Бола ҳуқуқлари Ўзбекистон Республикасининг қайси қонунида мустаҳкамлаб қўйилган?
Ж: Bolalarning huquqlari O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunida (2008-y.) mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu qonunlarga muvofiq inson tug‘ilganidan to 18 yoshga qadar bola hisoblanadi.
Болаларнинг ҳуқуқларига нималар киради?
Ж: Bolalarning huquqlari:
oilada tarbiyalanishga;
fikr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga;
ta’lim olishga;
zo‘ravonliksiz hayotga, shaxsiy qadr-qimmati hurmat
qilinishiga va boshqalar.
Давлат тузилиш шакли деганда нимани тушунасиз?
Ж: Davlatning tuzilish shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil etilishidir. Davlatlar tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo‘lishi mumkin.
Унитар давлатга таъриф беринг.
Ж: Unitar — lotincha so‘z bo‘lib, oddiy, yagona degan ma’noni bildiradi. Unitar davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo‘lgan qonunchilik, ijroiya va sud idoralari bo‘ladi.
Unitar davlatning belgilari:
♦ yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimining mavjudligi;
♦ yagona armiyaga ega bo‘lish;
♦ yagona pul birligi amal qilishi;
♦ tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilmalarga bo‘linish;
♦ barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo‘lgan soliq va
kredit siyosatining joriy qilinganligi;
♦ yagona fuqarolikning mavjudligi.
Конфедерация нима?
Ж: Konfederatsiya (lotincha – ittifoq, uyushma) – suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi. Davlatlar u yoki bu maqsadni ko‘zlab, o‘z suvereniteti va mustaqilligini saqlagan holda birlashishlari ham mumkin. U holda bunday ittifoq konfederatsiya deyiladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Har bir davlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo‘ladi.
Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:
♦ mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi;
♦ konfederatsiya mustahkam bo‘lmagan tuzilma;
♦ yagona hudud mavjud bo‘lmaydi (konfederatsiyaning hududi uning a’zolari bo‘lgan davlatlar hududidan tashkil topadi);
♦ umumiy fuqarolik mavjud bo‘lmaydi;
♦ konfederatsiya a’zolari undan erkin chiqish huquqiga ega bo‘ladilar;
♦ konfederatsiya a’zolari ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini e’tirof etmaslik yoki qo‘llamaslik (nulifikatsiya qilish) huquqiga ega bo‘ladilar.
♦ konfederatsiya vakolatiga uncha ko‘p bo‘lmagan masalalarni hal etish kiradi;
♦ konfederatsiya sarmoyasi uning a’zolarining ixtiyoriy badallaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |