Sadriddin Ayniyning "Sudxo‘rning o‘limi"
Download 223.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2.2-topshirq.
2-joriy nazorat. O‘zingiz o‘qigan badiiy asaringiz asosida taqriz yozing. Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” asariga taqriz. “Moylanmagan arava yurmaydi” Xalq maqoli. Qaysi bir xalqda sudxo‘r qadrlanib ,e‘zoz topibdiki, millat uni suysa, boshiga ko‘tarsa?! Boshlarga o‘zi chiqib olgan sudxo‘rlarni esa oyog‘ini osmondan tortib olishni bechora dehqonim qayerdan bilsin… Ayniyning ushbu asarida ayni bir kasb, agar kasb degan maqomni bersak, eng uyatlisi, agar hunar deb baholasak, bir hunarki, illatdan battar bo‘lgan yumush- sudxo‘rlik bilan shug‘ullanuvchi Qori-Ishkambaning tarixi bayon qilingan bo‘lib, yozuvchi, badiiy to‘qimaning asar mazmuniga ta‘sir qiladigan o‘rinlaridan uzoqlashadi. Voqea -real. Buxoro ko‘chalarida sodir bo‘lgan, millatning turmush darajasini tubdan o‘zgartirgan bu illatni o‘ziga kasb qilib olgan “Kattalar” haqida hikoya qiladi. Yozuvchi dastlab, asar qahramonlari tavsifiga chetdan baho bera boshlaydi. G‘alati xarakter egasi bo‘lgan Qori Ismatilloning (Ishkamba) sifatlarini ko‘rsatarkan, kitobxonga tanishtiruvni voqealar rivojiga ta‘siri bo‘lmagan, ikkinchi darajali qahramon, syujetda muhim rol o‘ynamaydigan, fikrlari kitobxonga unchalik ta‘sir qilmaydigan( ayni damda Ayniyning o‘zi) bir obraz bilan voqealikni bayon qilishni boshlaydi. Dastlab, kitobxon va obraz uchun begona bo‘lgan Buxoro ko‘chalari, u yerning odamlari, yashash tarzi ko‘rsatiladi, so‘ng markaziy qahramonga xarakter beriladi. Kitobxon mutolaa davomida yozuvchining shaxsiy fikrlarini asarda bir necha o‘rinlarda keltirilganligini payqaydi.(!) (Axir ,yozuvchining betaraf bo‘lishi, albatta, qiyin). Inkor yoki ijobiy pozitsiyani yozuvchi singdirmaydi, yukni dialogga ko‘chirib, umumiy-shaxsiy qarashni kitobxonga havola qiladi. Ma‘lumki, XlX asr Buxoro va uning atrofidagi umumiy ahvol tarix kitoblarida konkret keltirilgan bo‘lsa-da, badiiylik bo‘yog‘i badiiy asarlardagina yaqqol ko‘rinadi. Sovet hukumatining “tenglik” siyosati amalga oshmasdan oldin, vaziyatni “notenglik” siyosati bilan davom ettirayotgan qorilar, noiblar , xalqning og‘irinini “yengil” qilishga urinayotgan “kattalar”ning haqiqiy yuzi ochib beriladi. Ikkinchi jahon urushi va undagi keyingi fevral inqilobi ham qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Zamonaning zo‘ri bo‘lishga uringan, ayni paytda o‘zi yashayotgan zamonasiga tushunmagan Qori-Ishkambalarning xalqning boshiga ofat bo‘lib yog‘ilishini, xaqlning osh-nonini yeb, haqqini o‘zidan tilanchidek olayotgan noiblar, dehqonni hosilni yetishtiradigan, halol yo‘l bilan risq yig‘adigan kasb vakillari emas, mardikor, oyoqosti qilib, ularni imkonsizlik botqog‘iga botirishga chandon uringan sudxo‘rlar, “shariat bizning qo‘limizda” deb bong uradigan chala mullalarning qismati ochib beriladiki, ayni yozuvchi ko‘rsatmoqchi bo‘lgan muhit bizga aloqasi yo‘q o‘tmishning emas, birovning emas, o‘z -o‘ziga bek bo‘lgan qismat sohibining, yaxshi kunlar ajriga ishongan o‘zbek xalqining kechasi hisoblanadi. Yozuvchi har bir obrazga alohida yondashadi va markaziy obraz Qori- Ishkamba atrofida ikkilamchi obrazlarni ham bir bo‘g‘inga joylashtiradi. Yozuvchi xalqning qornini to‘ydiraman deb, yerga ekkan hosilini ham yig‘ib olish uchun “kattalar”dan ruxsat so‘ragan Muxsin, Safarali, Po‘lod, Temirlarga o‘xshagan necha minglar, halol kasbining zavoliga qolgan dehqon, chorvador, hunarmandlarning uvoliga qolgan zamonni olib chiqadi. Imkon, umid va ishonch tuyg‘ularini nafs, sudxo‘rlik, ikkiyuzlamachilik, aldov kabilarga almashtirgan “iymonli kattalar”ning qilmishidan shikoyat qiladi. Ularning hisob-kitoblarini xalqning tarozisi bilan o‘lchaydi. Bo‘yniga yuklatilgan, o‘zi ham hayotda ko‘rmagan, qo‘liga ushlamagan pul-qarzlaridan qutulishni niyat qilib, yerga tun-u kun ishlov bergan dehqon-o‘zbegimning bir chimdim ishonchidan foydalangan sudxo‘rlarning jazosini qaysi banda bera olardi? Tepadagi jim qarab tura olarmidi? Metin irodali o‘zbekning ketmondan qo‘llari qavargani holda aqli ham o‘tmaslashib borganida, sudxo‘rlarning omadlari chopib, o‘zlari uchun nafs yo‘lini ochganlari holda, boshqa birovi esa imkonsizlik botqog‘iga botsa! Nurga talpingan, yaxshi kunlarga ishonib yillab qilgan mehnati uchun toptalgan kasb egalari , yorug‘lik aslida to‘silganligini anglab yetarmikanlar... Yozuvchi syujetni ezilgan xalq emas, “tepadagilar” tarafidan turib tahlil qiladiki, bunda ularning har qanday ikkiyuzlamachiliklari xalqning nafratiga sazovor bo‘lsa ham, odatiy oldi-berdi deb baholanadi.( kattalar nazdida) Maqsad: Sudxo‘rlik illatining xarom topilgan yo‘l ekanligini o‘sha muhitni ichida yashabgina tushuntira olish edi. Agar ezilgan xalq tomonidan dashnomlarga sababchi bo‘lgan “kattalar” obrazi shakllantirilganda, bu yerda amaldorlar aybsiz aybdordek ko‘ringan bo‘lardi.Yondashuv voqealik mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Aynan sudxo‘rning dunyoqarashi fikrlarimizni isbotlaydi: “Agar shisha toshni, atala tishni sindira olsaydi, sudxo‘r ham o‘z uyida, o‘z puliga non olib sindira olardi”. Yozuvchi sudxo‘rlikning illat ekanligini uning ichida turib ko‘rsata olgan. Xulosa. Sudxo‘rlarning tili bilan aytganda, “qishloq xalqidan foydalanish uchun qishloqi bo‘lish kerak”. Illatning bor bo‘yini ifodalash, uning xato yo‘lligini tushuntirish, boshida boshlangan minglab imkoniyat yulduzlari kun kelib, imkonsizlikka uchraganda porlamay qolishini anglatish uchun ham Qori-Ishkambalarni tahlil qilish zarur. “Bo‘zchi belboqqa yalchimagan”iday umri xarom pul yig‘ish bilan o‘tgan “zalvorli” kasb egalarining holi Ishkambalarday xor-u zorlikka yuz tutadi. Ayniy ham savdoning pishig‘ini qilib, naqd bir davr sudxo‘rlarini belbog‘iga tugganki, hozir o‘zini boshqacha nom bilan ataydigan illat sohiblariga bir qo‘llanma, bir eshik, bir ibrat bo‘lsin. Adibning o'zi ushbu asarga " Jamiyatda shunchaki rasmiyatchilik uchun o'rnatilgan odob axloq qoidalariga bo'ysunmaslik!" - deya baho bergan edi. Asardagi bosh g'oya - insonlarning bir biriga mehrsizligi, jamiyatda odob axloq qoidalarining qadrsizlanayotgani, e'tiqodning yo'qligi, Xudoga ishonmaslik , odamlar orasida kelajakka ishonchsizlik, faqat bugungi kuni bilan yashash kabilardir. Download 223.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling