Safiuddin al-urmaviy
Download 22.55 Kb.
|
8-mavzu. Safiuddin Urmaviy va Mahmud Sheroziyning musiqiy-nazariy merosi (1)
Mahmud Sheroziy. Maxmud bin Mas’ud Sheroziy yashagan davr tarixiy voqealar bilan to‘la bo‘lgan edi. Bu paytda O‘rta Osiyo xalqlari Chingizxon hukmronligi ostida qoldilar. Bosqinchilar shaharlarni vayron qilib, mehnatkash aholini qirdilar. O‘rta Osiyo xalqlari xo‘jalikda va madaniyat sohalarida tanazzulga yuz tutdi, mahalliy fan, adabiyot va san’at taraqqiyoti qattiq zarbaga duch keldi. XSh-XIV asrlarda fan, adabiyot va san’at iste’lochilar bosib olmagan yerlardagina rivojlanishda davom etadi Mahmud Sheroziyning musiqiy asari qam xuddi shu davrning mahsuli edi. Maxmud bin Mas’ud Qutbiddin Sheroziy zamonasining “allomasi” edi. U 1236 yilda xozirgi Eronning Sheroz shahrida tug‘ilib, 1310 yilda Tabrizda vafot etgan.
Uning otasi Ziyovuddin Mas’ud al-Qozaruniy yirik tabib va mashhur faqih, amakisi Kamoluddin Abu-l-Xayr al-Qozaruniy tibbiyotda Ibn Sino (980-1037) izdoshlaridan bo‘lgan. Mahmud Sheroziyning asli ismi Mahmud bo‘lsa-da, islomga xizmat qilsin degan niyatda dindor oila unga Qutbuddin (Islom dinining buyuk kishisi) nisbatini ham bergan. Shunday qilib, Qutbuddin unga berilgan nisbat, Mahmud o‘z ismi, Mas’ud otasining ismi, Muslih bobosining ismi, Sheroziy kuniyasi. Olim ilmiy faoliyatining asosiy qismini Tabriz shahrida bajargan va Sheroziy (Sherozlik) kuniyasi bilan mashhur bo‘ldi. Avval otasidan, keyinchalik amakisidan tabobat, falsafa va fiqh ilmlarini o‘rgangan Mahmud Sheroziy amaliy tabobat bilan birga nazariy tibbiyotda o‘z bilimini oshira boshladi. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” ["كتاب القانون في الطب] (“Kitobu al-qonun fit-tib”) asarini, umuman uning tibbiy merosini jiddiy o‘rgandi. Tabobat va musiqa masalalariga, xususan, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asariga sharh yozmoqni niyat qildi. Sheroziy zamonasining ma’lumotli va ilg‘or kishilaridan bo‘lgan. 1260 yil Eron Ozarbayjoninig Marog‘a shahrida buyuk olim Nasiruddin at-Tusiy (1202-1274) bilan tanishadi va uning rahnamoligida, u tashkil etgan Marog‘a rasadxonasida ilmiy faoliyatini davom ettiradi. Ma’lumki, Nasiruddin Tusiy musulmon olamining ulkan ulamolaridan hisoblangan. Qutbuddin Mahmud Sheroziy uning diniy va dunyoviy qarashlaridan keng foydalangan, ammo ba’zi manbalarda aytilishicha, Tusiy va Sheroziy orasidagi munosabatlar ilmiy tortishuvlar sababli uzilgan va Sheroziy Marog‘adan ko‘chib ketgan. Mahmud Sheroziy Eron va Xurosonning turli shaharlarida tabib va qozi sifatida ish yuritadi. Bag‘dod va Rumda istiqomat etadi. Misrda, mo‘g‘ul hukmronlarining talabiga ko‘ra musulmonlar va mo‘g‘ullar o‘rtasida kelishuv tuzish masalasini hal etishda ishtirok etadi. Mahmud Sheroziy qaysi yurtda bo‘lmasin ilm ahli faoliyati bilan qiziqadi, o‘z ilmiy tadqiqotlari bilan muntazam shug‘ullanib boradi. Bu jihatdan uning Jaloluddin Rumiy (1207-1273) bilan Rumdagi uchrashuvlari e’tiborlidir. Olim Tabrizga qaytgach, mashhur Tabriz rasadxonasini tashkil etadi va unda bajarilgan barcha samarali izlanishlarga rahbarlik qiladi. Qutbuddin Mahmud bin Mas’ud bin Muslih ash-Sheroziy 1311 yil – hijriy 710 yilning muborak ramazon oyining 24 kuni Tabrizda vafot etdi. Mahmud Sheroziy arab, fors tillarini mukammal bilgan va o‘z asarlarini arab tilida, ba’zilarini fors tilida yozgan. Olim xattot sifatida ham dong taratgan. Uzoq yillar davomida Rum, Suriya va boshqa mamlakatlarga sayohat qilib, Tabrizga qaytib keladi. Bu yerda mudarrislik qiladi va o‘z o‘tmishdoshlariniing astronomiya, tibbiyot. falsafa va shunga o‘xshash asarlariga sharhlar yozadi. Ular orasida ayniqsa Ibn Sinoning “Qonunu fit-tib” asariga yozgan sharhi alohida diqqatga sazovoor bo‘lgan. Mahmud Sheroziy o‘zining uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida “Durratut-toj...” (“Toj durlari...”) qomusiy asarini yozdi. Bu asar fors tilida yozilgan dastlabki ishlardan bo‘lib, shu sababli tili xam juda murakkabdir. Bu asarning musiqaga bag‘ishlangan qismi “Dar ilmi musiqiy” (“Musiqiy ilmi haqida”) – deb atalib, muqaddima, beshta maqola va xotima qismlaridan iborat. Muqaddima qismida tovushlarning paydo bo‘lishi, musiqa tovushlari haqida gapiriladi Birinchi maqolada “savt” (umuman tovush), “nag‘ma” (musiqiy tovush)lar ta’riflanadi Ikkinchi maqolada musiqiy tovushlarining bir-biriga nisbati, intervallar va yoqimli-yoqimsiz interval (konsonans va dissonans)lar haqida gapiriladi. Uchinchi maqola intervallarni bir-biriga qo‘shish va bir-biridan ayirish, ularni turli qismlarga bo‘lish, binobarin jins (tetraxord)lar hosil etish yo‘llari ustida bahs etadi. Bu uchchala maqolaning har biri o‘nta qism (fasl)da sharhlanadi. To‘rtinchi maqola to‘rt qism va o‘n bitta bahsni o‘z ichiga olgan xotimadan iborat bo‘lib, jinslar, jam’ (tovushqator)lar, maqomlar va musiqa cholg‘ulari masalalariga bag‘ishlangan. Bu o‘rinda muallif 70 ga yaqin jam’ va maqomlarni keltiradi (Maqom nima? qismiga qarang). Asarning yettita qismdan iborat beshinchi maqolasida – ritm (iqo’) va usullar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Oxirgi xotima qismida esa kuylarning yozuv usullari-notatsiyalar masalasi yoritiladi. Maxmud Sheroziyiing musiqa risolasi o‘zining to‘laligi, chuqur ilmiy asosda ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Bu asarda Forobiy zamonasidan to XIV asr boshlariga qadar Sharq musiqa nazariyasining tarixiy taraqqiyot yo‘li o‘z ifodasini topgan. Muallif musiqaning ma’lum nazariy masalasi yuzasidan fikr yuritar ekan, u o‘tmishdoshlari asarlarida berilgan ta’riflarni bir-biriga taqqoslab, ulardan parchalar keltiradi hamda o‘zining tanqidiy mulohazalarini aytadi; eng so‘nggida esa, har bir nazariy masala yuzasidan o‘eining puxta ta’rifini beradi “Dar ilmi musiqiy” asarini o‘z zamonasida bu soxada yaratilgan risolalar orasida jiddiy ilmiy tadqiqot natijasida yuzaga kelgan mukammal nazariy qo‘llanma – deyish mumkin. Bu teran asar Mahmud Sheroziyning musiqaning nazariy ham amaliy masalalarini chuqur egallagan bilimdon kishi bo‘lganligini tasdiqlaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, maqomlar masalasini yoritishda xam bu risola eng ishonchli manbalardan biri xisoblanadi Maxmud Sheroziy maqomlar bobida musiqaning lad qurilmalarinn sinchiklab taxlil qilish yo‘li bilan umumlashtirib beradi. Serqirra va samarador olim boy ilmiy meros qoldirgan. Mahmud Sheroziyning ko‘plab asarlari davrimizga yetib kelgan va dunyoning turli kitob xazinalarida saqlanmoqda. Download 22.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling