Sadikov A. N
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma
15 – Amaliy mashg’ulot
Mashg’ulot mavzusi Berilgan topshiriq asosida kontaktli va kontaktsiz xabar deshifratorlarni qurishni o’rganish Ko‘p taktli signalni deshifratsiyalash masalasini TU signali misolida ko‘rib o‘tamiz. Chunki uning sxemasi barcha signallar uchun umumiydir. Dispetcherlik markazlarining kodli qurilmalarining har qanday Amaliy tizimlarida TU signali strukturasi quyidagi-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Signal strukturasi quyidagi 5 qismdan iborat: 1-qism – xizmat qismi, raqami «0» dan bo‘lgan bitta impulsdan iborat; 2-qism – stansiya manzilini aniqlab beruvchi «1» dan «i-1» raqamgacha bo‘lgan impulslardan iborat; 3-qism – stansiyadagi obyektlar guruhi manzilini aniqlab beruvchi «i» dan «j-1» gacha bo‘lgan raqamli impulslardan iborat; 4-qism – marshrutda strelkalarni o‘tkazuvchi buyruqlarni aniqlab beruvchi «j» dan «j-k» gacha raqamli impulslardan iborat; 5-qism – to‘rtinchi qismda tanlangan marshrutni himoyalovchi svetoforlarni boshqaruv buyruqlarini aniqlab beruvchi «k» dan «n» raqamigacha bo‘lgan impulslardan iborat; 26.1-rasm. TU ko‘p taktli signal strukturasi Ko‘p taktli signalni deshifratsiyalash masalasi usuli shu masala qanday aniqlikdagi natija talab etilishiga ko‘ra tanlanadi. Deshifratsiya masalasining natijasi aniqligiga qo‘yiluvchi mavjud talablar o‘z navbatida ikki variantdan iborat va ularninng har biriga o’ziga mos holatda deshifratsiya algoritmi qo‘llaniladi. Birinchi variantninng mazmuni shundan iboratki, barcha mavjud ruxsat etilgan kodli kombinatsiyalar (sonlardan) ixtiyoriysini deshifratsiyalash talab etiladi. Bu variantda masalan, ko‘p taktli signalining 3, 4 va 5-qismlari deshifratsiyalash bilan amalga oshiriladi. Ko‘p taktli signalning har bir qismini deshifratsiyalash ikki bosqichda amlga oshiriladi. Deshifratsiyalashning birinchi bosqichida ko‘p taktli signalni qabul qilish jarayonida har bir impulsning raqamli qiymati qabul qilinuvchi registorda eslab qolinadi. Bu amalning manzilini ko‘p taktli signal ko‘rinish shaklini o‘zgartirish (ikki xonali son) demodulyator chiqishida ketma-ket kod ko‘rinishida bo‘ladi. Bu amal kanal deshifratori va qabul qilish registri deb ataluvchi funksional tugunlar yordamida amalga oshiriladi. Bu tugunlar sxemasi 26.2-rasmda ko‘rsatilgan. Kanal deshifratori ikki kirishli mantiqiy operatsiya «VA» ning elementlari ko‘pligidan tuzilgan bo‘lib, bularning kirishlaridan biri taqsimlagichning chiqish zanjiri bilan ulangan bo‘ladi, ikkinchi kirish esa demodulyatorning chiqishlaridan biriga ulanadi va shu bilan impulsning miqdori (O yoki 1) aniqlanadi (sonning raqami aniqlanadi). Qabul qilish registri (16.1-rasmda RP2) xotiraga ega bo‘lgan ikki asosli elementlar ko‘pligidan (trigger yoki reli) tashkil topgan bo‘ladi va ulardan har biri bitta raqam miqdorini eslab qolishga mo‘ljallangan. 26.2-rasm. Qabul registri bilan kanal deshifratorining sxemasi Agar telemexanika tizimlarida signal kelishi uzluksizligini va impulslar sanalmay qolganini nazorat qiluvch himoyalar mavjud bo‘lsa, qabul qiluvchi registrlarda sonning bitta raqamini eslab qolish uchun bitta ikki asosli xotira elementi nazarda tutilgan. 26.3-rasm. DK ishining vaqt diagrammasi 26.3-rasmdagi qabul qilish registri «1A-5A» deb belgilangan RS-triggerlar orqali ifodalangan. «1A» elementi ko‘p taktli (ko‘p pog‘onali) signalning birinchi impulsi (sonning raqamini) miqdorini qayd etish uchun mo‘ljallangan. Agar bu impuls aktiv sifat deb qabul qilinsa (raqam miqdori-1), «1A» elementning chiqishida signal «1» paydo bo‘ladi va «S» kirish bo‘yicha «1A» trigger «O» holatidan «1» holatiga o‘tadi. Agar birinchi impuls passiv sifat deb qabul qilinsa (raqam miqdori-«O»), u holda «1A» triggerning «S» kirishiga signal bermaydi va u «O» holatida qoladi. Ko‘p taktli signalning ikkinchi va undan keyingi impulslari qabul qilinganda ko‘p taktli signallar qabuli tugaganda va boshqaruvchi-rasmlar yordamida buyruqlar qayd etilganda qabul qilish registrining elementlarini boshlang‘ich holatga olib kelish uchun «R» kirishlarga «1» signali beriladi. Ko‘p taktli signalning birinchi beshta impulsi qabul qilishidagi sxema ishining vaqt diagrammasi (bu 10011 songa to‘g‘ri keladi) 26.3-rasmda ko’rsatilgan. Deshifratsiyalashning ikkinchi bosqichi birinchisi tomom bo’lganda boshlanadi. Ikkinchi bosqichda ikki asosli son kodlash qoidalariga muvofiq holatda buyruqqa aylantiriladi. Bu operatsiyani deshifratorning funksional qismi bajaradi. Darhaqiqat «1T-5T» triggerlarni «1A-5A» triggerlari bilan almashtirilsa, hosil bo‘lgan yangi sxemaning «VA», «YOKI-YO‘Q» mantiqiy operatsiyalarini bajaruvchi elementlar ko‘pligi «DM» funksiyasini bajaradi. DM ning har bir chiqishiga ijrochi rele ulanadi Agar qabul qiluvchi registrning ikki asosli elementlari sifatida elektromexanik rels ishlatilgan bo‘lsa (CHDM, SKM-SNII, Neva, Luch), u holda «DM» sxemasi muvozanatlashgan kontaktli piramidalar bo‘yicha kiriladi. 26.3-rasmdagi «1A-5A» triggerlar o‘rniga elektromexanik relelar ishlatilgandagi kontaktli piramidalar sxemasi keltirilgan. Bitta kontaktli piramida cho‘qqisiga himoyalash moslamalari 3U2 orqali manbaning musbat qisqichi, ikkinchi piramida cho‘qqisiga esa manfiy qisqichi ulanadi. Har bir piramidaning zanjiri uning asosida tugaydi va ketma-ket ulangan qabul qilish registrining relesini ro‘para va orqa kontaktlarining ketma-ket ulangan turli kombinatsiyalardan tashkil topadi. Zanjirlar yopiq bo‘lgan holatdagi kombinatsiyalar piramida chiqishida yozilgan. Masalan, «101» yozuvchi qabul qilish registrida eslab qolingan sonning birinchi raqamii «1», ikkinchisi-«0», uchinchisi-«1» ekanini ko‘rsatadi. Ijrochi relelar piramida chiqishlari orasida diodlar orqali ulanadi. Masalan, «TI» rele qo‘zg‘alishi uchun qabul qilish registrida «11001» son eslab qolingan bo‘lishi kerak. Ijrochi relelar chulg‘amlari bilan ketma-ket ulanuvchi diodlar aylanma yo‘llar bilan relslar qo‘zg‘alishi imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Deshifratsiya masalasini yechishning ikkinchi varianti negizi shundaki, barcha mumkin bo‘lgan ruxsat etilgan kod kombinatsiyalari (sonlar) orasidan qabul qilish qurilmalari faqat bittasigina deshifrovka qilishi kerak. Bu variantda masala ko‘p taktli signalning ikkinchi qismi qabul qilinayotganda yecxiladi. Ko‘rilayotgan variantda ko‘p taktli signal qabul qilish jarayonida deshifratsiya amalga oshirilishi uchun har bir impuls qabul qilinayotganda uning raqamli miqdori maxsus element (SE) da eslab qolingan miqdorlar bilan solishtirilishi kerak. Dispetcher markazlashtirishni hamma tizimlarining kod qurilmalarida SE sifatida ulagichlar ishlatiladi. 26.5-rasmda «CHDM» va «Neva» tizimlarida qo‘llanadigan qurilgan variantning sxemalaridan biri keltirilgan. 26.4-rasm. Xabarnomalarning kontaktli deshifratori 26.5-rasmda 1T-1, 2T-0, 3T-1 ulagichlar orqali ko‘p taktli signalning birinchi uchta impulsi 101 raqamga mos keluvchi stansiya manziliga sozlangan. Agar ko‘p taktli signalning birinchi impulsi aktiv sifatida kirsa (raqamning qiymati-1) shunda «1» signal taqsimlagichning 1 R chiqishida va demodulyatorning «1» chiqishida paydo bo‘ladi. Unda «1» signali mantiqiy element «VA» ni faqat bitta kirishida mavjud bo‘ladi, uning chiqishi «1» da esa «1» signali bo‘lmaydi. Shuning uchun OS relesi qo‘zg‘atilmay qoladi va uning ro’para kontakti orqali tizim ta’minoti davom etadi va shu bilan keyingi impulsor demodulyatsiyasi davom etaveradi. 26.5-rasm. Stansiya manzili deshifratori (birlashtirilgan deshifrator) Agar ko‘p taktli signalning birinchi impulsi passiv sifatida kirsa (raqamning qiymati-«O») «1» signallar mantiqiy element «VA» ning ikkala kirishida ham mavjud bo‘ladi, uning chiqishida ham «1» signali paydo bo‘ladi va u OS releni qo‘zg‘atilishini ta’minlaydi. OS relening ro’para kontakti orqali tizim ta’minoti uzib qo‘yiladi (ko‘p taktli signal to‘la hajmda qabul qilingunicha) va bu bilan ko‘p taktli signal deshifratsiya mumkin bo‘lmay qoladi. Ko‘p taktli signalning keyingi impulslari qabul qilinganda ham sxema shu tarzda ishlaydi. OS relesi 2-, 3-.,.. impulslar qabul qilinganda qo‘zg‘alishi mumkin lekin DM chiqishidagi impuls miqdori teskari bo‘lishi kerak. Shuning uchun rele teskari selektorli rele deb nom olgan. 15.1-rasmdagi sxema ham DK, ham DM funksiyalarini bajaradi va shuning uchun uni birlashtirilgan deshifrator deb atasak bo‘ladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling