Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Download 217.28 Kb.
bet60/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Ҳокимлар қандай тайинланади?

Ж: Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi tegishli deputat- lari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomodan tasdiqlanadi.
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi roziligi bilan shahar hokimini tuman hokimiga (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) bo‘ysundirishga va viloyat Xalq deputatlari kengashida tasdiqlanuvchi qarorlar bilan yagona boshqaruv organlari tashkil qilishga haqli.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati – 5 yil

  1. Ўзбекистон Республикаси Президенти қандай сайланади?

Ж: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 90-modda)

  1. Президентлик сайлови қайси қонунга асосан ўтказилади?

Ж: Prezident saylovi Konstitutsiya va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga asosan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi negizida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ayni paytda prezidentlikka nomzodga nisbatan alohida talablar qo‘yiladi.


  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling