Sa’dullayev bekzod


Turkman xalqi an’anaviy dehqonchiligi


Download 34.63 Kb.
bet4/7
Sana15.11.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1775022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BEKZOD SADULLAYEV. II-kurs Yakuniy nazorat ishi.

3. Turkman xalqi an’anaviy dehqonchiligi. Turkmanlar chorvador xalq bo‘lganligi, shuningdek geografik muhit va iqlim ta’sirida aosan chorvhachilik va u bilan bog‘liq kasb bilan shug‘ullanganlar.
Xo'jalik madaniy jihatidan turkmanlar ko'chmanchi (chorvador) va o'troq dehqon (chumur)larga bo'lingan. Amudaryo qirg'oqlarida yashovchi ba’zi qabilalar: no‘xurli, anauli, murchali, bayatlar qadimdan chor- vachilik bilan shug'ullanib kelishgan. XVI - XVIII asr boshlarida turkmanlarning shimoliy hududlarga ko'chib o‘tishi ularning hayotida dehqonchilikning rolini oshirdi. Bu yana turkmanlarni o‘troq hayotga o'tishiga olib keldi. XVIII asrda dehqonchilik chorvachilik bilan birga turkmanlarning asosiy mashg'ulotiga aylandi. Bu sohalarning xususiyatlari, ya’ni ularning nima bilan shug'ullaninishi tabiiy sharoit, urf-odat va an’analardan kelib chiqib mashhur bo‘lishgan33.
Turkman xalqi qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i – dehqonchilik bo‘lib, unda paxtachilik asosiy o‘rinni egallaydi. Vohalarda va tog‘ yon bag‘irlarida asosan, ingichka tolali paxta yetishtiriladi. Donli ekinlardan bug‘doy, arpa, sholi, oq jo‘xori va makkajo‘xori, yem-xashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bog‘ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari bo‘ylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor.
Azal-azaldan turkmanlar sug‘orib dehqonchilik qilishgan. Bug‘doy, jo‘xori, arpa, paxta, kunjut, sholi, beda ekilgan. Qovun, tarvuz, qovoq yetishtirilgan. Ko‘p joylarda kuzgi - guyzluk bug‘doy ekilgan. Sabzavot asosan qadimdan o‘troq hayot kechirib kelayotgan onauli, maxinli, murchali, maxtumi, go‘klan urug‘larining yerlarida yetishtirilgan. Uzum yetishtirish, bog‘-rog‘lar o‘stirish bilan kam shug‘ullanishgan. Deyarli hamma yerda piyoz ekilgan.
Yerni yog‘och omoch, temir uchli azal kunda bilan haydashgan. Hosil o‘roq bilan o‘rilgan. G‘alla don xirmonida mollar yordamida yanchilgan. Tegirmon, kash-kash, juvozlar qurilgan. Ekinlarni sug‘orish inshootlari qurilgan, hovuzlar qazilgan. Yer go‘ng, kul, eski tuproq bilan o‘g‘itlab turilgan34.
Turkmaniston aholisining o‘ziga xos xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra oltita tarixiy-madaniy hududga bo‘lishimiz mumkin. O‘rta Amudaryo havzasida yashovchi turkmanlar yeridagi suv bilan bog‘liq holat Turkmanistonning boshqa hududlariga qaraganda yaxshiroqdir. Shu sababdan bu yerda dastlabki yillardanoq turkmanlar chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilikchilik bilan ham shug‘ullana boshlashgan. Barcha turkman qabilalarining (ersari, solir, bukri, saqar, boyat) dehqonchilik bilan shug‘ullanishganining dalili sifatida qadimgi sug‘ormachilik tizimini aytishimiz mumkin. Turkmanlar o‘zlarining dalalarida paxta, kunjut, arpa, bug‘doy, donli va dukkakli o‘simliklar yetishtirishgan.



1 

Download 34.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling