Конституцияга мувофиқ ҳокимият нечтага бўлинади?
Ж: O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda.)
Ҳокимиятларнинг бўлиниш принципи деганда нимани тушунасиз?
Ж: Hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi.
Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati organlari davlat hokimiyatini amalga oshiradilar.
Davlat hokimiyat organlari o‘zaro hamkorlik qila turib bir-biriga ta’sir o‘tkazadilar, jamiyatda tartibotni ta’minlaydilar va kishilarni birlashtiruvchi g‘oyalarni ro‘yobga chiqaradilar.
Har bir hokimiyat organining vakolatlari hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish, uni suiiste’mol qilish va davlat hokimiyatining boshqa organlari faoliyat sohasiga aralashishning oldini olish maqsadida nihoyatda aniq-ravshan belgilab beriladi.
Hokimiyatning davlat organlari faoliyatida eng muhimi, – bu, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipini amalga oshirish imkoniyati. Bu shuni anglatadiki, qonunchilik, ijro va sud hokimiyati o‘z faoliyatlarini mustaqil, bir-birlariga xalal bermasdan amalga oshiradi.
Аҳолининг хулқ-атвори нималарга асосланади?
Ж: Aholining xulq-atvori quyidagilarga asoslanadi:
hokimiyatning adolatli va qonuniy xatti-harakatlariga ishonishiga;
hokimiyat organlariga bo‘ysunish odatiga;
hokimiyatdan qo‘rqishiga.
Олий Мажлис қандай ҳокимиятни амалга оширади ва у қандай палаталардан иборат?
Ж: O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 76-modda.)
Do'stlaringiz bilan baham: |