issiqxonalar qurilish, inventar va foydali maydonlarga ajratiladi. Qurilish — bu issiqxonaning asosini tashqi parametri bo'yicha egallagan maydon, inventar — issiqxonani ichki uzunligi va eni hosilasi, yerh issiqxonalarda o'stirilayotgan ekinlar egallagan yer, qator oralari va qator orasidagi yo'laklar, so'kchakli issiqxonalarda barcha so'kchaklar va ularga osib qo'yilgan supachalar foydali maydoudir. Inventar maydondagi yo'llar va doim ishlaydigan jihozlar egallagan maydon, foydali maydonga kirmaydi. Foydali maydonni inventar maydonga nisbati maydondan foydalanish koeffitsiyentini ko'rsatadi. U ikki nishabli so'kchaklida 0,60, blokli va angarlida esa-0,8 teng. Maydon to'siqlari koeffitsiyenti — issiqxona konstruksiyasini baiiolovchi muhim o'lchov qiymati bo'lib, u issiqxonaning barcha to'siqlari (usti va yon devorlari) yuzasini inventar maydonga nisbatini bildiradi. Issiqxona maydoniga ko'ra u: bir zvenoliklarda1,51-1,7; angarsimonlarda-1,40-1,50 teng. To'siqlar koeffitsiyenti qanchalik kam bo'lsa, har 1 m2 inventar maydondan issiqlikni yo'qotish miqdori va ma blag' sarfi hajmi shunchalik kam bo'ladi. Issiqxonalar biri ikkinchisidan bir qator foydalanish va qurilishi belgdari bilan farqlanib, uiardan eng asosiylari quyidagilardir: - vazifasiga ko'ra-sabzavot tezlashtirib o'stiriladigan, bunda sabzavotlar yetishtiradi; ko'chat yetishtiradigan, bunda issiqxonalar uchun ko'chat ishlab chiqardadi; ko'chat-sabzavot yetishtiradigan, ularda ochiq maydonga ekish uchun ko'chat, so'ng sabzavot yetishtiriladi; sanoat korxonalarining yordamchi xo'jaliklari uchun mo'ljallangan issiqxonalar; - foydalanish muddatiga ко 'ra-qishki (bizni issiq iqlimli yoz oylaridan tashqari, yil mobaynida ishlatiladigan) va bahorgi (faslning ma'lum muddatida foydalanadigan); ular qaysi maqsadda foydalanishiga ko'ra sabzavot yoki ko'chat yetishtiriladigan bo'ladi; - isitish usuli boyicha-quyosh yordamida (oddiy va gelioissiqxonalar), biologik, texnik (suv, gaz, havoni qizdirib beradigan isitkichlar va generatorlardan foydalanish, elektr energiyasi yordamida) turlarga bo'linadi; - nur o'tkazadigan qoplamasining turi boyicha-oynavand, pylonkali, oyna plastikli (nur o'tkazadigan qattiq polimer materiallardan qoplangan); qo'ziqorin yetishtiriladigan qorong'i xonalar; pishib yetilmagan sabzavot mahsulotini yetishtirishda foydalaniladigan inshootlar; shimoliy mintaqalarda qorong'i joyda elektr nuri ta'sirida ekin o'stiriladigan issiqxonalarning qoplamasi nur o'tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi; - qoplamalarni mahkamlanishi bo 'yicha -oyna vandlarda -st a t siona r va panelsimon (romli va yig'ma); plyonkalilarda-pardasimon (yaxlit qoplagich chodir) va panelsimon; - zyenolar soni boyicha-bir zvenoli (bir proletli), bir zvenodan tashkil topgan va blokli, bir necha zvenolardan iborat bo'lib, o'zaro metall tarnovlar, ichki ustunlar yordamida bir-biriga birlashtirilgan; - qoplamalarining shakli va konfiguratsiyasi boyicha-to'g'ri (yassi), qiya (bir nishabli, ichki ustunli ikki nishabli, ichki ustunsiz ikki nishabli yoki angarsimon), poligonal (gumbazsiz), arkasimon, yarim yoysimon bo'ladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling