Safarova setoraning


Download 1.24 Mb.
bet7/7
Sana30.04.2020
Hajmi1.24 Mb.
#102384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SAFAROVA SITORA 200120223736


5-RASM

Chunki qutblar orasidagi fazoda yakor oqimiga nisbatan magnit qarshiligi katta bo`ladi. Demak, havo oralig`ida magnitlovchi kuchning va magnit induksiyasining tarqalishi faqat qutb boshmoqlari chetida bir xil bo`ladi.Magnit induksiyasi qutb boshmoqlari markazida nolga teng va boshmoqlar chetida eng katta qiymatga erishadi.(2-egri chiziq)

Yakor chulg`ami magnitlovchi kuchning qiymati (qutblar oralig`i ga to`g`ri keladigan yakor chulg`ami o`ramlari soni hamda bu o`ramdagi tok qiymati bilan aniqlanadi:

bu yerda:chulg`amining yakor aylanasi uzunlik birligiga to`g`ri keladigan simlarning soni ; yakor chulg`ami parallel shahobchasining toki.

Shunday qilib ,nagruzka ulangan o`zgarmas tok mashinasida ikkita magnitlovchi kuch, yani quzg`atish chulg`amining magnitlovchi kuchiva yakor chulg`amining magnitlovchi kuchi hosil bo`lar ekan. Mashinada bu magnitlovchi kuchlar qo`shilib umumiy magnitlovchi kuch F ni va bu esa yig`indi magnit oqimini hosil qiladi .

Yakor magnitlovchi kuchining mashinaning asosiy magnit oqimiga tasiri yakor reaksiyasi deyiladi. Yakor reaksiyasi mashina asosiy magnit maydonining qutblar o`qiga nisbatan tekis tarqalishini va uning simmetrikligini buzadi. Natijada qutb boshmoqlarining bir chetida kuchliroq, ikkinchi chetida esa kuchsizroq maydon hosil bo`ladi.



Mashina generator bo`lib ishlaganda va yakor soat strelkasi yo`nalishida aylaganda yig`indi maydon kuch chiziqlarining ko`rinishi 5-rasm,a da berilgan.



5-RASM

Mashina dvigatel bo`lib bo`lib ishlaganda yig`indi maydon kuch chiziqlarining ko`rinishi shunga o`xshash bo`ladi, lekin bunda yakor soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishda aylanishi lozim. Mashinaning magnit sistemasi to`yinmagan bo`lsa, yakor reaksiyasi umumiy magnit oqimining tekis tarqalishini buzadi, ammo uning qiymati o`zgartirmaydi. Qutb boshmoqlari chetida asosiy magnit maydoning va yakorning magnitlovchi kuchlari bir tomonga yo`nalgan qismida yakor pazi tishlari qatlamida magnit maydoni kuchayadi. Qutb boshmoqlarining ikkinchi chetida va yakor pazi tishlari qatlamida magnit oqimlarining yo`nalishi har hil bo`lgani uchun umumiy magnit magnit maydaoni kuchsizlanadi.

Yakor reaksiyasi natijasida yig`inda magnit oqii go`yo qutblar o`qiga nisbatan ma`lum burchakka buriladi, yani geometrik neytral( chiziq burchakka buriladi. (5-rasm a) .Umumiy maydon o`qi chiziq fizik neytral chiziq deyiladi. Mashinaning nagruzkasi qancha katta bo`lsa, umumiy magnit maydoni shuncha ko`proq buziladi; yani fizik neytral shuncha kattaroq burchakka buriladi. Mashina generator bo`lib ishlaganda fizik neytral yakorning aylanishi tomoniga; dvigetel bo`lib ishlaganda yakorning aylanishiga teskari tomonga buriladi.

Umumiy magnit maydoning buzulishi mashina ishiga yomon tasir ko`rsatadi.Yakor reaksiyasi natijasida fizik neytralning geometrik neytralga nisbatan malum burchakka burilishi cho`tka kontaklari ishini qiyinlashtiradi va kollektordan uchqun chiqishga sabab bo`ladi. Umumiy magnit maydoning buzilishi havo oralig`idagi magnit induktsyasining tarqalish qonuniyatini o`zgartirib yuboradi. Havo oralig`ida umumiy maydon induksiyasining tarqalishi grafiga 5-rasm b da keltirilgan. Bu grafik oldingi ikkita grafikni qo`shib hosil qilingan. Demak, havo oralig`ida magnit induksiyaning tarqalishi nossemitrik bo`ladi. Magnit induksiyasi qutb boshmoqlarining maydon kuchaygan chetida ancha katta bo`ladi. Natijada yakor chulg`ami bo`laklarining induksiya katta bo`lgan joyga kelgan aktiv tomonlarida EYuKning oniy qiymatlari katta bo`ladi. Bu esa kolektorda qo`shni plastinkalar orasidagi kuchlanishning ortishiga sabab bo`ladi. Mashina katta nagruzka bilan ishlaganda bu kuchlanish qiymati yo`l qo`yilgan qiymatdan ortib ketishi natijasida hosil bo`lgan elektr yoyi kollektrning qistirmasi orqali o`tib ketadi. Kollektrda doim bo`ladigan grafit va metal kukuni elektr yoyini kuchaytirib yuboradi, oqibatda mashina ishdan chiqadi. Magnit sistemasi to`yinmagan mashinada yakor reyaksiyasi ana shunday oqibatga olib keladi.

Agar mashinaning magnit sistemasi to`yingan bo`lsa, qutblar chetida va yakor pazi tishlari qatlamida magnit maydonining kuchayishi boshqa chetidagi maydoning kuchsizlanishidan kamroq bo`ladi. Bu havo oralig`ida magnit induksiyasining tarqalishini ancha yaxshilaydi, yani induksiyaning maksimal qiymati 5-rasm b dagi shtirixlangan 1 qismga kamayadi. Bunda yig`indi oqim qiymati ham kamayadi. Boshqacha aytganda magnit sistemasi to`yingan mashinada yakor reyaksiyasi magnitsizlovchi tasir ko`rsatadi. Natijada mashinaning ishi yomonlashadi: generator bo`linib ishlaganda uning EYuKsi kamayadi; dvigitel bo`lib ishlaganda esa uning aylantiruvchi moment kamayadi. Cho`tkalar geometrik neytrallardan fizik neytralga surilsa, yakor reyaksiyasining magnitlovchi ta`siri ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. J. S. Salimov, N. B. Pirmatov, Elektr mashinalari. T-2011 y.

  2. U. Ibrohimov, Elektr mashinalari. T-2001y.

  3. S. Majidov, M. Ubodullayev. Elektr mashinalari va elektr yuritmalar. T-2005.

Internet resurslari:

1. www.ziyonet.uz



2. www.arm.uz
Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling