Президент қанча муддатга сайланади ва муддат тугаганидан сўнг қандай лавозимни эгаллайди?
Ж: O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 97-modda)
Вазирлар Маҳкамаси қандай ҳокимият органи?
Ж: Vazirlar Mahkamasining tashkil etilishi asoslari va faoliyatiga O‘zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonun bag‘ishlangan. Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasining ijroiya organi sanaladi va iqtisodiyotning, ijtimoiy hamda ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Вазирлар Маҳкамаси қандай бошқарув органлари тизимини бошқаради?
Ж: Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuziladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Oliy Majlis Palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari va boshqa hujjatlarni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Devoni, joylardagi mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmaviy bo‘linmalari yaqin hamkorligini ta’minlash maqsadida Oliy Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vakili lavozimi ta’sis etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |