Sadikov A. N


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana09.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1181501
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma

12 – Amaliy mashg’ulot 
 
Mashg’ulot mavzusi 
Telemexanik tizimlarning funksional sxemalarini tuzishni o’rganish 
Telemexanika qurilmalari odatda, turli maqsadlarda qo‘llaniladi va turlicha 
texnik tavsif (harakteristika)larga ega bo‘ladi. Ammo ularning barchasi shunday 
tavsifli tugunlardan iboratki, ulardan har biri turli tizimlarda bir xil vazifalarni 
bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lsada, ulanish sxemalari turlicha bo‘lishi mumkin. 
16.1-rasmda p/k A va p/k B larning funksional sxemasi keltirilgan. Funksional 
tugunlarning qanday maqsadda qo‘llanilishi va ularning o‘zaro ta’sirlari 
strukturasini uchinchi paragrafda bayon qilingan algoritm (tartib) asosida DNS ning 
«B» stansiya 2-yo‘liga toq marshrutni qabul qilish harakatiga nisbatan ko‘rib 
o‘tamiz. 
“B” stansiyada joylashgan obyektlarni boshqarish uchun yordamchi (A1÷A14, 
V1÷V14) va marshrutli (11÷13, 21÷27, 31÷37, 41÷43) manipulyator tugmalari 
ushbu stansiyani boshqarishni ulash uchun zarur. Buning uchun boshqaruv apparati 
(BA) da poyezd dispetcheri “St.B ” tugmasiga bosadi. Stansiya tugmasi stansiya 


manzili kodini aniqlaydi va u malumotlar shifratori (SHS) ga ta’sir etadi. SHS ning 
vazifasi yuqorida nomi zikr etilgan tugmaning bosilishini ikki xonali sonli raqamga 
o‘zgartirib berishdan iborat, bu raqam o‘z navbatida stansiya manzili haqidagi 
ma’lumotni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. 
Keyinchalik stansiya tugmasi o‘z holatiga qaytadi, stansiya manzili uzatish 
registri (RP1) ga uzatiladi. RP1 ning vazifasi – ushbu sonni eslab qolishdan iborat. 
RP1 ning stansiya manzilini eslab qolgan elementlari qismi servis xizmatlar tuguni 
(USU) ga ta’sir etadi. U o‘z navbatida “St.B” shildiki yoritgichini ulaydi va 
tashqaridagi tabloda stansiya nomi yoqiladi. Shu bilan SHS, RP1 sxemalarning 
boshqaruv apparati (BA) dagi stansiya “B” ni boshqarish amali tugaydi. 
DNS ning yordamchi va marshrutli tugmalarga ta’sirini eslab qolish uchun p/k 
A (16.1-rasmga qarang) tarkibida harakatlarni eslab qolish tuguni (UFD) nazarda 
tutilgan. Toq mashrut qabulini o‘rnatish uchun DNS navbatma-navbat “11” va “22” 
tugmalarni bosish lozim. 
Marshrut boshlanishi “11” tugmasining bosilishi UFD da qayd qilinadi va USU 
ga uzatiladi. Bunda USU quyidagilarni ta’minlaydi: 
- manipulyatordagi “Topshiriq” shildikining yoritilishini; 
- tashqari tablodagi jelob “a” yonib-o‘chib turuvchi oq yorug‘lik bilan 
yoritilishini (15.1-rasmga qarang); 
- agar 5–7 soniya vaqt davomida DNS marshrut oxiri tugmasi “22” ni bosishga 
ulgurmasa yoki yoddan chiqargan bo‘lsa, tovush signalini ulovchi vaqt 
hisoblagichni ishga tushirishni (26-rasmga qarang); bunda tovush signali DNS ga 
mashrutni terish yoki tugatishni, yoki “A1” tugmani bosib “11” tugma tasirini bekor 
qilish (tugatish, bas qilish) ni eslatadi. 
Marshrutning so‘nggi tugmasi “22” ning bosilishi, shuningdek UFD da ham 
qayd qilinadi va USU ga uzatiladi, u o‘z navbatida tashqi tablodagi jelob “b” ning 
o‘chib-yonuvchi oq rangda yoritilishini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki USU 
boshqa servis xizmatlar ham ko‘rsatadi. Masalan, TS kanalining p/k B bilan 
bog‘langani hisobiga USU tashqi tabloda poyezdning qaysi tomoniga lokomotiv 
tirkalgani haqida indikatsiya yo‘li bilan ko‘rsatishni ta’minlaydi (16.1-rasmga 
qarang TS dan bog‘lanish). 
Ikkinchi bosishni qayd qilgandan so‘ng, UFD alfavit o‘zgartgich(PA) ga ta’sir 
etadi. Uning vazifasi “boshi-oxiri” alfavitini “marshrut-signal” alfavitiga 
o‘zgartirishdan iborat. 
Bu alfavit SHS yordamida ikki xonali son raqamining qismiga aylantiriladi va 
bu raqam signalning tezkor qismi guruhlari va buyruqlari manzillari haqidagi 
ma’lumotni o‘zida joriy qilgan bo‘ladi. Bu raqamlar qiymatlari RP1 da eslab 
qolinadi. 


16.1
-ra
sm
. Te
le
m
exa
nik
a ti
zim
ini
ng fu
nksi
ona
l sx
emasi


RP1 dan n-razryadli ikki xonali son himoya qurilmasi (ZU1) ga kelib tushadi. 
ZU1 ning asosiy vazifasi ikki xonali sonning to‘g‘ri hosil qilinganiga ishonch hosil 
qilish (tekshirish) dan iborat. Masalan, «NEVA» DM tizimida quyidagilar 
tekshiriladi: 
- sonlar razryadlari soni n=18; 
- 1÷6 razryadlar 
3
6
С kodini qanoatlantiradi, ya’ni barcha olti razryadlar ichida 
albatta uchta bir, uchta nol sonlari bo‘lishi shart; 
- 7,8,9,18 razryadlar 
4
4
2
4
С
С

kodlarini qanoatlantiradi; 
- 10÷17 razryadlar 
1
3
1
5
С
С

, kodlarini qanoatlantiradi, agar marshrutni 
o‘rnatishga (
1
5
С ) va signalni boshqarishga (
1
3
С ) buyruq o‘rnatilgan bo‘lsa, agar 
buyruq yordamchi tugmadan terilgan bo‘lsa, 
1
8
С kodi qanoatlantiriladi.
ZU1 kirishiga ishga tushirish tuguni (UZ) ulangan bo‘lib, uning yordamida 
tizimni aloqa liniyasiga ko‘p taktli Telemexanika signalini uzatish uchun ishga 
tushirishni amalga oshiriladi. Ishga tushirish tuguni yordamida taktli impulslar 
generatori (GTI) ning ishga tushishi ta’minlanadi. 
GTI tebranishlari davri orqali ikki xonali sonning bitta raqami aloqa liniyasi 
bo‘yicha uzatilish vaqt davomiyligi (takt davomiyligi) aniqlanadi. 
Birinchi taktli impuls taqsimlagich (R1)ning kirishiga va aloqa kanalidan 
foydalanishni belgilovchi tugun (URKS1)ga beriladi. Taqsimlagich R1 ning vazifasi 
shundan iboratki, u GTI tebranishlari davrini hisoblaydi va buning asosida ikki 
xonali sonlarning raqamlarini uzatish tartibini ta’minlaydi. URKS1 ning 
vazifalaridan biri ayni bir aloqa liniyasi bo‘yicha ham ikki xonali sonli raqamlarni 
va ham GTI tebranishlari davrini uzatishni ta’minlashdan iborat. 
Birinchi taktli impulsning R1 ga kelib tushishi natijasida R1 kanal shifratori 
(SHK) ga ta’sir etuvchi birinchi chiqish zanjirini hosil qiladi. Kanal shifratori 
maxsus kontroller bo‘lib, R1 chiqish zanjiri raqamiga mos holatda (qaralayotgan 
holatda birinchi raqam) son raqami qiymatini RP1 dan modulyator (M) ga uzatadi. 
Modulyator o‘z navbatida oraliq zveno bo‘lib, SHK ning impuls belgisi generatori 
(GIP) bilan bog‘lanishni soddalashtirish uchun xizmat qiladi. 
Agar GIP oson boshqariluvchi bo‘lsa (SHK zanjirlari yordamida), modulyator 
M o‘rnatilmasa ham bo‘ladi. Impuls belgilari generatori (GIP) ning vazifasi son 
raqami qiymatiga mos holatda (nol yoki bir) axborot tashuvchiga (elektr tokiga) mos 
holatdagi belgi qiymatini berishdan iborat. Masalan, «Neva» va «Luch» tizimlarida 
TS ning ko‘p taktli signallarida bir raqami 
И
1
f
chastota bilan, nol raqami esa 
И
2
f
chastota bilan belgilanadi. 
Modulyator M ga SHK ta’sir etishi bilan bir vaqtda URKS1 ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu narsa bitta aloqa liniyasi bo‘yicha ham 
raqam qiymatini va hamda GTI tebranishlari davrini ham uzatish uchun zarur. 
«CHDM-66», «Neva» tizimlarida toq raqamlar (nol va bir)ni uzatish uchun mos 
holatda 
У
3
f
va 
У
4
f
chastotalardan, juft raqamlarni uzatish uchun esa 
У
1
f
va 
У
2
f
chastotalardan foydalaniladi. Shunday qilib, R1 birinchi pozitsiyaga qayta 
ulanganda GIP chiqishida signal tashuvchi hosil bo‘ladi, uning belgisi sonning 


birinchi raqamini va uning qiymatini uzatishning boshlanishi bilan aniqlanadi. 
Signal GIP dan liniyali qurilmalar (LQ) ga beriladi, LQ o‘z navbatida signalni 
kuchaytirish uchun hamda apparaturalarning elektr tavsiflarini aloqa liniyasi 
tavsiflari bilan moslashtirish uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, GTI ning 
tebranishlarining birinchi davri vaqtida aloqa liniyasiga ko‘p taktli signalning 
birinchi impulsi uzatiladi. Taktli impulslar generatori tomonidan ikkinchi va undan 
keyingi tebranishlar davrlarining ishlab chiqarilishiga bog‘liq holatda navbatma-
navbat taqsimlagich R1 ning chiqish zanjiri hosil qilinadi, o‘z navbatida SHK RP1 
dan modulyator M ga son raqami qiymatini navbatma-navbat uzatadi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, GTI, R1 va SHK lar RP1 da parallel kodlarda to‘lg‘azilgan 
sonlarni xuddi shunday sonlarga, faqat SHK chiqishidagi ketma-ket kodli sonlarga 
o‘zgartiruvcxilar ekan. Kanal shifratori SHK URKS1 bilan birgalikda GIP ga ta’sir 
etib aloqa liniyasiga ko‘p taktli signalning ikkinchi va keyingi impulslarini uzatishni 
ta’minlaydi. Eng so‘nggi («n») ko‘p taktli signalning impulsi uzatilishi tugagandan 
keyin R1 «n+1» chi chiqish zanjirini hosil qiladi va undan uzatish punktining barcha 
funksional tugunlarining dastlabki holatiga keltirilishi ta’minlanadi (16.1-rasmdagi 
n+1ga qarang). 
Qabul qilish punktida ko‘p taktli signal birinchi impulsi liniya -
kuchaytirish 
qurilmasi (LKQ) orqali demodulyator (DM) kirishiga kelib tushadi. LKQ o‘z 
navbatida signalni kuchaytirish va aloqa liniyalarining elektr tavsiflarini DM kirish 
elektr tavsiflari bilan muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan. Demodulyator (DM) ning 
asosiy funksiyasi shundan iboratki, DM kirishiga kelib tushuvchi elektr toki impulsi 
belgisi bo‘yicha elektr signal (impulsi) ning mavjudligini aniqlashdan, ya’ni son 
raqamini va bu raqam qiymatini (nol yoki bir) aniqlashdan iborat. Agar DM kirishiga 
o‘zgaruvchan tok impulsi keladigan bo‘lsa, u qo‘shimcha vazifani ham bajaradi, bu 
vazifa o‘zgaruvchan tok impulsini o‘zgarmas tok impulsiga o‘zgartirishdan iborat. 
Demodulyator (DM) ikki guruh chiqishlariga ega birinchi guruh bo‘yicha DM 
aloqa kanalidan foydalanishni cheklovchi tugun (URKS2) bilan bog‘langan bo‘lib, 
uning asosiy vazifalaridan biri navbatdagi taktli impuls (GTI tebranish davri) ning 
kelib tushish boshlanishini aniqlashdan iborat. Taktli impuls URKS2 dan 
taqsimlagich R2 ga kelib tushadi. R2 ning vazifasi taktli impulslarni sanashdan 
(ya’ni GTI tebranish davrini sanashdan) va buning asosida ikki xonali sonning 
raqamini qabul qilish navbatini aniqlashdan iborat. Chiqishlarining ikkinchi guruhi 
bo‘yicha DM kanal deshifratori (DK) bilan bog‘langan. Bu chiqish guruhlari DM 
dan DK ga son raqam (nol yoki bir) lar qiymatini tavsiflovchi impulslar kelib 
tushadi. Shunday qilib, ko‘p taktli impulsning birinchi impulsi kelib tushganda 
(birinchi raqam) URKS2 ishi hisobiga taqsimlagich R2 qayta ulanadi va birinchi 
chiqish zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir DM ning chiqishi zanjirlari ikkinchi guruhi 
kabi DK ga ta’sir ko‘rsatadi. Kanal deshifratori DK maxsus sxema bo‘lib, chiqish 
zanjiri R2 ning raqamiga mos holatda DM ning chiqishi ikkinchi guruhidan son 
raqami qiymatini qabul qilish registori (RP2) xotira yacheykasiga uzatadi, 
qaralayotgan namunada sonning birinchi raqami qiymati birinchi qabul qilinuvchi 
impuls RP2 ning birinchi xotira yacheykasida eslab qolinadi. Xuddi shuningdek, 
ikkinchi va undan keyingi impulslar (son raqamlari qiymatlari) mos holatda ikkinchi 
va navbatdagi xotira yacheykalar (RP2) da eslab qolinadi. 


Shunday qilib, RP2 ning vazifasi ikki xonali son raqamlari qiymatlarini parallel 
kodda eslab qolishdan iborat. URKS2, R2, DK, RP2 funksional tugunlar ko‘p taktli 
signallarni qabul qilish chog‘ida ketma-ket kodda DM ning ikkinchi guruh 
chiqishlaridagi ikkilik koddagi xuddi shunday sonlarga parallel kodlarga RP2 xotira 
yacheykalarida eslab qolinadigan holatda o‘zgartirib borishdan iborat. 
Sonning barcha raqamlari qabul qilingach, uning qiymati himoya qurilmasi 
(ZU2) ga va xabar deshifratori (DM) ga kelib tushadi. ZU2 ning vazifalaridan biri 
qabul qilingan ikki xonali sonning hosil qilinishi to‘g‘irligini tekshirishdan iborat. 
Bu tekshirish mazmuni ZU1 ni tekshirish mazmunidan farq qilmaydi. DM ning 
vazifasi shundan iboratki, u ikki xonali sonni buyruq yoki buyruqlarga o‘zgartiradi. 
Buyruq va ta’sirlarni qayd qilish uchun obyektlarni boshqarish stansiya qurilmalari 
(ES qurilmalari) ga ijro etuvchi rele (IR) lar o‘rnatiladi va ko‘p taktli signal qabul 
qilish chog‘ida aniqlanmagan holatda ishlaydi. IR relening o‘chishi boshqaruv 
buyrug‘ining bajarilishiga qarab ES qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. 
Amalda qo‘llaniluvchi tizimlarda URKS1, URKS2, ZU1, ZU2 kabi tugunlar 
vazifalarini sezirarli darajada kengaytirish mumkin. Masalan, ZU1 va ZU2 tugunlari 
uchun qolgan har qanday funksional tugunlarning ishlash qobiliyatini nazorat qilish 
vazifasi yuklatilishi mumkin (27.1-rasmdagi aloqalarga qarang). Masalan, CHDM-
66 tizimida TS ning ko‘p taktli signalini qabul qilishi chog‘ida ZU2 tuguni IR 
relening ishlashini agar TS ning qabul qilingan signalidagi impulslar soni 21dan 
katta ham, kichik ham bo‘lmaganda ta’minlaydi. Shunday qilib, ZU2 tuguni ikki 
xonali sondagi raqamlar sonining ko‘p yoki kam bo‘lishidagi himoyalovchi 
qo‘shimcha vazifani bajaradi va bu bilan R2 va URKS2 tugunlarining ish jarayonlari 
to‘g‘ri kechishini nazorat qiladi. Dispetcherlik markazi tizim strukturasi bo‘yicha 
quriladi. Bu struktura TB va TS ning guruh kanallaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. 
Shuning uchn URKS1 va URKS2 ga turli LPDM lardagi TS signallarning uzatilishi 
ketma-ketligini ta’minlashdan iborat qo‘shimcha vazifa yuklatiladi. DM ning 
sporadik tizimlari 16.1-rasmda ko‘rsatilgan signallar strukturasini qo‘llaydilar. 
Bunady struktura URKS1 va URKS2 larga yana bir vazifa – bitta LPDM da 
joylashgan turli obyektlar guruhidagi beriluvchi TS signallarini uzatish navbatini 
ta’minlash yuklatiladi. 
URKS, URKS2, ZU1, ZU2 tugunlarining aniq vazifalari kodlar tizimini ishlab 
chiquvcxilar tomonidan apparatura element bazasiga boshqa funksional tugunlarni 
ishlash asoslariga, aloqa kanallaridan foydlanish prinsiplariga va ularning 
tavsiflariga hamda kodalsh (uzatiluvchi ko‘p taktli siganllarni ikki xonali sonda 
ifodalash) prinsiplariga bog‘liq holatda aniqlanadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling