Safiuddin al-urmaviy
Download 22.55 Kb.
|
8-mavzu. Safiuddin Urmaviy va Mahmud Sheroziyning musiqiy-nazariy merosi (1)
8-mavzu. Safiuddin Urmaviy va Mahmud Sheroziyning musiqiy-nazariy merosi SAFIUDDIN al-URMAVIY, Safiuddin Abdulmo‘min bin Yusuf al-Urmaviy (1215, Eron Ozarbayjoni, Urmiiya—1294, Bag‘dod) — Sharq musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va xonanda. Safiuddin Al-Urmaviy Bag‘dodda vafot etganligi sababli G‘arb olimlari al-Bag‘dodiy deb ham yuritadilar. Safiuddin Urmaviy. Ozarbayjon xalqining ulug‘ olimi (Mahmud Sheroziyning aytishicha: “O‘z zamonasida musiqa nazariyasi bo‘yicha unga teng keladigan olim bo‘lmagan...") Safiuddin Abdulmo‘min Urmaviy (vafoti 1294 y.) Sharq musiqa nazariyasi va amaliyotida yuksak darajali muvaffaqiyatlarga erishdi. U o‘z salaflari boshlab bergan “ musiqiy ilmi”ni yanada yuksak bosqichga olib chiqdi. Safiuddin Urmaviy Bag‘dodiyning musiqashunoslikka oid quyidagi ikki asari bizning davrgacha yetib kelgan va ular ko‘proq shunday atalgan: 1. كتاب الادوار (“Davrlar kitobi”). “Davrlar kitobi”ning qo‘lyozmalari dunyoning o‘ndan ortiq kutubxonalarida jumladan: 1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Beuniy nomidagi sharq qo‘lyozmalar markazi jamarmasida, Inv№ 2795 872 hijriy (1466 milodiy) yil ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasi; 2. Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasida OR.2361 raqami ostida saqlanayotgan nusxasi; 3. Sankt-Peterburg universitetining sharq fakulteti kutubxonasida 474 raqami ostida saqlanayotgan nusxasi; 4. Istanbuldagi Nur Usmoniya kutubxonasida 633 hijriy (1235 milodiy) yil ko‘chirilgan eng qadimiy qo‘lyozma nusxasi 3206 raqami ostida saqlanmoqda. “Davrlar kitobi”ning tadqiqotchilaridan ba’zilari bu asar 1236 yil yozilgan desa, ba’zilari 1252 yil yozib tugatilgan deydi. 1235 yil yozilgan bo‘lsa, 20 yoshli yigit o‘rta asrlar musiqashunosligining buyuk tadqiqotini yaratgan. Safiuddin Urmaviy - Bag‘dodiyning " كتاب الادوار " (”Davrlar kitobi”) asari quyidagicha ataluvchi o‘n besh fasldan iborat: 1. Nag‘ma (ton) ta’rifi va uning pastligiyu balandligi bayoni; 2. Pardalarning bo‘linishi; Bo‘dlar (intervallar) nisbatlari; 4. Ohangsizlikning (dissonantnost) asosiy sabablari; 5. Ohangdoshlik (konsonantnost) tuzilishi; 6. Davrlar va ularning nisbatlari; 7. Ikki torni idora etish; 8. Ud torlarini sozlash va undan davrlar chiqarish; 9. Mashhur davrlar; 10. Davrlar nag‘malarining (tonlarining) o‘zaro ishtiroki; 11. Davrlar pog‘onalari; 12. Aniq bo‘lmagan hamohanglik; 13. Iyqo (ritm) davrlari; 14. Nag‘malar (musiqa) ta’siri; 15. Bevosita amaliyot. Urmaviy asarlarida, jumladan “Davrlar kitobi”da “Maqom” so‘zini o‘zi yo‘q, chunki bu ma’noda “Davrlar kitobi”da “davr” “davrlar” so‘zi ishlatilgan. Uning “Risalatush-Sharafiyya” (“Sharafli risola”) va “Kitabul-advar” (“Musiqa va ritm doiralari kitobi”) asarlari Sharq musiqa nazariyasi taraqqiyoti tarixida aloqida o‘rin tutadi. Shuni alohida aytish kerakki, Urmaviy o‘z asarlarida “O‘n ikki maqom” (“Duvozdahmaqom”), “Ovoza” va “Sho‘ba”lar masalasini birinchi bo‘lib tizimlashtirib berdi. Binobarin, Sharq nota yozuv namunalarini ixtiro etdi va ularda maqom va boshqa tarzda yaratilgan kuylarni yozib qoldirdi. Urmaviyning “Sharafiyya”si musiqa nazariyasi va qisman maqom (lad)lar masalasini yoritib bergan bo‘lsa, “Kitabul-advar” asari maqom va ritm doiralari ustida baxs etadi: 1. O‘rta Osiyo xalqlarida xam XVIII asrlargacha yashab kelgan maqomlar tizimi, taxminan, shu davrlarda o‘zining aniq ifodasini topgan edi (bu yerda gap maqomlarning lad asosi qaqida boradi). Safiuddin Urmaviyning musiqa asarlari bilan tanishib chiqilganida uning nazariy mulohazalari musiqa amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq ekanini ajratib olish qiyin emas. Muallif o‘z asarlarini ko‘pincha Eron ozarbayjoni va arab musiqasini ko‘zda tutib yozgan bo‘lsa-da, ular O‘rta Osiyo xalqlari musiqasiga qam taalluqlidir. Chunki uning asarlarida o‘tmishdoshlari – Forobiy va Ibn Sino kabi olimlarning musiqaviy nazariy qarashlari aks etadi. Shunday qilib, Safiuddin Urmaviyning musiqaga bag‘ishlangan risolalalari Sharq xalqlari. shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati, xususan maqomlar tarixida aloxida bosqichni tashkil etadi Olimning xizmatlari yana shundan iboratki, u o‘zining o‘tmishdoshlari mulohazalariga tanqidiy qaradi, shu bilan birga Sharq musiqa nazariyasini yangiliklar bilan boyitdi, unga aniqliklar kiritdi xamda musiqa madaniyati taraqqiyotiga bebaho ulush qo‘shdi. Bu narsa, Urmaviydan keyinroq yashab ijod etgan ulkan qomuschi olim Maqmud Sheroziyning asarida qam ko‘rsatib o‘tiladi. Download 22.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling