Sadikova omonisaning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 51.2 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi51.2 Kb.
#1569037
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sadikova Omonisa



TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti Turizm faoliyat yo’nalishi 1-bosqich turk–ingliz guruhi talabasi



SADIKOVA OMONISANING MIKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

1-TOPSHIRIQ: TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR.
Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan.
Mikroiqtisodiyot — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.
Makroiqtisodiyot — mamlakatda iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan.
Pozitiv mikroiqtisodiyot – mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo’jaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi o`zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga 
ta’sir qilishini ham o`rganadi.
Iqtisodiy modeli — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui.
Resurslar — pul mablagʻlari, boylik, zaxira, imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va boshqa Resurslar boʻlishi mumkin.
Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik.
Iqtisodiy talab  — Xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlar

Download 51.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling